Мavzu: Texnologiya fani darslarini kuzatish va ularni tahlil qilish mezonlari Annotatsiya
Dars tahlilining asosiy tarkibiy qismlari
Download 277.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Ln4gb5aUZ5y0RUzeP5iqw1rEqsusppLSlzzUY7Sj (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsga maqsad va vazifalarining qo‘yilishi
- Tashkiliy ishlar tahlili. Darsni uyushtirish.
- Ilmiy tahlil
- Metodik tahlil
1. Dars tahlilining asosiy tarkibiy qismlari.
O‘qituvchining darsini kuzatib, uni tahlil etishda quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq: o‘qituvchining darsga qanday tayyorgarlik ko‘rganligi? o‘qituvchida darsning o‘quv rejasi va mavzu bo‘yicha turli ishlanmalarning mavjudligi; turli didaktik tarqatma material va ko‘rgazmali qurollarning tayyorligi. O‘qituvchining darsga tayyorgarligini butun mashg‘ulot davomida kuzatish va tahlil etish lozim. 3 Kuzatilgan darsni tahlil qilish jarayonida birinchi bo‘lib darsni o‘tgan o‘qituvchi o‘zining darsiga munosabatini bildirgani ma’qul. Darsga maqsad va vazifalarining qo‘yilishi O‘qituvchi o‘tilishi lozim bo‘lgan dars mavzusiga aniq bir maqsad qo‘ydimi? Maqsadni qanchalik to‘g‘ri qo‘ydi? Maqsadning mazmun-mohiyatini ochib beruvchi ta’limiy, tarbiviy va rivojlantiruvchi vazifalar to‘g‘ri belgilandimi? Tashkiliy ishlar tahlili. Darsni uyushtirish. Mashg‘ulot o‘tkaziladigan xonaning darsga tayyorligi, o‘quvchilarning kayfiyati va sog‘ligi, o‘quv xonasi va stolining tozaligi, bo‘r va namlangan lattaning borligi, ayrim sabablarga ko‘ra darsda qatnashmayotgan o‘quvchilarning ismi va shariflari yozilgan varaqchaning o‘qituvchi stoliga, shuningdek, o‘qituvchining hozirligiga va uning tashqi qiyofasiga ham e’tibor beriladi. Ma’lumki, darsning tahlil turlari quyidagilarga bo‘linadi: Ilmiy tahlil – berilayotgan bilimlarning ilmiy-nazariy jihatini, o‘quvchi bajarayotgan mustaqil ishning maqsadga muvofiqligini aniqlash demakdir. Dars kuzatuvchi, har bir rahbar darsning ilmiy tahlilida quyidagilarga e’tibor berishi maqsadga muvofiq: 1. O‘qituvchining ilmiy jihatdan (o‘zi mutaxassis bo‘lgan fanni ilmiy asosda chuqur bilishi ) qurollanganligi. 2. Shu kungi darsga ilmiy jihatdan tayyorgarlik holati. 3. O‘z mutaxassisligiga oid eng yangi ilmiy-nazariy axborotlar bilan qurollanib borishi. 4. Dars jarayonida ilmiy qoida va ta’riflarning to‘g‘ri bayon etilishi hamda ilmiy atamalarning o‘quvchilarga singdirib borilishi. 5. Darsda ta’limning o‘ziga xos xususiyatlarining hisobga olinishi. 4 6. Darslik materiallarining qo‘shimcha adabiyot materiallari bilan boyitilishi. 7. O‘quvchi bajarayotgan laboratoriya, amaliy hamda mustaqil ishlarning ilmiy yo‘nalish bo‘yicha maqsadga muvofiqligi. 8. O‘quvchilar xulosasining ilmiy jihatdan to‘g‘ri, qisqa va mukammal bayon etilishi hamda uni o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinishi. 9. Dars davomida, yangi mavzuni bayon etish jarayonida ta’lim-tarbiya bilan bog‘lanishi. 10.O‘qituvchi va o‘quvchilar nutqining ilmiyligi. Metodik tahlil – o‘qituvchining dars jarayonida qo‘llagan usullarining maqsadga muvofiq ekanligi ta’limning turiga va o‘ziga xos xususiyatlariga qarab belgilanadi. O‘quv materiallarini o‘quvchilarga bayon qilish va tushuntirish jarayonida qo‘llanilgan usullarning shu materialga mosligi yoki mos emasligi metodik tahlil davomida aniqlanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘qituvchi darsda qo‘llagan usullarning samaradorligi, rang-barangligi, namunaviyligi uning o‘tgan, yangi mavzu materialini o‘quvchilarning qay darajada o‘zlashtirib olganliklari bilan belgilanadi. Shu boisdan har bir dars kuzatuvchi (o‘qituvchi, direktor, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, inspektor yoki metodist) dars tahlilining bu turiga alohida e’tibor bilan qarashi lozim kerak . Dars metodlarini tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir: Download 277.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling