Mavzu: Tarbiyachining kasb etikasi


Pedagogikaning asosiy kategoriyalari


Download 200.17 Kb.
bet3/32
Sana20.06.2023
Hajmi200.17 Kb.
#1632234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Tarbiyachining kasb etikasi

Pedagogikaning asosiy kategoriyalari
Shaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Mavzu: Maktabgacha ta’lim pedagogikasining maqsadi va vazifalari.
О‘sib kelayotgan yosh avlodni muayyan maqsad yо‘lida har tomonlama kamol toptirish, uning ongi, dunyoqarashi, e’tiqodini о‘stirish, xulq - atvorini tarkib toptirish maktabgacha pedagogika fanining dolzarb muammolaridan sanaladi. Xozirgi davrda har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashning maqsad yaa vazifalari manaviy boylik, axloqiy poklik, jismoniy mukammallikni о‘zida mujassamlashtirgan ijtimoiy faollikni tarbiyalashni taqozo etadi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining maqsadi tarbiyachi' murabbiylarning о‘z oldiga aniq maqsad qо‘yishi, yosh avlodni har tomonlama rivojlangan yetuk shaxs qilib tarbiyalash uchun о‘z ustida ishlashi, intilishi, izlanishi, ayollarni zamon talablari asosida tarbiyalash uchun tarbiyaning yangi usul va vositalaridan keng foydalana olish kabi tarbiyachilik mahoratini shakllantirishga qaratiladi.
О‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash borasidagi mavjud muammolarni hal etish, ta’lim va tarbiya samaradorligini zamon talablari asosida ta’minlash, uni dunyo talablari darajagiga olib chiqish ga erishish, yosh avlodga ta’lim - tarbiya berishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish orqali ta’lim - tarbiyaning mohiyati, mazmunini shakllantirish va takomillashtirish, maktabgacha ta’lim pedagogikasi faninipg qoida va qonunlarini xalqimizning boy tajribalari asosida boyitib borish va uning yangi qirralarini izlash bugungi kunning dolzarb muammolaridir.
Shuningdek, mustaqillik sharoitida uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlantirish muammolarini hal ztish maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani oldiga qator vazifalarni qо‘ymoqda:
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash vazifalari esa shaxsni tarbiyalash maqsadlari asosida ularning yoshiga va xususiyatlariga karab belgilanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsini har tompnlama kamol toptirish jismoniy, aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya majmuasidan iboratdir
— Bu sohada Sharq va G‘arb xalqlari yaratgan ogzaki ijodiyot, buyuk mutafakkir, pedagog va olimlarning ta’lim -tarbiyaga doir ilgor fikrlarini о‘rganib, tahlil qilib, barkamol insonni tarbiyalash jarayenini о‘rganish biz uchun juda qimmatlidir.



Download 200.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling