Mavzu: "tashqi savdo siyosati"
-chizma. Eksport va subsidiyalar shakllari
Download 488.05 Kb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi (2)[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dempinga qarshi qaratilgan bojlar
- Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash
2.2.-chizma. Eksport va subsidiyalar shakllari
Eksportyor firmalarga yoki xorijiy sheriklarga past foizli kreditlar berish Reklama xarajatlarini davlat hisobidan qoplash, bozor konyukturasi haqida tekin axborot yetkazib berish Firmalarga ishlab chikarish hajmidagi eksport ulushiga muvofiq soliq imtiyozlarini berish Bevosita subsidiyalash kiradi 19 Amaliyotda eng ko‘p subsidiya oluvchi tarmoq qishloq xo‘jaligi hisoblanadi. Eksport subsidiyalarining berilishi milliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshiradi. Ammo importyor davlatlar tomonidan kiritiladigan kompensatsion import bojlari bu yutuqni yo‘qqa chiqarishi mumkin. Oqibatda eksportyor davlat budjeti yo‘qotishga uchraydi, importyor davlat budjeti esa qo‘shimcha daromad ko‘radi. Bu tadbir dempingga qarshi kurash ko‘rinishlaridan biridir. Dempinga qarshi qaratilgan bojlar jahon amaliyotida keng qo‘lla-nilib, o‘zida qo‘shimcha import bojlarini aks ettiradi. Ular odatda, jahon narxlaridan yoki import qilayotgan mamlakat ichki narxlaridan past narxlar bo‘yicha eksport qilinayotgan mahsulotlarga o‘rnatiladi. Bu bojlarni belgilash haqidagi qarorni xalqaro sud mahalliy ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar murojaatidan so‘ng chiqaradi hamda uning miqdorini va to‘lash tartibini belgilayd. Masalan, dempingga qarshi bojlar o‘z valyuta resurslarini to‘ldirish maqsadida jahon bozoriga xom ashyo resurslarini eksport qilishni ko‘paytirgan sobiq ittifoqdosh respublikalarga nisbatan faol qo‘llanil-moqda. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash Eksportga tariflar yoki eksport bojlari kiritilishining oqibati import bojlari kiritilishi oqibatining aynan aksidir. Eksport bojlari sharoitida mahsulotlar ichki narxi (Pd) uning tashqi narxidan (P w ) kam. Bunday vaziyatlarda ichki iste’mol D 0 dan D 1 gacha o‘sadi, ishlab chiqarish S 0 dan S 1 gacha, eksport esa X 0 dan X I ga kamayadi. Eksportga bojlarni joriy qilish natijasida milliy ishlab chiqaruv-chilarda (a+v+c+d) sohalarda yo‘qotishga duch bo‘ladilar. Xalqaro narxlarga nisbatan ichki narxning kamayishidan iste’molchilar «a» sohada yutuqqa erishsa, davlat esa «s» sohada daromadga ega bo‘ladi. Sof yo‘qotishlar (v +d) soxalardan iborat bo‘ladi. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash eksport kvotalarining bir turi bo‘lib, xorij mamlakatlarining ayrimlariga “ixtiyoriy” eksport miqdorlarini cheklashdan iborat. 20 Bu yerda «ixtiyoriy so‘zi» shartli xarakterga ega. Chunki, eksport qilayotgan mamlakat savdo siyosatida o‘z hamkorlari tomonidan birorta noxushlikka duch kelmasligi uchun eksport miqdorini cheklaydi. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega: 1. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash milliy iste’molchilar uchun tarif va kvotalarni belgilashga nisbatan ancha sezilarsiz. Shuning uchun iste’molchilar ularni e’tiborsiz qabul qiladilar va hukumatga norozilik bildirmaydilar. 2. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida xorij iste’molchilari ular sotib olayotgan eksport mahsulotiga yuqoriroq narx belgilashlari mumkin. Shunday qilib, xorijliklar ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoi-tida eksportyor ko‘rgan yuqotishlarni narxlarni oshirish hisobiga qoplashadi. Download 488.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling