Mavzu: Tarmoqlararo balansdagi ishlab chiqarish xarajat modele taxlili Reja


Download 153 Kb.
bet1/4
Sana05.04.2023
Hajmi153 Kb.
#1274482
  1   2   3   4
Bog'liq
Farxod aka referat 5


Mavzu: Tarmoqlararo balansdagi ishlab chiqarish xarajat modele taxlili
Reja:

1. Milliy iqtisodiyotda tarmoqlarning o`rni.


2. Tarmoqlararo balansning umumiy tuzilishi.
3. Bevosita moddiy xarajatlar koeffitsientlarini aniqlash.
4. Xulosa.
5. Foydalanilgan adabiyotlar.
Milliy iqtisodiyotda tarmoqlarning o`rni.

Tarmoqlararo balans modelibu matritsaviy makroiqtisodiy model.


Tarmoqlararo balans modelimilliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini o`z ichiga olgan va optimal proportsiyalarni aniqlaydigan matematik modeldir.
Tarmoqlararo balans modeli yordamidamilliy iqtisodiyotning yalpi mahsuloti aniqlanadi.
Tarmoqlararo balans modelida bevosita xarajatlarbir birlik mahsulotni ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlardir.
Tarmoqlararo balansning matematik modeli bu matematik tenglamalar sistemasidir.
Milliy iqtisodiyot darajasidagi tarmoqlararo balans (TAB) da milliy daromadning yaratilishi va taqsimlanishi, moddiy va mehnat resurslaridan foydalanish, tarmoqlar o`rtasidagi ishlab chiqarish aloqalari xamda ijtimoiy mahsulotning ishlab chiqarilishi va taqsimlanishi o`z aksini topadi. Xalq xo`jaligida mahsulot ishlab chiqarish va taqsimlanishi tarmoqlararo balansining matematik modeli.



Iste’mol
tarmoqlar
Ishlab
chiqarish
tarmoqlari

1


2


3


...




n

Pirovard mahsulot



Yalpi mahsulot



1
2
3
...
n

X11
X21
X31
...
Xn1

X12
X22
X32
...
Xn2

X13
X23
X33
...
Xn3

...
...
...
...
...

X1n
X2 n
X3 n
...
Xn n

Y1
Y2
Y3
...
Yn

X1
X2
X3
...
X n

Ish haqi
Sof daromad

v1
m1

v2
m2

v3
m3

...
...

vn
mn

vc
mc

-
-

Yalpi mahsulot

X1

X2

X3

...

Xn

-

X

Balans tuzishda quyidagilarga asoslanamiz:
a) ishlab chiqarish tarmoqlarini i harfi bilan iste’molchi tarmoqlarni j harfi bilan tartiblaymiz; i=1,2,3,...,n; j=1,2,3,...,n.
b) xalq xo`jaligining har bir tarmogi balansda ishlab chiqaruvchi xamda iste’molchi sifatida qatnashadi;
v) ishlab chiqarish tarmoqlariga balansdagi muayyan bir qator, iste’molchi tarmoqlariga esa muayyan bir ustun mos keladi.
Xij kattaliklar i-tarmoqda ishlab chiqarilgan va j-tarmoqda iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalarining qiymatini ko`rsatadi.
Tarmoqlararo balansning satrlarida moddiy ishlab chiqarishning har bir tarmogidagi yillik mahsulot xajmining taqsimlanishi o`z aksini topadi. Masalan, 1-tarmoq qatoridagi X11, X12, X13,..., X1n kattaliklar elektroenergiya tarmogi mahsulotining shu tarmoqning o`zida, kumir sanoatida va barcha boshqa tarmoqlarda sarflangan mikdorini ko`rsatadi. Elektroenergiyaning moddiy ishlab chiqarishdan tashkaridagi sarflanishi, ya’ni sunggi (pirovard) iste’molni y1 ko`rsatadi. Pirovard iste’mol shaxsiy (xususiy) va ijtimoiy iste’moldan tashkil topadi.
1-satrdagi barcha kattaliklar yigindisi xuddi 1-ustundagi kattaliklar yigindisi kabi natijaga, ya’ni yil davomida ishlab chiqarilgan elektroenergiya mahsulotining qiymat ko`rinishiga teng bo`lishi kerak:
(1)
Xuddi shuningdek ixtiyoriy olingan ishlab chiqarish tarmogi uchun:
(2)
Tarmoqlararo balans modeli to`rtta qism - kvadrantlardan iboratdir.
1-kvadrant shaxmat taxtasi kabi tuzilgan bo`lib, unda ishlab chiqarish vositalarining oqimi akslanadi. 1 qism ma’lumotlari tarmoqlar moddiy xarajatlari tarkibini tahlil qilishda, tarmoqlar o`rtasidagi ishlab chiqarish bog`lanishlari va proportsiyalarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
2-kvadrantda barcha moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining pirovard mahsuloti ko`rinadi. Pirovard mahsulot deb ishlab chiqarishdan tashqaridagi iste’mol va jamg`armadagi mahsulotlar yig`indisiga aytiladi. Pirovard mahsulot tarkibiga kiruvchi ijtimoiy iste’mol ta’lim tarbiya, fan, sog`liqni saqlash, mudofaa, boshqaruv, sport kabi sohalardagi iste’moldan tarkib topadi. Shunday qilib, 2-kvadrantdagi ma’lumotlar milliy daromadning tarmoqlar bo`yicha moddiy tuzilishi, uning jamg`arma va iste’mol fondlariga taqsimlanishini xarakterlaydi.
3-kvadrant ko`rsatkichlari ham milliy daromadni xarakterlaydi, faqat bunda uning qiymati tarkibi, ya’ni barcha tarmoqlarda mehnatga to`langan haq va sof daromad yig`indisi sifatida qaraladi. 3-kvadrant ma’lumotlari moddiy ishlab chiqarishda zaruriy va qo`shimcha mahsulot orasidagi hamda yangidan yaratilgan va ko`chirilgan qiymatlar nisbatini tahlil qilish uchun zarurdir.
2- va 3-kvadrantlarning umumiy yig`indisi o`zaro tengdir. Barcha tarmoqlar bo`yicha (1) tenglamani jamlab quyidagini hosil qilamiz:
(3)
tenglamani i bo`yicha jamlasak
(4)
va (4) tengliklarning chap qismida bir xil kattalik - yalpi ijtimoiy mahsulot X hosil bo`ladi. Tengliklarning ung qismidagi 1- qo`shiluvchilar ham bir xil, ya’ni 1-kvadrantning jamiga tengdir. Demak, tengliklarning qolgan qismlari ham tengdir:
(5)
(5) tenglikning chap qismida 3-kvadrantning jamlanmasi, ung qismida esa 2-kvadrant jamlanmasi hosil bo`ldi, ya’ni milliy daromadning moddiy-mahsulot va qiymat tarkiblari bir xil bo`lishi ko`rindi.
4 kvadrant TAB ning pirovard mahsulotlar ustuni va daromadlar satrining kesishgan joyida bo`lib, bu erda milliy daromadning qayta taqsimlanishi va foydalanishi o`z aksini topadi. Dastlab yaratilgan milliy daromadning qayta taqsimlanishi oqibatida aholining korxonalarning va davlatning pirovard daromadlari yuzaga keladi. 4-qism ma’lumotlari tarmoqlararo modellarda aholining daromad va chiqimlarini ko`rsatishda muhim rol o`ynaydi. Shunday qilib, TAB yagona iqtisodiy-matematik model tarkibida moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari balansi, yalpi mahsulot balansi, milliy daromad balansi hamda aholining daromad va xarajatlari balanslarini birlashtiradi.
Tarmoqlar orasidagi texnologik bog`lanishlar bevosita (to`g`ri) moddiy xarajatlar koeffitsientlari (aij) bilan o`lchanadi.
(6)
Bu koeffitsient j- tarmoqning bir birlik mahsulotini ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vositasi sifatida i-tarmoqning qancha birlik mahsuloti sarflanishini ko`rsatadi. Bevosita moddiy xarajatlar koeffitsientlari kvadrat matritsa xosil qiladi:

tenglikdan quyidagini hosil qilamiz:
(6’)
Bu ifodani (2) tenglikda o`rniga qo`ysak:
(7)
TAB asosiy modelining shaklini o`zgartirish yordamida yana bir necha iqtisodiy ko`rsatkichlarni, jumladan, bevosita va to`la mehnat xarajatlari koeffitsientlarini ham aniqlash mumkin. Bu holatda tabiiy (natural) o`lchovdagi mahsulotlararo balansga asoslanamiz. Balans satrlarida har bir mahsulotning boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishga va pirovard iste’molga taqsimlanishi hamda barcha turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga jonli mehnat sarflanish taqsimoti ko`rinadi. (Mehnat sarflari bir xil murakkablikda deb olinadi).
j - j-mahsulotni ishlab chiqarishga sarflangan jonli mehnat xarajatlari,
Xj - j-mahsulotni ishlab chiqarish hajmi bo`lsin.
U holda - j-mahsulotning bir-birligini ishlab chiqarishdagi bevosita mehnat xarajatlarini ko`rsatadi. To`la mehnat xarajatlari tushunchasi bevosita jonli mehnat xarajatlari bilan moddiylashgan mehnat xarajatlari yig`indisi sifatida qaraladi va quyidagicha hosil bo`ladi:

Bu shaklda har bir j- mahsulot uchun:
Tj - j-birlik mahsulotga sarflangan to`la mehnat xarajatlari koeffitsienti;
tj - birlik mahsulotga sarflangan bevosita jonli mehnat xarajatlari koeffitsienti;
aijTi - i- ishlab chiqarish vositasi yordamida j-mahsulotga kuchirilgan moddiylashgan mehnat xarajatlari.
(10)
Bu tenglamadan zarur almashtirishlar yordamida quyidagi tenglamani olish mumkin:
,
bu erda bij - to`la xarajatlar koeffitsientlaridir. Demak, har qanday j-mahsulot uchun to`la mehnat xarajatlari miqdori barcha xildagi mahsulotlar turlariga sarflangan bevosita mehnat xarajatlarining solishtirma yig`indisi sifatida aniqlanishi mumkin.
To`la mehnat xarajatlari ko`rsatkichlari har bir mahsulot turi bo`yicha bir-birlik mahsulotga sarflangan haqiqiy ijtimoiy mehnat xarajatlarini akslantiradi.
Milliy iqtisodiyot balansining mazmuni va mohiyati.
Iqtisodiyot balansi deb o’zaro bog’liq bo’lgan iqtisodiy jadvallar (odatda ular o’zaro bog’langan jadvallar qatori ko’rinishida bo’ladi) tizimiga aytiladi. Ular o’zida milliy ishlab shiqarishning aniq moddiy shartlari va natijalarini aks ettiradi. Iqtisodiyot balansining ikki xil turi mavjud: hisobot va reja balanslari. Balans milliy ishlab shiqarish jarayonining o’tgan davri ushun aniq sonli va sifatli tafsilotini beradi hamda milliy iqtisodiyot amaliyotida yuzaga keladigan mutanosibliklar (proportsiyalar)ni belgilaydi. Iqtisodiyotning reja balansi rejalashtirilayotgan davr ushun ishlab shiqarish va noishlab shiqarish sohasidagi mutanosibliklar va aloqalar, rivojlanish shartlari va sur’atlari, yo’nalishlari hamda hajmini aniqlab beradi.
Iqtisodiyot balansi iqtisodiyotning muvaffaqiyatli rivojlanishi ushun zarur bo’lgan munosabatlar va mutanosibliklarni ma’lum davrga o’rnatish imkonini beradi.
Iqtisodiyot balansining asosiy ush xil vazifasi mavjud: birinshidan, u asosiy xalq xo’jaligi mutanosibliklarni son jihatidan aniqlash ushun ishlab shiqiladi. Bu umumiqtisodiy, tarmoq, tarmoqlararo va hududiy mutanosibliklar. Ular iste’mol, ishlab shiqarish sohasi va muomala sohasi, joriy iste’mol va takror ishlab shiqarishni kengaytirishga qo’yilmalar o’rtasida mutanosibliklarni belgilab beradi.
Ikkinshidan, agarda yalpi milliy mahsulot va milliy daromad kabi iqtisodiyotning tarkibiy qismlari o’zaro muvofiqlashtirilgan bo’lsa, ya’ni xalq xo’jaligi rivojlanishini umuman balanslangan deb ta’kidlash mumkin bo’lsa, balans hisob-kitoblaridan tuzilayotgan rejaning o’zaro mutanosibligini tekshirish ushun foydalanish mumkin.
Ushinshidan, milliy iqtisodiyot balanslari iqtisodiyotda mavjud va rivojlanayotgan mutanosibliklar va aloqalarni aks ettirgan holda tartibga solish vositasi hisoblanadi. Statistika va rejalashtirish amaliyotida balans hisob-kitoblarini quyidagisha tasniflash mumkin.
Iqtisodiyot balansi quyidagi bo’limlardan tashkil topgan; yalpi milliy mahsulot ishlab shiqarish, iste’mol va jamg’arish, milliy daromadni ishlab shiqarish, taqsimlash va foydalanish, mehnat resurslarining jamlama balansi, milliy boylik.
Iqtisodiyot balansining birinshi bo’limi milliy bo ylik, keyin yalpi milliy mahsulot, u iste’mol va jamg’arish maqsadida moddiy boyliklar va xizmatlarni ishlab shiqarish va ishlatishni ko’rsatadi.
Balansning ushinshi bo’limi – milliy daromad, u yaratilgan daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash bosqishlarni aks ettiradi. To’rtinshi bo’lim – moliyaviy balanslar matritsasi, beshinshi bo’lim – real sektor balansi.
Balansning oltinshi bo’limi – ishshi kushi umumlashma balansi o’zida iqtisodiyotda mavjud ishshi kushi va ulardan foydalanishni aks ettiradi. Ishshi kushi – jamiyat ishlab shiqarish kushlari rivojlanishining tarkibiy qismi hisoblanadi.Boshqa mehnat balanslari bilan birga ishshi kushi balansi iqtisodiyotda mehnatdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish va mehnatni oqilona taqsimlashni rejalashtirish imkonini beradi. Ushbu asosiy bo’limlardan tashqari iqtisodiyot balansi tarkibiga bir qator qo’shimsha balanslar va balans hisob-kitoblari kiradi. Ular asosiy bo’limlarni aniqlashtiradi va takror ishlab shiqarish jarayonining u yoki bu tomonlarini va shartlarini aks ettiradi. Ular qatoriga: tarmoqlararo balans, asosiy fondlar balansi, kapital qo’yilmalar balansi, ishlab shiqarish vositalari va iste’mol mollari balansi, milliy iqtisodiyot balansining asosiy ko’rsatkishlari balanslari kiradi.
Milliy iqtisodiyot balansini ishlab shiqishning ilmiy asoslari
Iqtisodiyot balansini ishlab shiqishning ilmiy asosi kengaytirilgan takror ishlab shiqarish iqtisodiy o’sish nazariyasi hisoblanadi.
Takror ishlab shiqarish nazariyasi real takror ishlab shiqarish jarayonini o’rganishga asoslanadi va milliy iqtisodiyot balansining zaruriy ilmiy asosi hisoblanadi. Takror ishlab shiqarish jarayoni milliy mahsulotni ishlab shiqaruvshi va iste’molshisi hisoblanadigan jamiyatning barsha a’zolari o’zaro bog’langan faoliyati asosida amalga oshiriladigan ijtimoiy jarayondir. Bu jarayon o’z ishiga ishlab shiqarish, ayirboshlash, iste’molni va jamg’armani oladi.



Download 153 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling