Mavzu: "tashqi savdo siyosati"
Qiyosiy ustunlik nazariyasi
Download 488.05 Kb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi (2)[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiyosiy ustunlik nazariyasi Mutlaq ustunlik nazariyasi
- 1.2-jadval Turli mamlakatlarda don va vino ishlab chiqarish xarajatlari Mamlakat
- Xeksher-Olin-Samuelson modeli
Qiyosiy ustunlik nazariyasi. D.Rikardo o‘zaro foydali savdo va xalqaro
ixtisoslashuvning ancha umumiy tamoyillarini shakllantirib, A.Smitning qarashlarini takomillashtirgan holda «qiyosiy ustunlik» nazariyasini ishlab chiqdi. U mazkur nazariya yordamida, hatto barcha mahsulotlarni ishlab chiqarishda ayrim mamlakatning mutlaq ustunligi mavjudligida ham o‘zaro foydali savdoning nafaqat mumkinligini, balki zarurligini isbotlab berdi. Bu mamlakat nisbatan past samarali mahsulotni ishlab chiqarishdan voz kechib, nisbatan yuqori samarali Qiyosiy ustunlik nazariyasi Mutlaq ustunlik nazariyasi 13 mahsulotni ishlab chiqarishga o‘tish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishi mumkin. D.Rikardoning fikricha, mamlakat o‘zida qiyosiy ustunlikka ega bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarishi va chetga sotishi yetarli hisoblanadi. Qiyosiy ustunlik nazariyasi quyidagi bir qator shartli farazlarga asoslanadi: 1) unda ikkita mamlakat va ikkita tovar o‘zaro taqqoslanadi; 2) ishlab chiqarish xarajatlari ish haqi ko‘rinishida olinadi; 3) mamlakatlar o‘rtasidagi ish haqi darajasidagi farqlar e’tiborga olinmaydi; 4) transport xarajatlari e’tiborga olinmaydi; 5) erkin savdo mavjud deb faraz qilinadi. Xalqaro savdoda qiyosiy ustunlik tamoyillarining amal qilishini yaqqol tasavvur qilish uchun quyidagi shartli misolni ko‘rib chiqamiz 1.2-jadval Turli mamlakatlarda don va vino ishlab chiqarish xarajatlari Mamlakat 50 kg don ishlab chiqarish xarajatlari, kishi-kun 100 vino ishlab chiqarish xarajatlari, kishi-kun Buyuk Britaniya 100 120 Portugaliya 90 80 Jadvaldan ko‘rinadiki, agar mutlaq xarajatlar e’tiborga olinsa, ular har ikkala mahsulot bo‘yicha ham Portugaliyada past bo‘lib, uning Buyuk Britaniya bilan savdo aloqalarini o‘rnatish uchun hech qanday ehtiyoj yo‘q. Biroq, qiyosiy xarajatlar ushbu fikr-mulohazalarni o‘zgartirib yuboradi. Iqtisodiyot nazariyasida xalqaro ixtisoslashuvning ustunliklarini asoslash Rikardoning klassik sxemasi bilan cheklanmagan. XX asrda xalqaro ixtisoslashuvning qonuniyatlari E.Xeksher, B.Olin, P.Samuelson, J.Keyns, V.Leontev, G.Xaberler va boshqa ko‘plab iqtisodchilar tomonidan tadqiq qilindi. Jumladan, iqtisodiy adabiyotlarda Xeksher-Olin-Samuelson modeli deb yuritiluvchi model alohida ahamiyat kasb etadi. Bu model asoschilari E.Xeksher va B.Olin xalqaro tovar oqimlarining yo‘nalish va tarkibiy tuzilishi qay tarzda belgilanishi to‘g‘risidagi zamonaviy tasavvurlarni ishlab chiqdilar. P.Samuelson 14 esa mazkur fikrlarni amaliy jihatdan ifodalovchi matematik shartlarni ochib berdi. Mazkur model asosida ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi yotadi. Ma’lumki, turli mamlakatlar ishlab chiqarish omillari – ishchi kuchi, yer va kapital bilan turli darajada ta’minlanganlar. Agar mamlakat faqat qandaydir bitta omil bilan yetarli darajada ta’minlangan bo‘lsa, bu mamlakatda shunday omil sig‘imi katta bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarish arzonga tushadi. 1954 yili amerikalik iqtisodchi V.Leontevning maqolasi e’lon qilinib, unda o‘sha davrda kapital ortiqchaligiga ega bo‘lgan mamlakat hisoblanuvchi AQSh eksporti va importida mehnat va kapital to‘liq sarfining hisob-kitobi asosida Xeksher-Olin nazariyasini tekshirishga urinib ko‘rilgan. Bunda AQSh kapital sig‘imi yuqori bo‘lgan tovarlarni eksport qilib, mehnat sig‘imi yuqori bo‘lgan tovarlarni esa import qilishi taxmin qilinar edi. Natija teskari bo‘lib chiqib, Download 488.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling