Mavzu: tarbiya turlari va ularning shaxs kamolotiga ta’siri


Axloqiy odatlarni tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari quyidagilardan iborat


Download 85.64 Kb.
bet8/17
Sana18.09.2023
Hajmi85.64 Kb.
#1680622
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Mavzu tarbiya turlari va ularning shaxs kamolotiga ta’siri-fayllar.org

Axloqiy odatlarni tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:

I- Axloqiy tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish, ya’ni pedagog va bolalarning o’zaro munosabatlari bolaning shaxsiga nisbatan xurmat bilan qarashga asoslanishi kerak.

-I- Pedagogik jarayonni shunday tashkil etish kerakki, unda bolaning o’zi ijobiy odatlarni egallab borish, salbiy xususiyatlarni yo’qotishga intilsin.

-1- Axloqiy tarbiya bolaning ijobiy xulqiga asoslanib amalga oshirilishi zarur.

-I- Bolani tarbiyalash uchun yaxshi xissiy muhit yaratish kerak. Jazolash va qo’rkitish bilan ijobiy axloqiy sifatlarni tarbiyalab bo’lmaydi.

-I- Bolada axloqiy odatlarni shakllantirish uchun undagi ma’lum odatlarga asoslanish kerak.

-I- Ijobiy odatlarni yuzaga keltirish uchun qiziqarli faoliyatlarni tashkil etish kerak.

Shunday qilib, bolalarning axloqiy tasavvur va tushunchalarni egallab olib, uni kundalik odatga aylantirishlari uchun bolalarning kattalar raxbarligidagi faoliyatni tashkil etish lozim. Demak, tarbiyachi bola shaxsida axloqiy xis-tuyg’ularni tarbiyalash uchun hamma vosita va metodlarni qo’llasa, yaxshi xulq na’munalarini o’rgatish ancha oson kechadi.

Bola hayotida jismoniy tarbiyaning о‘rni. Jismoniy tarbiya deganda organizmning morfologik va funksional rivojlanishini jamiyat talablari darajasida amalga oshirish, jismoniy sifatlarni, qobiliyatlarni rivojlantirish, jismoniy madaniyat va sport soxasiga taalluqli maxsus bilimlarni o’zlashtirib olish tushuniladi. Jismoniy tarbiya - tarbiyalanuvchilarning jismoniy va sportga oid faoliyatlarini maqsadga yo’naltirilgan aniq tashkil etiladigan va rejali tarzda amalga oshirish tizimi.

Maktabgacha ta’lim davrida bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashning asosiy maqsadi bolalardagi turli ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ulardagi kuchlilik, tetiklik, chaqqonlikni amalga oshirish, ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir. Muntazam ravishda o’tkaziladigan jismoniy mashg’ulotlar bolalarning o’sish va rivojlanish jarayoniga ijobiy ta’sir qilib, ijodiy imkoniyatlarini oshiradi. Bolalarning jismoniy madaniyatini shakllantirish ko’pgina vazifalarda muvaffaqiyatli xal etishni talab etadi. Jismoniy tarbiyaning vazifalari xilma-xil bo’lib, pedagogikada qator tasniflar yaratilgan. Jumladan, V.A.Slastenin, I.F.Isayev, YE.N.Shiyanovlar jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalarini ajratib ko’rsatishadi:



  1. bolalarning jismoniy to’g’ri rivojlanishiga yordam berish - organizmning morfologik va funksional rivojlanishini ta’minlovchi ishchanlik qobiliyatini oshirish, uning tashki muhitning noqulay vaziyatlariga barkaror qarshi tura olishini mustaxkamlash;



  2. asosiy harakatlantiruvchi sifatlarni rivojlantirish - bolaning xilma-xil harakatga doir faoliyatga qobiliyatliligi uning barcha jismoniy sifatlari — kuchlilik, chidamlilik, chaqqonlik va epchillikni yuksak uyg’unlikda rivojlanishini ta’minlaydi;



  3. hayotiy muhim harakatga oid ko’nikma va malakalarni shakllantirish - bolada maxsus harakatga doir bilim, ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish. Harakatga doir tasavvurlarga tayangan xolda bola turli sharoitlarda o’z xatti-harakatlarini boshqara olish imkoniyatgaa ega bo’ladi;



  4. jismoniy madaniyatning tizimli mashg’ulotlariga barkaror qiziqish va extiyojlarni tarbiyalash. Sog’lom turmush tarzi asosida bolaning doimiy ravishda o’z-o’zini jismonan rivojlantirishga ichki tayyorligi yotadi. U muntazam jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish va bolalarning jismoniy




Download 85.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling