Mavzu: tarbiya turlari va ularning shaxs kamolotiga ta’siri


- bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishni ko’zda tutish


Download 85.64 Kb.
bet6/17
Sana18.09.2023
Hajmi85.64 Kb.
#1680622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Mavzu tarbiya turlari va ularning shaxs kamolotiga ta’siri-fayllar.org

- bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishni ko’zda tutish.

Bolalar bog’chasida axloqiy tarbiya berish har xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Avvalo, bolalarni har xil faoliyatlar vositasida kattalar mehnati bilan tanishtirish, mashg’ulotlarda va mashg’ulotlardan tashqari vaqtlarda ta’lim berish, kun davomidagi maishiy, mustaqil, badiiy faoliyatda, ko’ngil ochishlarda qatnashtirish orqali bu ish hal etiladi. Har xil bayramlar. San’at vositalari, ijtimoiy hayot voqealari, bolalar badiiy adabiyoti, musiqa, ashula, tasviriy va amaliy san’at, o’yinchoq va o’yin materiallari, ommaviy axborot vositalari, oynai jahon va radio, kino va multfilmlar, diafilmlar va boshqalar bolalarning axloqiy tarbiyasiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bunday vositalardan ma’lum bir izchillik va tizimlilik bilan foydalanilgandagina bolalarning axloqiy tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatish mumkin. Yuqoridagi aytilganlardan xulosa shuki, axloq-odob o’zbek millati hayotining mazmuni hisoblanadi. Qayerda, qaysi jamiyatda, qaysi davlatda yaxshi xulq qaror topsa, o’sha jamiyatdagi kishilarning hayoti farovon, turmushi tinch, odamlari boy-badavlat bo’ladi.

Axloqiy tarbiya berish metodlari. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga axloqiy tarbiya berishda har xil metod va usullardan foydalaniladi. Axloqiy tarbiya metodlari — bolalarning axloqiy tasavvur va bilimlarini egallab olishi, ularda madaniy xulq va ijobiy munosabatlarni, shaxsning axloqiy xis-tuyg’ulari va sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan faoliyat usulidir. Axloqiy tarbiya metodlari quyidagi guruhga bo’linadi.



  1. guruh, axloqiy tasavvur va bilimlarni, ularni bajarish hoxishini shakllantirishga qaratilgan metodlar.



  2. guruh axloqiy xis-tuyg’ular va munosabatlarni rag’batlantirishga qaratilgan yordamchi metodlar.



Hamma guruh metodlari axloqiy xis-tuyg’ular va shaxsiy sifatlarni tarbiyalashni ta’minlaydi. Tarbiyachining hikoyasi, o’qib berish, axloqiy mavzularda suxbatlar (rasmga qarab, tajribaga asoslanib, o’qilganlar bo’yicha), kuzatish, rasmlarni namoyish qilish, bolalar adabiyoti va hayotdagi ijobiy misollardan foydalanish asosida olib boriladi. Yuqorida keltirilgan hamma metodlar orqali bolalarga axloqiy me’yor va qoidalar, ijtimoiy hayot voqealari o’rgatiladi, ularda axloqiy tasavvur va tushunchalar shakllantiriladi. Bu metodlarga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi: bolalarning yaxshilik va yomonlik to’g’risidagi tasavvurlarini e’tiborga olish, aqliy, xulq-atvor me’yorlarini muxokama qilish uchun maxsus yaratilgan vaziyatda bolalarning o’zlarini faol qatnashtirish, har bir bolaning xis-tuyg’usiga extiyotlik bilan munosabatda bo’lish. Bolani noo’rin tanqid qilish, uning ustidan qo’lish, unga nisbatan e’tiborsizlik qilish yaramaydi. Xamma metodlardan ma’lum izchillik bilan kompleks ravishda foydalaniladi. Har bir metod o’ziga xos bo’lib, ma’lum vazifani bajaradi. Buni bir qator misollar orqali ko’rib chiqamiz. Tushuntirish ko’pincha bolalarga yangi axloqiy tushuncha, me’yor, qoida bayon qilib borilayotganda ishlatiladi. Tushuntirish kattalarning jonli so’zi va na’munasiga asoslanadi.

Masalan: ro’paradan kelayotgan tanish kishiga xushmuomalalik bilan salom berish uchun avvalo, bir oz to’xtab, u kishining yuziga qarab qo’limsirab “Assalomu alaykum” deyish va yana yo’lida davom etish kerak. Tushuntirish va ko’rsatish tabiiy xolda bo’lishi kerak. Axloqiy mavzulardagi suxbatni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning hamma guruhlarida qo’llash mumkin. Tushuntirish yorqin bo’lib, bolalarning xis-hayajoniga yetarlicha ta’sir etishi kerak. Bu metodning asosiy vazifasiga quyidagilar kiradi:


Download 85.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling