Mavzu: "tashqi savdo siyosati"
Download 488.05 Kb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi (2)[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishchi kuchi malakasi modeliga ko‘ra
- Xeksher-Olin nazariyasi
- G.Xaberlerning muqobil xarajatlar modeli
Leontev paradoksi degan nom oldi. Ma’lum bo‘ldiki, AQShdagi kapitalning
nisbiy ortiqchaligi Amerika tashqi savdosiga ta’sir ko‘rsatmaydi. AQSh ko‘proq mehnat sig‘imi yuqori, kapital sig‘imi esa past bo‘lgan tovarlarni eksport qilar ekan. V.Leontev Amerika-dagi mehnatning yuqori unumdorligi amerikalik ishchilarning nisbatan yuqori malakasi bilan bog‘liqligini ta’kidlab, bu yerdagi mehnatning xorijdagi mehnat bilan nisbati 1:3 ekvivalentlikda ekanligini ko‘rsatdi. Bu esa ishchi kuchi malakasi modelining paydo bo‘lishiga olib keldi. Ishchi kuchi malakasi modeliga ko‘ra, ishlab chiqarishda uchta emas, balki to‘rtta: malakali ishchi kuchi, malakasiz ishchi kuchi, kapital va yer ishtirok etadi. Kasbiy mahoratga ega bo‘lgan xodimlar va yuqori malakali ishchi kuchi- ning nisbatan ko‘pligi malakali mehnatning katta miqdorini taqozo etuvchi tovarlarning eksport qilinishiga olib keladi. Malakasiz ishchi kuchining ko‘pligi esa ishlab chiqarishda yuqori malaka talab etilmaydigan tovarlarning eksportiga imkon yaratadi. Hozirgi zamon iqtisodiy fani Xeksher-Olin nazariyasining faqat yutuqli jihatlarini emas, balki cheklangan tomonlarini ham ochib beradi. Jumladan, quyidagi jarayonlar bu nazariyaga muvofiq kelmaydi: 15 - yuqori rivojlangan mamlakatlarning sanoati va savdosidagi tarkibiy siljishlarning yaqinlashuvi; - daromadlarning bir xilda yuqori darajasiga ega bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasidagi savdoning ahamiyatli va muntazam o‘sib boruvchi solishtirma salmog‘i; - jahon savdosida o‘xshash sanoat tovarlarini bir-biriga yetkazib berish-ning yuqori va o‘sib boruvchi solishtirma salmog‘i. Sanab o‘tilgan holatlar iqtisodiy fan oldiga Xeksher-Olin nazariyasini kengaytirish yoki asosiy qoidalarini yangilash yo‘llarini qidirish vazifasini qo‘yadi. Bu bir tomondan, nazariyaning kengayishiga, ishlab chiqarish omilla-rining yangicha talqin etilishiga, ikkinchi tomondan esa, uning to‘liq inkor etilishiga hamda XMT samaradorligi muammosiga mutlaq yangi yondashuv-larning paydo bo‘lishiga olib keladi. Xalqaro mehnat taqsimoti neoklassik nazariyalari o‘rtasida amerika-lik iqtisodchi G.Xaberlerning muqobil xarajatlar modeli yetakchi o‘rin tutadi. U har bir mamlakat uchun barcha resurs va eng yaxshi texnologiyalardan foydalan- gan holda ikki turdagi tovarni qanday nisbatda ishlab chiqara olishi mumkin-ligini ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘idan foydala-nishni taklif etadi. Bu qarashlarga ko‘ra, har bir mamlakat boshqa mamlakat-larga taqqoslaganda yuqori texnologiyaga ega bo‘lgan tarmoqlardagi mahsulot-larni eksport qiladi. Download 488.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling