Mavzu: Ta‟lim tizimida Navoiyning kichik janrdagi she‟rlarini o„rganish usullari reja: kirish. Bmining umumiy tavsifi


Download 1.14 Mb.
bet11/19
Sana18.03.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1282857
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
xolmirzayeva sitora

ruboiy kiritilgan?

qilgan?










a)120 ta

Talaba masalaga shaxsiy nuqtai




b)135 ta

nazari doirasida muammoni hayotga




c) 133ta

bog„lab asoslashi zarur bo„ladi.




d)143 ta

























Simptom

Amaliy ko„nikma







• Shoir o„z fikrining isboti uchun

Navoiy ruboiylarini tahlil qiling

ruboiylarida qanday san‟atlardan

va fikringizni asoslang.

foydalangan?










Javoblar jozib bo„lingach, o„qituvchi to„g„ri javobni o„qiydi. Shu asosda talaba xatolarini anglab, o„zini baholaydi


Qit‟alarni adabiyot darslarida o„rganish, bizningch quyidagi tarzda bo„lishi kerak.




1. Qit‟a




matnning




ifodali o„qib




leksik,

eshittiriladi.




grammatik,




sintaktik













xususiyatlari







ustida







ishlanadi.


Qit‟a ma‟nosi




She‟r




misrama-




badiiyati,

misra tahlil




shoirning

etiladi




mahorati







tahlil qilinadi.










Chun g„araz so„zdin erur ma‟ni anga/,

Noqil o„lsa xoh xotun/, xoh er.


So„zchi holin boqma/, boq so„z holini/,


Ko„rma/ kim der ani/, ko„rgilkim ne der. (Navoiy, 6:2005-191)


Misralarga qo„yilgan / belgi rukn chegarasini bildirmaydi, balki ifodali o„qishda ohang ko„tarilishi hamda to„xtalish kerak bo„lgan o„rinlar ko„rsatilgan. Shu belgidan keyingi so„z ham aynan shu ko„tarilgan ohang bilan aytila boshlanadi va asta-sekin tushadi. Shunda mazmunni bo„rtirishga xizmat qiladigan xoh xotun,



xoh er; boqma, boq; ko„rma kim, ko„rgilkim juftliklariga ohang bilan mantiqiy urg„u berishga muvaffaq bo„linadi.

Ifodali o„qilgach, notanish so„zlarga lug„at beriladi: g„araz – maqsad; noqil – so„zlovchi; so„zchi – so„zlovchi. O„qituvchi birinchi misrani sintaktik tahlil qilib, uni inversiyadan chiqarish bilan gap bo„laklarini odatdagi tartibga keltirish va bu jumlada qanday fikr bildirilganligini aniqlash vazifasini o„quvchilarga yuklaydi. Bolalar qiyinchiliksiz undan ma‟no uqadilar: so„zdan (ya‟ni bildirilayotgan fikrdan) maqsad ma‟ni erur. Ikkinchi misra: so„zlovchi xoh xotin, xoh er bo„lsa. Misralar shu tarzda ketma-ket qo„yilsa, to„siqsiz ergash gapli qo„shma gap qismlari bo„lmish bu sodda gaplar odatdagi tartibda emasligi uchun uning ma‟nosi u qadar o„quvchi uchun tushunarli bo„lmaydi. Xuddi g„azal tahlilida ko„rganimizdek, avval ikkinchi misra (ergash gap)ni, keyin birinchi misra (bosh gap)ni qo„yib, qo„shma gap qismlarini odatdagi tartibda shakllantiramiz: so„zlovchi xoh xotin, xoh er bo„lsa (ham), so„zdan (ya‟ni bildirilayotgan fikrdan) maqsad undagi ma‟nidir. Endi ifoda soddalashib, o„quvchilarga tushunarli bo„lib qoladi.


Uchinchi misrada “hol” so„zi bitta kelishikda – “holin”da qisqargan, “holini” (to„liq) belgili tushum kelishigida takror kelgan bo„lsa-da, bu qo„shimchalar jo„nalish kelishigining uslubiy varianti bo„lib kelmoqda. Ya‟ni, so„zlovchining holiga boqma, so„zining holiga boq.


To„rtinchi misra bog„lovchisiz qo„shma gapdir. Undagi ikki sodda gapning kesimlari (ko„rma va ko„rgil) inversiya tufayli gapning boshida kelmoqda. Inversiyadan chiqarsak, quyidagi shakl yuzaga keladi: uni kim aytayotganiga qarama, nima deyayotganiga qara.


To„rtala misradan chiqarilgan ma‟no jamlanadi va bir o„quvchi ularni o„z tilidan yaxlit ifodalab beradi: so„zlovchi xoh xotin, xoh er bo„lsa (ham), so„zdan (ya‟ni bildirilayotgan fikrdan) maqsad undagi ma‟nidir. So„zlovchining holiga boqma, so„zining holiga boq Uni kim aytayotganiga qarama, nima deyayotganiga qara.


Qit‟a badiiyati tahlili fikrni yanada teran idrok etishga, Shoir mahoratini his etishga yo„l ochadi. She‟rdagi noqil va so„zchi bir ma‟noda kelgan. Aynan bir


so„zni takrorlab, she‟rga nuqs tushirmaslik uchun biri arabcha, biri sof o„zbekcha ushbu sinonimlarni qo„llab Shoir qaytariqdan qochgan hamda ularni misralar boshida keltirish orqali ikki xil maqsadda qo„llanganini ta‟kidlagan: noqil umumiy ma‟nodagi so„zlovchi bo„lsa, so„zchi ayni paytda gapirayotgan kishini nazarda tutadi.

Navbatdagi ikki misra butunlay qaytariqlardan iboratday ko„rinadi. Aslida esa buning teskarisi. Ularda o„zakdosh yoki aynan takrorlanayotgan so„zlar zidlikni ifodalashga xizmat qilmoqda. Hol so„zi bir shakl (kelishik)da, bir misrada kelgan, lekin bu o„rinda ular omonimlik munosabatida: so„zchi holi birikmasidagi hol “ko„rinish”, “shakl” ma‟nosida (so„zlovchining ko„rinishi, kimligi), so„z holi birikmasida esa “ma‟nosi” o„rnida qo„llangan. Boqmaslik kerak bo„lgani so„zchi, boqish kerak bo„lgan narsa so„z ekan, o„zakdosh so„zchi va so„z leksemalarining kontekstual zidligi oydinlashadi. O„zaro bir fe‟lning bo„lishsiz va bo„lishli shakllari bo„lmish boqma – boq so„zlari ham aynan shu munosabatdaligi ko„rinib turibdi. To„rtinchi misradagi “ko„rma – ko„r”, “kim – ne” ham o„zaro tazodiy juftliklardir. Keyingi ikki misrada lug„aviy va grammatik shakllar ikki martadan aynan yoki qo„shimcha qo„shish bilan takrorlangan (takrir va ishtiqoq san‟atlari): so„zchi – so„z; holin – holini; boqma – boq; ko„rma – ko„r; kim (olmosh) – kim (bog„lovchi-yuklama); der - der. Navoiyining yuksak mahorati shundaki, shakliy o„xshashlikdan ta‟kid uchun foydalangan, ma‟nolardagi zidlikdan umumlashma xulosa chiqargan. Qarama-qarshi tushuncha va holatlarining yonma-yon qo„yilishi ularning bir-birlarini ma‟noviy bo„rttirishiga xizmat qilgan.


Tahlil o„qituvchi tomondangina olib borilmasdan, yo„naltiruvchi savol va topshiriqlar, muammoli savollar qo„yib, mazkur yechimlarga kelishda o„quvchilarning o„zini qatnashtirmoq darsning yuksak samarasi belgisidir.


Navoiy qit‟alari o„tilar ekan, mutafakkir Shoir she‟rlarida ilgari surilgan pokiza axloq, yuksak insoniy qadriyatlarga intilish, odamdagi ichki illatlar, turli ko„rinishdagi tuban xulqlardan qochish kabi fikrlarning badiiy talqini o„rganilar ekan, mazkur g„oyalar tasavvufning bosh g„oyasi ekanligiga urg„u berib o„tiladi. Shu tariqa o„quvchilar atama (tasavvuf) bilan ilk bor tanishadilar. Shuingdek,


ta‟limotning bosh maqsadi, u ilgari surgan g„oyalar qisqa, sodda va ixcham ifodada aytib o„tilib, lozim ko„rilsa, yozdirib qo„yilishi mumkin. Mazkur sinfda shu bilan kifoyalansa bo„ladi. Faqat berilgan tushuncha takrorlash darslarida bot-bot so„rash orqali eslatib turilishi kerak

Tasavvuf haqidagi ma‟lumotlar berilgach, ularni amaliy mustahkamlash uchun biror bir kichik hajmli sufiyona ruhda yozilgan she‟riy asarni, masalan, Navoiyning «Kamol et kasbkim...» qit‟asini tahlil qilib, ko„rsatib berish maqsadga muvofiq. Sinf taxtasiga qit‟a yoziladi:


Kamol et kasbkim, olam uyidin,


Senga farz o„lmagay g„amnok chiqmoq.


Jahondin notamom o„tmak biaynih


Erur hammomdin nopok chiqmoq


O„quvchilar ham daftarlariga ko„chirib yozadilar. O„qituvchi oldin bergan ma‟lumotlar, tushunchalarga suyangan holda savol-javob tariqasida qit‟adagi asosiy so„zlarni sharhlab, tahlil qilishi lozim. Eng avval «kamol» so„ziga e‟tibor qaratilib, quyidagi savol beriladi: “Birinchi misra boshidagi «kamol» so„zi tasavvufdagi biz oldingi darsda o„rgangan qaysi tushunchani eslatadi?” O„quvchilar «kamol» so„zi «komil inson» tushunchasini eslatishini tezda yodga oladilar. O„qituvchi «komil inson» ruhan poklangan inson ekanligini savol-javob orqali xotirlatib, yanada mustahkamlaydi. Birinchi misradagi «... et kasbkim» iborasini o„qituvchi o„zi sharhlab berishi kerak: «... et kasbkim» «kasb etmoq» iborasining inversiyaga (so„zlarning joy almashinuvi) uchragan shakli bo„lib, «shakllantirmoq», «hosil qilmoq» kabi ma‟nolarni ifodalaydi. Masalan, «Ulkan tog„ olisdan qudrat kasb etadi» yoki «quyosh ufqda bosh qo„yarkan go„zallik kasb etadi» kabi poetik ifodalar bo„lishi mumkin. Ular tog„ qudratli bir sur‟atni, ko„rinishni hosil qiladi, quyosh go„zallikni shakllantiradi ma‟nolarini bildiradi. Demak, birinchi misradagi «kamol et kasbkim» so„zlari orqali Navoiy bobomiz har insonga qarata: «Sen o„zingda kamolni shakllantirgin, ya‟ni ruhiy poklanishni hosil qilgin» demoqda. Shundan keyin sinfdan «olam uyi» ifodasining ma‟nosi


so„raladi. Uning ma‟nosi biz yashab turgan moddiy dunyo, borlik,ekanini biladilar, albatta.

Ikkinchi misra tahlilida «farz» so„zi sharhlanishi kerak. Farz Islomga ko„ra Ollohning hukmi va irodasi bo„lgan bajarilishi shart, majburiy sanaladigan amallardir. Birinchi misraning ikkinchi yarmi va ikkinchi misraning ma‟nosi quyidagicha: Olam uyi - dunyodan g„amnok chiqishlik senga farz emas. Shu o„rinda savol beriladi: Dunyodan chiqishlik deganda nima nazarda tutilgan? Olinishi kerak bo„lgan javob: dunyodan o„tishlik, ya‟ni o„lishlik. Yana savol beriladi: Odam qachon dunyodan g„amnok chiqadi? Javob: birinchi misra boshida aytilganidek, kamol kasb etmasa. Boshqacha qilib aytganda, komil inson bo„lolmasa, ruhini poklay olmasa.


O„qituvchi umumlashtiradi: bundan chiqdi har bir inson uchun komil inson bo„lib, ruhini poklash farz - Ollohning hukmi ekan. Endi dunyodan g„amnok chiqishlikning ma‟nosini chuqurroq o„ylab ko„raylik. Xalqimizda vafot etgan odamga nisbatan «omonatini topshirdi» degan ibora qo„llaniladi. Bu nima degani? O„zlik tushunchasi orqali bildikki, insonning haqiqiy o„zligi uning Ruhi (ya‟ni joni) ekan. Ruh insonga Olloh tomonidan hayotining ilk lahzalaridanoq pok latofatli, beg„ubor holda berilgan omonatdir. Hayotining eng so„nggi lahzalaridan keyin bu omonat bo„lmish Ruhni yana Ollohga qaytaradilar. Yana ham aniqrog„i, haqiqiy O„zlik bo„lmish Ruh Ollohga qaytadi. Kimlardir gunohlari adashish va xatoliklar tufayli kirlangan Ruhni poklab, beg„ubor holda Ollohga qaytaradi, kimlardir nafs ko„yiga kirib, gunohlarga botib, dunyodan uzilganda, bulg„angan, iflos Ruh bilan dunyodan chiqadi, ya‟ni Olloh bergan omonatga xiyonat qiladi. Birinchi toifa kishilar poklangan Ruh-o„zlik bilan dunyodan Olloh huzuriga yorug„ yuz bilan shod chiqadilar, keyingi toifa kishilar nopok Ruh-o„zlik bilan dunyodan g„amnok chiqadilar. Chunki ular o„z nafslar xohishiga ko„ra yoki o„zlarining buzuq e‟tiqodiga amal qilib, o„zgalar baxtsizligi, tashvishi yoki malolatiga sabab bo„lganlar. Bunday kimsalar har qancha din niqobiga o„ralmasinlar komil inson sanalmaydilar. Shuing uchun ham ruhan poklanib, komil inson bo„lish, ya‟ni kamol kasb etish farzdir.


Uchinchi misrani tushuntirishda «notamom», «biaynih» so„zlari sharhlanadi. O„qituvchi xuddi ma‟ruza o„qiyotgandek aytib ketavermasdan bu so„zlarning ma‟nosini o„quvchilardan so„rashi maqsadga muvofiq. «Notamom» so„zining qit‟adagi matniy (kontekstual) ma‟nosi «kamol kasb etmay», «ruhiy poklanmay» tushunchalariga to„g„ri keladi, «biaynih» esa «xuddi», «go„yoki» degan ma‟noni bildiradi. Demak, jahondan ruhiy poklanmay (notamom) o„tish xuddi to„rtinchi misrada aytilganidek, hammomga kirib nopok chiqishga o„xshaydi. Mana shu o„rinda qit‟adagi tanosub san‟atini hosil qiluvchi so„zlarga e‟tibor qaratiladi: birinchi misrada -«olam uyi», uchinchi misradagi - «jahon», to„rtinchi misradagi - «hammom» mazmunan bir-biriga yaqin tushunchani ifodalamoqda. Ya‟ni, olam uyi bo„lmish bu jahon bir hammom kabidirki, insonlar hayoti unda poklanish uchun berilgan muddatdir. Shuingdek, o„qituvchi o„quvchilardan so„rab, qit‟adagi qofiyani hosil qiluvchi so„zlarni aniqlaydi. “G„amnok” va “nopok” qofiyadosh so„zlardir. Ular qofiya bo„lishi bilan birga she‟rning asosiy mazmunini ifodalovchi o„zak so„zlardir. Ya‟ni, kimki olamdan nopok o„tarkan, u dunyodan chiqishda g„amnok bo„ladi.

Mazkur qit‟a tahlilida o„qituvchi diqqat markazida quyidagi maqsadlar bo„lmog„i kerak:





  • tasavvuf ta‟limoti haqida berilgan ma‟lumotlarni mustahkamlash va bu ta‟limotni adabiyotga bog„lash;




  • o„quvchilarga axloqiy, milliy va mafkuraviy tarbiya berish;




  • o„quvchilarda so„fiyona she‟rlarni tuShunish, tahlil qilish malakasini shakllantirish;




  • badiiy san‟atlar haqidagi bilimlarni takrorlash;




  • qofiya haqidagi tushunchani mustahkamlash;




  • o„quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.

Bu tahlil bilan mavzuni yakunlash mumkin. Agar o„quvchilar tasavvuf so„zining ma‟nosini, etimologiyasini so„rashsa, u arabcha «suf» degan so„zdan olinganligi aytiladi. Suf - echkining terisidan tikilgan dag„al jun po„stin, jandadir. Islom dinining ilk davrlarida moddiy dunyoni, molu boylik, turli hashamlarni inkor


qilib, o„zlarini faqat Ollohga bag„ishlash istagi bilan yashovchi musulmonlar guruhi paydo bo„ldi. Ular o„zlarining mol-dunyoga, o„tkinchi hoyu-havasga istehzolarini ifodasi sifatida o„sha davrda arablar orasidagi eng past kiyim bo„lmish suf kiyib yurganlar. Bu guruh hatto kiyinishlarida ham o„z dunyoqarashlarnni ifoda etgan.

Chun g„araz so„zdin erur...” misrasi bilan boshlanagan qit‟ada so„zlovchi va tinglovchi munosabatlari xususida qanday fikr bildirilayotganligini tushuntiring”; “So„zchi holin boqma, boq so„z holini, Ko„rma, kim der ani,





Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling