Mavzu: "tashqi savdo siyosati"


-chizma. Import tariflari kiritilishi natijalari


Download 488.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana19.04.2023
Hajmi488.05 Kb.
#1367359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Kurs ishi (2)[1]

1.1-chizma. Import tariflari kiritilishi natijalari 
Aytaylik, import tariflari joriy qilingunga qadar ichki ishlab chiqarish hajmi 
S1, ichki talab hajmi esa D1 teng bo`lgan. Talab va taklif o`rtasidagi farq (D1-S1) 
import hisobiga qoplangan. Mamlakat iqtisodiyoti yopiq bo`lganida baholar 
darajasi Re ga teng, talab va taklif muvozanati esa E nuqtada o`rnatilgan bo`lar 
edi. Mamlakat iqtisodiyoti ochiq bo`lgani va importga cheklovlar yo`qligi tufayli 
milliy bozordagi narxlar jahon bozori narxlari Rw bilan bir xil. Importga tarif
joriy qilinishi natijasida ichki baholar Rw dan Rd ga qadar ko`tariladi. Natijada:
Import qilinadigan tovarning ichki bahosi = Jahon bozoridagi bahosi 
+(Jahon bozoridagi bahosi x Tarif stavkasi).
Oqibatda ite‘molchilar ma‘lum bir yo`qotishlarga duch keladilar. Bu 
yo`qotishlar grafikda a,b,c,d sohalar bilan ko`rsatilgan.



Baholarning ko`tarilishi ilgari raqobatbardosh bo`lmagan ayrim ichki ishlab 
chiqaruvchilar uchun ham foyda ko`rib ishlashga imkon beradi. Umuman shu 
sohada band milliy ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish hajmini S1 dan S2 ga 
qadar oshiradi va S2-S1 hajmdagi mahsulot Pd bahoda sotiladi. Shu hajmdagi 
mahsulotni iste‘molchilar oshirilgan narxda sotib oladilar va a sohaga teng 
yo`qotishga duch keladilar. Ammo, bu yo`qotish ichki ishlab chiqaruvchilarning 
o`sgan foydasiga aylanadi.
Baholarning o`sishi oqibatida iste‘molchilar ko`rilayotgan tovar iste‘moli 
hajmini D1 dan D2 qadar qisqartiradi. Bu yo`qotish grafikda d soha bilan 
ko`rsatiladi va u hech kimning foydasi bilan qoplanmaydi.
S2- D2 oraliq tarif joriy qilingandan so`ngi import hajmi bo`lib, shu hajmda 
tovarni iste‘molchilar ilgarigidan yuqori bahoda sotib oladilar. Buning natijasida 
ular turmush darajasidagi yo`qotish ro`y beradi. Bu yo`qotish grafikda s soha bilan 
belgilangan bo`lib, u davlat budjetiga borib tushadi. Ya‘ni, bu sohadagi 
iste‘molchilarning yo`qotishi davlatning foyda ko`rishi bilan qoplanadi.
Tarif kiritilishi oqibatida iste‘molchilar talabi arzon import tovaridan 
qimmat ichki tovarga yo`naltiriladi. Iste‘molchilarning o`sgan to`lovlari yuqori 
chegaraviy xarajatga ega, raqobatbardosh bo`lmagan samarasiz ichki ishlab 
chiqarishni kengayishiga olib keladi. Iste‘molchilarning bu yo`qotish v sohasi bilan 
belgilangan bo`lib tarifning «ishlab chiqarish samarasi» deyiladi va hech kimning 
foydasi bilan qoplanmaydi. 

Download 488.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling