Mavzu: tarbiya turlari va ularning shaxs kamolotiga ta’siri


mashg’ulotlarga faol munosabati natijasida yuzaga keladi


Download 85.64 Kb.
bet9/17
Sana18.09.2023
Hajmi85.64 Kb.
#1680622
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Mavzu tarbiya turlari va ularning shaxs kamolotiga ta’siri-fayllar.org

mashg’ulotlarga faol munosabati natijasida yuzaga keladi;



  1. jismoniy madaniyat va sport, tibbiy va gigiyena soxalariga oid minimum nazariy bilimlarni egallash zarurligi. Bolalar kun tartibi va shaxsiy gigiyena haqida. jismoniy madaniyat, sportning salomatlikni mustaxkamlashdagi ahamiyati aniq tasavvurlarga ega bo’lishi zarur.



Pedagog olim P.Yusupovaning fikricha, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar organizmining o’ziga xos tomoni shundaki, u juda tez o’sadi va rivojlanadi. Shu bilan birga organizm funksiyalari va sistemalarining shakllanishi hali tugallanmagan bo’ladi, shunga ko’ra u tez jaroxatlanadi. Shuning uchun bolalarni jismoniy tarbiyalashda quyidagilar birinchi darajali vazifalar xisoblanadi:



  1. Sog’lomlashtiruvchi vazifalar. Bolalar sog’ligini mustaxkamlash, organizmning shakl va funksiyalarini uyg’un rivojlantirish, ish qobiliyatini oshirish, har xil tashqi ta’sirlarga chidamlilikni kuchaytirish, uzok umr ko’rishini ta’minlash.



  2. Ta’limiy vazifalar. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga xos bo’lgan o’ta qabul qiluvchanlik, sharoitning o’zgarishiga yengil moslashish qobiliyati bir qator ta’limiy vazifalarni ham amalga oshirish imkoniyatini yaratadi: zarur ko’nikma, malakalarni shakllantirish, jismoniy sifatlar (chaqqonlik, kuchlilik. chidamlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, ko’z bilan chamalash)ni o’stirish, qaddi-qomat, gigiyena ko’nikmalarini tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni o’zlashtirish.



Boladagi harakat ko’nikmalari (emaklash, yurish, yugurish, velosipedda uchish va b.) nisbatan yengil shakllanadi, ular bolaning muhit bilan aloqasini osonlashtiradi. Bola chanada uchayotib qor va shamolning, suvda suzayotib suvning xossalari bilan tanishadi. Shu asosda jismoniy mashqlar, gigiyena malakalarni egallash bilan bog’lik bo’lgan dastlabki bilimlar tarkib topadi. Bolalar gavda qismlarining nomini, harakat yo’nalishi (yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o’ngga, chapga), to’la aylanish, jismoniy tarbiya asboblarining nomi va qay maqsadda ishlatilishi, ularni asrash va tutish, kiyim-kechak va poyabzalga qarash qoidasini bilishlari kerak.




  1. Download 85.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling