Mavzu: "tashqi savdo siyosati"


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI


Download 488.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana19.04.2023
Hajmi488.05 Kb.
#1367359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Kurs ishi (2)[1]

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI ......................................... 31 



KIRISH 
Biror mamlakatning tashki iqtisodiy faoliyatga bevosita va bilvosita 
aralashuvi jarayoni eksport va import xajmi va tarkibiga ta`sir ko`rsatish orkali 
ichki bandlilikni ta`minlash, iqtisodiy o`sishga erishish, makroiqtisodiy 
barkarorlikni ta`minlash, to`lov balansini yaxshilash xamda valyuta kursini tartibga 
solish maksadlarini ko`zda tutadi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan bunday 
tadbirlar savdo siyosati deb yuritiladi. Savdo siyosati – byudjet-solik siyosatining 
tashki savdo xajmlarini soliklar, subsidiyalar, valyuta nazorati va import yoki 
eksportni to`gridan-to`gri cheklashlar orkali tartibga solishni o`z ichiga olgan 
nisbatan mustakil yo`nalishidir. 
Tashki savdoni cheklash borasida olib borilayotgan xar kanday chora-
tadbirlar kiska muddatli samara beradi. Uzok davrda esa, fakat erkin savdogina 
iqtisodiy resurslarni samarali joylashtirish imkonini beradi. SHuning uchun xam 
ko`pgina mutaxassis-iktisodchilar mamlakat iqtisodiyoti va axolisi turmush 
darajani yaxshilash uchun erkin tashki savdo siyosati foydalirok, chunki, tashki 
savdoni cheklashga nisbatan uni erkinlashtirish iqtisodiy resurslardan samarali 
foydalanishga ko`prok imkoniyat yaratadi, deb xisoblashadi. 
Garchand, erkin savdo jaxon iqtisodiyoti nuktai nazaridan foydali bo`lishi 
mumkin bo`lsada, ammo aloxida olingan mamlakat iqtisodiyoti manfaati nuktai 
nazaridan erkin savdo xamma vakt xam foydali bo`lavermaydi. 
Tashki savdoni cheklash usullarining 50 dan oshikrok turi mavjud. Ularning 
ayrimlari davlat gaznasini to`ldirishga yo`naltirilgan bo`lsa, ba`zilari umuman 
importni cheklashga va yana boshkasi esa eksportni cheklashga yoki 
ragbatlantirishga yo`naltirilgan. Amaliyotda tashki savdoni tartibga solishning 
ta`rif va nota`rif usullaridan foydalaniladi. 



Ta`rif usullariga import va eksport bojlarini joriy kilish kirsa, nota`rif 
usullariga eksporterlar va ishlab chikaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash,
litsenziyalash kabilar kiradi. 
Bojxona bojlari avvalo import bojlari va eksport bojlariga ajraladi. 
Import bojlari davlat byudjetini to`ldirish maksadida va ichki bozorlarga 
tushadigan chet el tovarlari okimini tartibga solish uchun belgilanadi. eksport 
bojlari mamlakat ichida talab ko`p bo`lgan maxsulotlar takchilligining oldini olish 
maksadida belgilanadi. 
Boj olinadigan maxsulotlar, boj olinmaydigan maxsulotlar, olib kelish va 
olib ketish takiklangan maxsulotlar, shuningdek, bojxona bojlari stavkasi, ya`ni, 
ularning tartibga solingan ro`yxati bojxona tariflari deb ataladi. 
Bojxona tariflarini ishlab chikarish, tabiiy farklar (xayvonot va o`simlik 
dunyosi), kayta ishlash darajasiga (xom ashyo, yarim tayyor maxsulotlar, tayyor 
buyumlar) ko`ra, taksimlangan maxsulotlar ro`yxatini o`z ichiga olgan maxsulot 
sarxillovchilar (klassifikatorlari) asosida qurilgan. 




Download 488.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling