Mavzu: tarbiya turlari va ularning shaxs kamolotiga ta’siri


Download 85.64 Kb.
bet10/17
Sana18.09.2023
Hajmi85.64 Kb.
#1680622
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Mavzu tarbiya turlari va ularning shaxs kamolotiga ta’siri-fayllar.org

Tarbiyaviy vazifalar. Bolalarda sport mashg’ulotlariga muhabbatni, ularning natijalari, sportchilarning yutuqlariga qiziqishni tarbiyalash lozim. Jismoniy mashqlarni bajarishda harakterning ijobiy xususiyatlari (uyushqoqlik, intizomlilik, kamtarlik, ko’ngilchanlik, va x.k ) va axloqiy fazilatlar (xalollik, xaqqoniylik, o’rtoqlik xissi, o’zaro yordam), jamoada shug’ullanish malakasi, jismoniy tarbiya asboblarini extiyot qilish, topshiriqni mas’uliyat bilan bajarishlarini tarbiyalash, shuningdek, irodaviy fazilatlar (botirlik, qat’iylik, o’z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni yengishda sabotlilik, chidamlilik va b.)ni namoyish qilish uchun qulay sharoit yaratiladi.

Bolajon” tayanch dasturida maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash vazifalari sifatida quyidagilar belgilab berilgan:




  • bolalar salomatligini mustaxkamlash va ularni chiniqtirish:



  • ularni jismoniy jihatdan baquvvat qilish;



  • bolalarda axloqiy sifatlarini tarbiyalash;



  • ularda maqsadga to’g’ri yo’naltirilgan harakatlarni faollashtirish uchun sharoit yaratish,



  • jismoniy harakatlarning muhim sifatlari: yurish, yugurish, sakrash, emaklash, o’rmalash, otish, ilib olish, suzish, velosipedda uchish, oyoq, qo’l, tana, bosh harakatlarini rivojlantirish, saflanish va qayta saflanish kabilarni shakllantirish;



-o’yin harakatlarini kengaygirish va chuqurlashtirish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish: chaqqonlik, epchillik, ziyraklik, irodalilik, sabr-qanoat, kuchlilik va boshqalarga tenglashib tik turish malakasini oshirish;



  • bola qomatini to’g’ri shakllantirishga ta’sir ko’rsatish va yassi oyoqlilikning oldini olishga yordam berish;



  • jismoniy mashqva o’yinlarning foydasi, asosiy gigiyenik talablar va qoidalar haqida yetarli darajada tasavvur va bilimlar berish;




  • Download 85.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling