Mavzu: "tashqi savdo siyosati"
R.Vernonning tovarning hayotiy sikli nazariyasida
Download 488.05 Kb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi (2)[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- II- BOB. TASHQI SAVDONING SHAKLLANISHI VA XUSUSIYATLARI 2.1. Tashqi savdoga ta’sir etuvchi omillar
R.Vernonning tovarning hayotiy sikli nazariyasida mamlakatning jahon
savdosidagi muvaffaqiyati ichki bozorga bog‘liqligi ta’kidlanadi. Vernon nazariyasiga ko‘ra mahsulotlarning ba’zi bir turlari to‘rt bosqichdan iborat sikldan o‘tadi (joriy etish, o‘sish, yetuklik, pasayish), ularni ishlab chiqarish esa xalqaro miqyosda siklning bosqichidan kelib chiqqan holda siljiydi. R.Vernon AQShning yangi va istiqbolli tovarlarning ahamiyatli miqdorini ishlab chiqarishda yetakchilik qilishi sabablarini ochib berishga harakat qildi. «Tovar sikli» tushunchasi milliy va tashqi bozorlarning o‘zaro bog‘liqligini izohlovchi nazariyaning asosiga aylandi. Xalqaro mehnat taqsimoti va jahon savdosi tarkibiy tuzilishining samaradorligi 16 mustaqil-lik, o‘zaro bog‘liqlik va bog‘liqlik konsepsiyalarini tushuntirishga yordam beradi. Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi barcha nazariyalarning hayotiy layoqatliligini va ularni doimiy ravishda modifikatsiyalab, yangi qirralarni qo‘shib turish zarurligini tasdiqlaydi. Xalqaro aloqalarning jahon amaliyotida esa bu nazariyalardan keng foydalanilmoqda. Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo‘yadi. Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. II- BOB. TASHQI SAVDONING SHAKLLANISHI VA XUSUSIYATLARI 2.1. Tashqi savdoga ta’sir etuvchi omillar Tashqi savdo — bir mamlakatning boshqa mamlakat yoki mamlakatlar bilan olib boradigan savdosi. Mamlakatdan tovarlar chikarish (eksport) va mamlakatga tovarlar kiritish (import)dt tashkil topadi. Eksport va import yigʻindisi mamlakatning Tashqi savdo aylanmasini tashkil etadi. Mamlakatlar oʻrtasida savdosotiqnint rivojlanishi ikki tomonlama foyda olish imkonini beradi. Tashqi savdo mamlakatlararo iktisodiy munosabatlarning eng oddiy va eng kad. shaklidir. Kds. Misr, Yunoniston va Rim quldorlik tuzumi davridayoq boshqa mamlakatlar bilan ikki tomonlama savdosotiq munosabatlarini amalga oshirgan. Insoniyat tarixida birinchi marta Sharq va Gʻarb dunyosini bir-biri bilan bogʻlagan Buyuk Ipak puli kitalararo savdoni yoʻlga qoʻydi. Bu yoʻl hozirgi Oʻzbekiston hududida joylashgan shaharlarda savdosotiqning keng kuloch yoyishiga olib kelgan edi. Tashqi savdoning rivojlanishiga Buyuk geografik kashfiyotlaraan soʻng yangi dengiz yoʻllarining ochilishi kuchli turtki boʻldi. Ayniqsa, sanoat, mashinalashgan ishlab chiqarish. xalqaro xoʻjalik aloqalarini yanada rivojlantirib yubordi. Yangi tarmoklar, ishlab chiqarish. turlarining paydo boʻlishi, mehnat unumdorligining oshishi ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki isteʼmoldan 17 tashqari qismini chet ellarga chiqarish va sotish imkonini berdi. Ayni paytda kupchilik mamlakatlarda xom ashyo resurslariga ehtiyoj keskin oshdi. Natijada tashqi oldisotdi harakatlarini amalga oshirishni uygunlashtiradigan xalqaro bozor qaror topdi. Tashqi savdoning rivojlanishi asosida xalqaro mehnat taqsimoti va D. Rikardo asoslab bergan qiyosiy ustunlik qoidasi yotadi. Bu kridaga koʻra alohida sharoitlarning mavjudligi, xususan, qulay geografik joylashuv, noyob tabiiy resurslar ayrim mamlakatlarga tovar va xizmatlarning ayrim turlarini ichda muayyan ustunliklar beradi. Mamlakat oʻzining qiyosiy ustunligidan foydalanib ayrim tovar turlarini ishlab chiqarish.ga ixtisoslashadi, mahsulotlarini boshqa mamlakatlarga ham sotish maqsadida katta miqdorda va yuqori sifatda ishlab chiqarish.ga xarakat qiladi. Bunday tovar va xizmatlarni uzlarida ishlab chiqarmaydigan boshqa mamlakatlar, ishlab chiqarganda ham ularga ketadigan sarfxarajatlarning nisbatan yuqoriligini hisobga olib, tashqaridan tovar va xizmatlarni kiritish yoʻlini tutadilar. Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 140 dan ortiq mamlakatlari bilan savdosotiq aloqalarini amalga oshirmoqda. 2013-yilda Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 6,7 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Bu koʻrsatkich 2002-yilga nisbatan 17,3% kupdir. Uning Tashqi savdoda jahonning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari hissasi ortib bormoqda. Oʻzbekiston savdo aylanmasining 62% uzoq xorij mamlakatlariga, 38% esa MDH mamlakatlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Oʻzbekistonning hozirgi asosiy savdo hamkorlari — Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Shveysariya, AQSH, Janubiy Koreya, Rossiya, Italiya, Niderlandiya, Belgiya, Turkiya, Fransiya, Xitoy va boshqa davlatlar. Respublika Tashqi savdoning 60%dan ziyodrogʻi Yevropaga, 33% Osiyo, 6,5% Amerika qitʼasi mamlakatlari hissasiga toʻgʻri keladi (2013). Tashqariga tovar chiqarish tarkibida mashina va asbobuskunalar, rangli metallar va energiya vositalari oʻrin olmoqda. Asosiysi — Oʻzbekistonning Tashqi savdoda faqat xom ashyo vositalari bilan qatnashuviga barham berilmoqsa, eksport tarkibi sezilarli kengaymoqda. 18 Rivojlangan mamlakatlar bilan savdo aloqalari chetdan qoʻshimcha moddiymoliyaviy resurslarni jalb kilish, ishlab chiqarish.ga ilgor texnika va texnologiyani joriy etish, ichki isteʼmol bozorini turlituman keng xalq isteʼmoli tovarlari bilan toʻldirish, xizmat koʻrsatish sohasida xorij tajribasidan foydalanish, qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratihda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatning Tashqi savdo siyosatini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi amalga oshiradi. Tashqi savdo "Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida" (2015, 14 iyun), "Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida" (2016, 7 may), "Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida" (2015, 29 avgust) qonunlari, "Bojxona kodeksi" (2017, 27 dekabr) va boshqa qonun va qarorlar, meʼyoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ko‘pchilik hollarda eksportni davlat tomonidan rag‘batlantirish tadbiri sifatida ko‘pgina mamlakatlarda eksport subsidiyalari qo‘llaniladi. Bunda tajriba– konstruktorlik ishlari va eksportga mo‘ljallangan ishlab chiqarishni bevosita moliyalashtirish yoki bu maqsadlarga davlat budjetidan imtiyozli kreditlar berish ko‘zda tutiladi. Download 488.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling