Mavzu: "tashqi savdo siyosati"


Download 488.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/16
Sana19.04.2023
Hajmi488.05 Kb.
#1367359
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Kurs ishi (2)[1]

2.7-jadval. 
O’zbekiston Respublikasining import tarkibining yillar bo‘yicha dinamikasi, 
foizda
Import tarkibi 
2000 yil 
2010 yil 
2020 yil 
Mashinasozlik va uskunalar 
12,1 
35,4 
40,5 
Kimyoviy 
mahsulotlar 
va 
ulardan 
tayyorlangan buyumlar
9,7 
13,6 
17 
Elektroenergiya va neft mahsulotlari
3,1 
3,8 
5,8 
Qora va rangli metallar
10,2 
8,6 
7,4 
Oziq-ovqat mahsulotlari 
48,9 
12,3 
12,8 
Xizmatlar
1,5 
8,5 
7,7 
Boshqalar
14,5 
17,8 
8,8 
2015 yilda mashinasozlik va uskunalar importining ulushi jami import 
tarkibida 40,5 foizni tashkil etgan holda 2013 yilga nisbatan 3,3 barobarga oshgan. 
Mazkur holat mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va texnik 
jihatdan qayta qurollantirish jarayonlarini amalga oshirishda zamonaviy va yuqori 
texnologiyalarga asoslangan mashina va ishlab chiqarish uskunalariga bo‘lgan 
ehtiyoj bilan izohlanadi. Oziq-ovqat mahsulotlari importining ulushi 2014 yilda 
48,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2017 yilga kelib 12,8 foizga, ya’ni qariyb4 barobar 
qisqardi. Bu esa mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 
asoslarining tobora rivojlanib va mustahkamlanib borayotganini ko‘rsatadi. 
Shuningdek, ushbu davrda xizmatlar importi ulushining 5 barobar o‘sishi 


27 
mamlakatimizda zamonaviy xizmat turlariga bo‘lgan ehtiyojning tobora o‘sib 
borayotganidan darak beradi. 
Respublikamiz eksporti va importining tovar va geografik tarkibini 
takomillashtirish orqali raqobatbardoshlikni kuchaytirish bir qator vazifa-larning 
amalga oshirilishini taqozo etadi. 
Xorijiy davlatlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yoki ishlab 
chiqarishni yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘lgan mahsulotlarga bo‘lgan talabni 
o‘rganish, bunday tovarlar bozorlariga kirib borish va raqobat qilish strategiyasini 
ishlab chiqish eksport qilinayotgan tovarlar sonini va mamla-katlar geografiyasini 
kengaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. “Bu borada yangi bozorlar, yangi transport 
yo‘laklarini topish, bir so‘z bilan aytganda, faol marketingga asoslangan tashqi 
iqtisodiy siyosat yurgizish zarur”. 
Mamlakatimizda tashqi savdo aylanmasining tovar va geografik tarkibini 
takomillashtirish orqali raqobatbardoshlikni oshirishda quyida-gilarga alohida 
e’tibor qaratish lozim: 
– yuqori qo‘shilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish va 
ularning eksport hajmini oshirish; 
– tashqi savdoga xizmat qiluvchi infratuzilmani yanada rivojlantirish
– mahsulot tannarxini pasaytirish orqali ularning raqobatbardoshligini 
oshirish; 
– tashqi savdoda diversifikatsiyalashuvni kuchaytirish; 
– eksportga yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar yetkazish 
jarayonini rivojlantirish; 
– jahon bozorlarida mustahkam o‘rin egallash. 
Jahon bozorlarida korxonalarimiz mahsulotlarining raqobatbardosh-ligini 
ta’minlashda quyidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb 
etadi: 
- eksport qiluvchi korxonalarga mahsulot tayyorlash va sotish xarajat-larini 
kamaytirishda ko‘maklashish; 


28 
- ularni tashqi bozor kon’yunkturasidagi o‘zgarishlar, istiqbolli bozor-lar, 
raqobatchilar to‘g‘risida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirish
- transport-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish; 
- yangi transport yo‘laklarini ochish orqali transport xarajatlarini kamaytirish 
va h.k. 
Bu borada har bir tarmoq uchun ishlab chiqilishi ko‘zda tutilayotgan 2012-
2018 yilga mo‘ljallangan tayyor mahsulotni yangi tashqi bozorlarga chiqarish 
bo‘yicha maxsus dasturlarda eksport hajmini oshirish, eksport qilinadigan yuklarni 
tashish tizimini takomillashtirish, eksportchi korxonalarni marketing, moliya va 
tashkiliy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘z aksini topadi. 


29 
XULOSA 
Biror mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatga bevosita va bilvosita 
aralashuvi jarayoni eksport va import hajmi va tarkibiga ta‘sir ko`rsatish orqali 
ichki bandlilikni ta‘minlash, iqtisodiy o`sishga erishish, makroiqtisodiy 
barqarorlikni ta‘minlash, to`lov balansini yaxshilash hamda valuta kursini tartibga 
solish maqsadlarini ko`zda tutadi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan bunday 
tadbirlar savdo siyosati deb yuritiladi. Savdo siyosati – budjet-soliq siyosatining 
tashqi savdo hajmlarini soliqlar, subsidiyalar, valuta nazorati va import yoki 
eksportni to`g`ridan-to`g`ri cheklashlar orqali tartibga solishni o`z ichiga olgan 
nisbatan mustaqil yo`nalishidir.
Tashqi savdoni cheklash borasida olib borilayotgan har qanday chora-
tadbirlar qisqa muddatli samara beradi. Uzoq davrda esa, faqat erkin savdogina 
iqtisodiy resurslarni samarali joylashtirish imkonini beradi. Shuning uchun ham 
ko`pgina mutaxassis-iqtisodchilar mamlakat iqtisodiyoti va aholisi turmush 
darajani yaxshilash uchun erkin tashqi savdo siyosati foydaliroq, chunki, tashqi 
savdoni cheklashga nisbatan uni erkinlashtirish iqtisodiy resurslardan samarali 
foydalanishga ko`proq imkoniyat yaratadi, deb hisoblashadi.
Milliy xo‘jaliklarning xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida ishtirok etishi, 
ularning shakllari va samaradorlik darajasi kabi muammo-larning uzoq davr 
mobaynida turli olimlar tomonidan tadqiq etilishi bu boradagi turlicha 
nazariyalarning shakllanishiga olib keldi. Bu nazariyalar orasida eng avvalo 
mamlakatlarning xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvda ishtirok etishi 
zarurligini nazariy jihatdan asoslab beruvchi mutlaq va qiyosiy (nisbiy) ustunlik 
nazariyalari muhim ahamiyat kasb etadi. 
Tashqi savdoning rivojlanishiga Buyuk geografik kashfiyotlaraan soʻng 
yangi dengiz yoʻllarining ochilishi kuchli turtki boʻldi. Ayniqsa, sanoat, 
mashinalashgan ishlab chiqarish. xalqaro xoʻjalik aloqalarini yanada rivojlantirib 
yubordi. Yangi tarmoklar, ishlab chiqarish. turlarining paydo boʻlishi, mehnat 
unumdorligining oshishi ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki isteʼmoldan 


30 
tashqari qismini chet ellarga chiqarish va sotish imkonini berdi. Ayni paytda 
kupchilik mamlakatlarda xom ashyo resurslariga ehtiyoj keskin oshdi. Natijada 
tashqi oldisotdi harakatlarini amalga oshirishni uygunlashtiradigan xalqaro bozor 
qaror topdi. 
Tashqi savdoning rivojlanishi asosida xalqaro mehnat taqsimoti va D. 
Rikardo asoslab bergan qiyosiy ustunlik qoidasi yotadi. Bu kridaga koʻra alohida 
sharoitlarning mavjudligi, xususan, qulay geografik joylashuv, noyob tabiiy 
resurslar ayrim mamlakatlarga tovar va xizmatlarning ayrim turlarini ichda 
muayyan ustunliklar beradi. 
2021 yilda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 16%ga o‘sdi. 2021 yilda 
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 2020 yilga nisbatan 16%ga o‘sib, $42,1 
mlrdni tashkil etdi. Eksport hajmi 10%ga oshib, $16,6 mlrdga yetgan bo‘lsa, 
import 20,4%ga o‘sib, $25,46 mlrdni tashkil etdi. Sanoat tovarlari eksporti oltin 
eksportidan o‘zib ketdi.
Mamlakatimizda tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish, jahon bozorlariga 
yuqori sifatli tayyor mahsulotlar bilan kirib borish va mustahkam o‘rin egallash, 
eksport hajmini oshirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda. 


31 

Download 488.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling