Mavzu: texnologiya ta’limida amalga oshiriladigan sinfdan tashqari ishlarning ta’lim


Texnologiya darslarida sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni ta’lim –


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana02.05.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1422859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
EGAMOVA RAVSHANOY

Texnologiya darslarida sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni ta’lim – 
tarbiyaviy ahamiyati . 
Ta’limning shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi zamonaviy texnologiya 
ta’limida amalga oshirilayotgan jarayonda mehnat tarbiyasi, mehnatga munosabatni 
tarbiyalash maktabdagi o‘quv mashg‘ulotlari hamda sinfdan tashqari ishlarning 
o‘zagi, o‘quvchilarning hayot bilan aloqasini yanada mustahkamlashning asosiy 
yo‘llaridan biri hisoblanadi. Texnologiya darslarida o‘quvchilarni mehnatga ruhiy va 
amaliy 
tayyorlash 
sinfdan 
tashqari 
ishlarning 
asosiy 
ta’lim-tarbiyaviy 
vazifalaridandir. 
Maktabning mahalla va ota-onalar hamda turmush bilan aloqasi kundan kunga 
mustahkamlanib, rivojlanib bormoqda, sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilar 
o‘zlarining mustaqilliklari va tashabbuskorlikla-rini namoyish etadilar, ularga jamiyat 
uchun foydasi tegadigan ishlarni tashkil etish uchun mashg‘ulot rahbari albatta 
yordam berishi kerak. Texnologiya darslarida sinfdan tashqari tashkil etilgan 
mashg‘ulotlarda mehnatning go‘zalligi va quvonchini, jamoaning kuchini his 
etishlariga yordam beradigan yangi zamonaviy usul va metodlardan samarali 
foydalangan holda yoritib beriladi. 
O‘quvchilarning sinfdan tashqari ishlarini davom ettirilishi, to‘garak ishlari, 
jumladan “Mohir qo‘llar”, “Yosh naturalistlar”, “Badiiy kashtachilik to‘garaklari” 
kabi to‘garaklar keng tarqalgandir. O‘quvchilarni mehnat faoliyatiga ruhiy va amaliy 
tayyorlash o‘quvchilar ijtimoiy foydali mehnatining har xil turlarida qatnashayotgan 
vaqtlarda xilma-xil tarbiyaviy tadbirlarni qo‘llash orqali amalga oshirilishi kerak.
14
Texnologiya ta’limida o‘quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlar 
maktabning butun ta’lim-tarbiyaviy ishlarining ajralmas qismi hisoblanadi. 
Texnologiya darslarida yuqorida keltirilgan to‘garak mashg‘ulotlaridan tashqari “Biz 
kelajak bunyodkorimiz”, “O‘zimiz yasaymiz va quramiz”, “O‘yla, izla, top”, 
“Yumshoq o‘yinchoqlar”, “Sehrli qo‘llar” kabi mashg‘ulotlarning ham ahamiyati 
katta hisoblanadi. Sinfdan tashqari ishlar komil inson bo‘lishi uchun bolani har 
tomonlama rivojlantiradi va darslarda olayotgan bilimlarini mustahkamlaydi, hamda 
14
Jo‘rayev A. “Тarbiyaviy darslarni o‘tish” risolasi. Тoshkent.2011.


18 
amalda qo‘llay olishga yordam beruvchi muhim mashg‘ulot turlaridan, vositalardan 
biridir. Sinfdan tashqari ish ayni bir vaqtda o‘quvchilarning bilim doirasini, 
dunyoqarashini kengaytiradi, texnologiya ta’limida ta’lim va tarbiya bolalarda fan-
texnika, sa’natning turli sohalariga qiziqishini o‘stirish masalalarini hal etish uchun 
muhim vositadir. Texnologiya ta’limi bo‘yicha sinfdan tashqari ishlar mehnat 
darsrlarining davomidir. Sinfdan tashqari o‘quv mashg‘ulotlari o‘quvchilarni 
bilimlarga qizi qishini o‘stiradi, bilimlarni kengroq qo‘llash hamda chuqurlashtirish 
imkonini yaratadi. Chunki, amalda bajarilgan har qanday ish nazariy olgan bilimdan 
ko‘proq inson xotirasida saqlanib qoladi. Shu bilan birga sinfdan tashqari ish darsda 
berilgan materiallarni aynan takrorlamasligi kerak, u sinfdagi ishdan o‘zining o‘yin, 
qiziqarli tabiati bilan ajralib turishi lozim. Sinfdan tashqari ish o‘quvchilarga ishning 
o‘zlariga ko‘proq yoqqan, o‘zlarini ko‘proq qiziqtirgan turini tanlashlari uchun imkon 
yaratadi. 
Faqat sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilarning individual ijodiy qobiliyatlari 
yorqinroq namoyon bo‘ladi, bu yerda ular istalgan ish bilan shug‘ullanishlari, 
qo‘yilgan maqsadga erishish uchun kerak bo‘lgan vaqt va kuchini sarflashlari 
mumkin. Sinfdan tashqari ishning shakllari ko‘pdir: Ommaviy ish – kechalar, 
ertaliklar
, konkurslar, viktorinalar, ekskursiyalar, ko‘rgazmalar
15

Maktablarda boshlang‘ich sinflarda texnologiya darslarida sinfdan tashqari 
ishlarni tashkil etishda turli xil ertaliklar, fanlardan ko‘rgazmalar tayyorlashni 
uyushtirish kabi ommaviy ish turlaridan keng foydalanish samarali bo‘ladi. Ommaviy 
ishning maktablarda konkurs va viktorinalar kabi turi juda qiziqarli bo‘lib, 
o‘quvchilarni sinfdan tashqari mashg‘ulotlarga bo‘lgan munosabatini ijobiy tarafga 
o‘zgartiribgina qolmay aynan bir vaqt katta tarbiyaviy imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. 
Chunki zehnli, tez javob topa bilish, o‘z fikri, bilim va ko‘nikmalarini safarbar eta 
bilish xuddi mana shu ish turlarini talab qiladi. Maktabning sinfdan tashqari 
tarbiyaviy ishlarida ommaviy ishlar katta rol o‘ynaydi. Kechalarga, konkurslarga, 
viktorinalarga tayyorgarlik o‘quvchilarni har tomonlama harakat qilishga matnlarni 
15
Mavlonova.R, Normurodova.B, Rahmonqulova.N, “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” o'quv qo'llanma, O'zbekiston 
Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Toshkent: “Tib kitob” nashriyoti, 2010. 216 bet.


19 
yodlash,kostyumlar tayyorlash, jihozlash, bezash ishlarini amalga oshirishga majbur 
qiladi. 
Texnologiya ta’limida sinfdan tashqari ishlarni zamonaviy texnologiya 
mavzulari shunday tanlanish kerakki, u o‘quvchilarda har tomonlama qiziqish 
uyg‘otsin, ularni o‘ylashga, ixtiro qilishga majbur etsin va faqat mavjud bilim va 
ko‘nikmalar bilan cheklanib qolmay, zamonaviy yangi dasturga muvofiq 
yangiliklarni ham o‘zlashtira borsin. Ayniqsa, kechalar ikki yondosh sinflar 
qo‘shilganda juda qiziqarli va jonli o‘tadi. Kecha mavzusi asosan maqol va 
matallardan olinadi, ammo kecha mavzusi mehnat va mehnat kishilarini 
sharaflaydigan mehnatga aloqador bo‘lishi ham mumkin. Mehnatga bag‘ishlangan 
kechalarni har bir o‘quv choragi va yil oxirida o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘lar 
edi. Kechani “Maktab mehnat darslarida nimalarni o‘rganib oldingiz” mavzusi 
asosida o‘tkazish mumkin. Kechaning maqsadi mehnat darslarida olingan ko‘nikma 
va malakalarni mustahkamlash, mehnatga muhabbatni singdirishdir.
16
Texnologiya 
darslarida 
turli 
ishlarni 
bajarish, 
asboblarni 
to‘g‘ri ishlatish, darslarda 
foydalaniladigan materiallar va asboblar bo‘yicha bilimlarni tekshirishga 
bag‘ishlangan musobaqalar sinfda va sinflararo o‘tkazilishi ham o‘quvchini fanga 
bo‘lgan qizizqishini uyg‘otadi. 
Texnologiya darslarida to‘garak ishlarini asosan ko‘rgazmalar, mavzuli 
albomlar, ko‘rgazmali qurollarni tayyorlash va bajarish kabi ishlar egallaydi. 
Texnologiya darslarida bajarilgan ishlar ko‘rgazmasi, uyda mustaqil ishlagan yoki 
to‘garaklarda ishlangan ishlar ko‘rgazmasi kabilardir. Ko‘rgazmani tomoshabinlar 
qanday idrok etishlari, ko‘rgazmaning qanday tashkil etilganligi, qanday 
bezatilganligi, namunalarning joylashtirilishiga bog‘liqdir. Ko‘rgazmalar estetik didni 
tarbiyalaydi. 
To‘garak ishi – “Mohir qo‘llar”, “Qo‘g‘irchoq teatri”, “Yosh tabiatshunoslar”, 
“Quvnoq ustaxona”, “Kichkintoy ustaxonasi” to‘garaklari.Boshlang‘ich sinflardagi 
16
Mo’minova.G, Jo’rayev.A. Sinf rahbari – sinf tarbiyaviy soatlar tashkilotchisi. “O’qituvchi”. NMIU. T.. 2012 y 


20 
to‘garak ishlari o‘quvchilarda umumiy rivojlantirish, o‘zining sodda ijodiy fikrini 
amalga oshirish imkoniyatlariga ega bo‘lsin.
17
Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarni har 
tomonlama bilimlarni zamonaviy texnologiyalar yordamida rivojlantirish ayniqsa, har 
bir olingan bilimni hayotga tadbiq etishi uchun juda muhim mashg‘ulot turidir. 
“Mohir qo‘llar”, “Qo‘g‘irchoq teatri”, “Yosh konstruktorlar” “O‘zimiz yasaymiz va 
quramiz” va shu kabi to‘garaklari ayniqsa katta ahamiyatga ega. Texnologiya 
ta’limida sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘g‘il va qiz bolalar bir xil qiziqish bilan 
shug‘ullana oladilar. Har bir o‘quvchi o‘z qiziqishi, kuchi va imkoniyatlaridan kelib 
chiqqan holda yoshlariga munosib ish bilan shug‘ullana oladilar. Maktabdan va 
sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishdan oldin o‘qituvchi maktabdagi mavjud 
imkoniyatlarni hisobga olishi lozim. Mashg‘ulot uchun albatta alohida xona kerak, 
bu xona stol-stullar, ma’lum asbob-moslamalar to‘plami, tayyor ishlarni qo‘yish 
uchun shkaflar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 
Texnologiya darslarida sinfdan tashqari mashg‘ulot ish rejasini to‘garak rahbari 
sinf rahbarlari bilan hamkorlikda bir yilga tuzadilar. Rejada to‘garak qaysi ish turi 
bilan shug‘ullanishi va shu ish turlari bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilishi qayd 
etiladi. Rejadagi ishlar oddiydan murakkabga o‘tishini ta’minlash uchun murakkablik 
darajasiga ko‘ra joylashtiriladi. Rejada o‘tkaziladigan ekskursiya ham ko‘rsatiladi. 
To‘garak rejasini maktab rahbari tasdiqlaydi. To‘garak mashg‘uloti haftada bir marta 
o‘tkazilib, u 1,5 soatdan ortiq davom etmasligi kerak.
18
Texnologiya ta’limida sinfdan tashqari mashg‘ulotlar odatda yangi ish 
usullarini ko‘rsatishdan boshlanadi. Mashg‘ulotning a’zolari bu harakatni 
takrorlaydilar, asosiy ishga esa ular bu ish usullarini yaxshi egallab olganlaridan 
so‘ng kirishiladi. Mashg‘ulot a’zolarini ishlarni bajarish jarayonida materiallarga 
tartibli, tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishga, asboblar hamda ish joyini toza va 
17
Mehnat va uni o‘qitish metodikasi: Darslik / Sanaqulov.X va boshqalar– Toshkent: Tafakkur Bo‘stoni, 2015. - 224 b
18
Mavlonova, Normurodova.B, Rahmonqulova.N, “Tarbiyaviy ishlar metodikasi’ o'quv qo'llanma, O'zbekiston 
Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Toshkent: “Tib kitob” nashriyoti, 2010. 216 bet.


21 
tartibli saqlashga albatta odatlantirish zarur. Mashg‘ulotning har bir a’zosi “O‘zing 
bilim oldingmi - o‘rtog‘inga ham o‘rgat” degan qoidani doimo yodida saqlashi kerak. 
Yakka tartibdagi mashg‘ulotlarga kolleksiyalar to‘plash, texnika bilan mustaqil 
shug‘ullanish, qishloq xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ullanish kiradi.
19
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ko‘plab ijtimoiy foydali mehnatda qatnashadilar. 
O‘quvchilar ko‘p narsalarni faqat dars vaqtida bajara olmaydilar, bajara olgan 
vaqtimizda ham ulgurmaymiz. Shuning uchun sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish 
katta ahamiyatga ega. Sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilarning qiziqishlariga, 
qobiliyatlariga qarab turli xil ishlarni amalga oshirishimiz mumkin. Mashg‘ulotlarda 
bajarilgan ishlarimizning ahamiyati qandayligini tushuntirilib borilsa, yanada yaxshi 
natijalarga erishiladi. Texnologiya darsi topshiriqlarini sinfdan tashqari ishlarda 
qo‘llash o‘qituvchidan muntazam katta tayyorgarlikni talab etadi. Chunki har bitta 
mashg‘ulot ishlarini doimo nazorat qilib, unda o‘quvchilarni chuqur va mustahkam 
bilimlar bilan qurollantirib, tanlagan kasbiga qiziqtirib va o‘quv fanlarini mazmunini 
yanada mukammallashtirib o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil etishi kerak.
Texnologiya ta’limida sinfdan tashqari ishlarni samarali ravishda amalga 
oshirishda boshlang‘ich sinflarda o‘zlashtirgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini 
yanada mustahkamlaydi, dunyoqarashini shakllantiradi, ularning ijodiy qobiliyatlarini 
o‘stiradi hamda badiiy estetik didini oshirishda muhim omil bo‘lib xizma qiladi. O‘z 
vaqtida, rejali, tartibli o‘tkazilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarning qiziqish va 
havaslarini oshiradi. O‘quvchilarga boshlang‘ich sinfdanoq kelajakda to‘g‘ri kasb 
tanlashlariga ulkan zamin yaratilsa, kelajak avlodning barkamol bo‘lishida, 
jamiyatimizning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.
“Ma’lumki, fan mutaxassislari o‘rtasida fanlarining o‘ziga xos xususiyatlari, 
murakkabligi, o‘zlashtirishlik darajasi, hayotdagi o‘rni kabilar haqida turli xil fikr–
mulohazalar bahs – munozaraga aylangan jihatlar mavjud. Tashkil etiladigan fan 
haftaligi esa bu yo‘nalishga oydinlik kiritish bilan birga, sohadagi mavjud o‘ziga 
xoslikni, yangiliklarni namoyon etishga imkon yaratadi.”
20
19
Jo‘rayev A. “Тarbiyaviy darslarni o‘tish” risolasi. Тoshkent.2011
20
Quliyeva Shahnoza Halimovna. Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi// Buxoro – 2020


22 
Maktablarda mana bir necha yillardan buyon har bir o‘quv predmeti bo‘yicha 
fan oyliklari o‘tkazib kelinmoqda. Fan haftaligini o‘tkazishdan maqsad – dars va 
darsdan tashqari o‘tkaziladigan tadbirlarni ta’lim tarbiyadagi ahamiyati, o‘quvchilarni 
mazkur fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, bilim samaradorligini ko‘tarish, hozirgi 
zamon fan va texnikasi yutuqlari bilan doimo tanishtirib borish, o‘rganishga bo‘lgan 
intilishlarini o‘stirish, o‘qituvchi va o‘quvchining ijodiy hamkorligini targ‘ib etish, 
fan bo‘yicha o‘quv metodik ishlarni jonlantirish, o‘qituvchilar ijodiy faoliyatlarini 
kuchaytirish, izlanuvchan, ijodkor o‘qituvchilarni aniqlash, ularning tajribalarini 
o‘rganish va targ‘ibot qilish, ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan ilg‘or uslublarini 
takomillashtirishdan iboratdir. 
Applikatsiya tushunchasi xususiyatlari va materiallariga ko‘ra xilma-xil 
bajarilish texnikasining o‘xshashligi bilan birlashgan badiiy asarlarni yaratish 
usullarini o‘z ichiga oladi. Har bir material applikatsiyaning bajarilish texnikasiga 
jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi xususiyatlarga ega, masalan, qog‘oz, limon, daraxtlar 
po‘stloqlari fonga turli yelimlar bilan yopishtiriladi. 
21
Aplikatsiya haqiqatan ham 
juda chiroyli qo‘l mehnati bilan bir asar yaratishdir. Tabiatdagi har bir detalni o‘z 
o‘rni bor texnologiya darsida. o‘quvchilar bu tabiat hom ashyolaridan ajoyib bo‘lgan 
narsalar yaratadilar. 
Applikatsiya – badiiy asar yaratishning eng sodda va oson usulidar. Bunda 
applikatsiyadan faqat bezash maqsadlaridagina ko‘rgazmali qurollar, turli o‘yin 
uchun qo‘llanmalar, o‘yinchoqlar, bayroqchalar, bezaklar va shu kabilarni yaratishda 
keng qo‘llash imkonini beradi. Dekorativ applikatsiya – u naqsh,
gullardan tashkil 
topib
, alohida-alohida tasvirlardan tarkib topuvchi predmetli, hodisa, harakatlar 
uyg‘unligini aks ettiruvchi sujetdan iborat bo‘lishi mumkin.
22
Biz 
o‘quvchilarga texnologiya darslarida applikatsiya va dekorativ 
applikatsiyadan qachon va qanday foydalanish kerakligini to‘g‘ri yetkazishimiz 
zarurdir. O‘quvchilarga applikatsiyani yasash oson hisoblanadi. Lekin dekorativ 
21
Mehnat va uni o‘qitish metodikasi: Darslik / Sanaqulov.X va boshqalar– Toshkent: Tafakkur Bo‘stoni, 2015. - 224 b
22
Mehnat va uni o‘qitish metodikasi: Darslik / Sanaqulov.X va boshqalar– Toshkent: Tafakkur Bo‘stoni, 2015. - 224 b


23 
applikatsiya yasash birozgina istedod va mehnat yotadi. Applikatsiyani dars 
davomida ham tayyorlash mumkindir. Ammo dekorativ applikatsiya ko‘p vaqt talab 
qilgani uchun sinfdan tashqari ishlarda tayyorlansa maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Applikatsiya 2500 yil muqaddam ko‘chmanchi xalqlar orasida paydo bo‘lgan. 
Ular 
applikatsiyadan 
kiyim-bosh, 
turarjoylarini 
bezatishda 
foydalaganlar.Applikatsiya turli xalqlarda turli materiallardan tayyorlangan. Masalan, 
yoqutlar applikatsiya ishida po‘stloqdan foydalanishgan, bo‘yalgan po‘stloqdan 
qilingan applikatsiyalar bilan ular o‘tovlarini bezashgan. Xanti-mansi, evenk va 
boshqa shimoliy xalqlar applikatsiyada teri, mato, mo‘yna ishlatishgan. Komi, qozoq, 
qalmiq, osetin, buryat va boshqa xalqlar applikatsiyadan milliy kiyim, uy-ro‘zg‘or 
predmetlarini bezashda foydalanishgan. Applikatsiya ishida asosiy material 
qog‘ozdir, dazmollangan yoki kraxmallangan mato bo‘lakchalaridan ham foydalanish 
mumkin.
23
Texnologiya darslarida yuqoridagi keltirilgan materiallar bilan bir qatorda 
somon, quritilgan o‘simliklar, urug‘-danaklar, barglar va shu kabilardan ham 
foydalansa bo‘ladi. Qog‘ozning yaltiraydigan marmar, bosma gul tushirilgan-barxat, 
kumush va bronza, rasm solish va chizmachilik qog‘ozi turlari applikatsiya uchun 
yaroqli hisoblanadi. Sinfdan tashqari ishlarda applikatsiya bilan shug‘ullanish 
o‘quvchilarning garmonik rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Sinafdan tashqari 
ishlar applikatsiya ijodini rivojlantirishga katta yordam beradi. Darsda ulgurmay 
qoladi o‘quvchilar shu bois sinfdan tashqari ishlarda kuzatuvchanlik, diqqat va 
tasavvurni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, qo‘l mehnati, tasvirni his qilish, 
chamalash va rangni sezishni o‘stiradi. Rangli qog‘oz yoki boshqa materialdan tasvir 
ustidagi ish badiiy didni avj oldiradi. Har qanday applikatsiya sujetni tanlashdan 
boshlanib, undan keyin applikatsiya eskizi, qog‘oz tanlash, kerakli detallarni qirqish, 
ularni fonga qo‘yish, yelimlash va nihoyat, quritish jarayonlari bilan yakunlanadi. 
Oddiy applikatsiyalar
 
eskizsiz ham bajariladi. Applikatsiya ishlarini bajarish sinfdan 
tashqari ishlarda asosiy e’tiborni uning umumiy kompozitsiyasiga qaratilishi 
23
Mehnat va uni o‘qitish metodikasi: Darslik / Sanaqulov.X va boshqalar– Toshkent: Tafakkur Bo‘stoni, 2015. - 224 b 


24 
maqsadga muvofiqdir. Yaxshi o‘ylangan kompozitsiya, ya’ni tasvirlash lozim 
bo‘lgan narsalarni joylashtirish applikatsiya muvafaqqiyatli chiqishini ta’minlaydi. 
Eng oddiy applikatsiyalar bu geometrik figuralardan qilingan ornamental 
applikatsiyalar hisoblanadi. U boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham oson 
yasaladigan ish turi hisoblanadi. O‘quvchilarni o‘z dunyoqarashlaridan va bor 
homashyolariga qarab applikatsiya eskizini tayyorlash ham mumkin bo‘ladi. So‘ngra,
detallarni tayyorlab ma’lum tartibda joylashtiriladi va yopishtirishni qaysi detaldan 
boshlash kerakligini aniqlab aytiladi. Keyin esa tayyorlangan materiallar bir-biriga 
yopishtirib chiqiladi.
Geometrik 
shaklli 
applikatsiyalar. 
Bajarilish 
texnikasiga 
ko‘ra 
applikatsiyalarning eng oddiy turlaridan biri geometrik shaklli apilikatsiyalardir. 1-va 
3-sinf o‘quvchilari geometrik shaklli applikatsiyalar bajarishda quyidagi bilimlarni 
egallaydilar. 
1.Geometrik shakllar: kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak, aylananing 
qog‘oz bo‘lagidan va o‘lchov asboblari yordamida hosil bo‘lishi haqidagi mavjud 
bilimlarni mustahkamlaydilar. 
2. Badiiy didni o‘stiradi, rasm darslarida yo‘l-yo‘l chiziq, doira, kvadratda 
ornamentlar tuzish bo‘yicha olingan bilimlarni chuqurlashtiradilar. 
3.Ayrim predmetlarni detalma-detal tahlil qilib geometrik shakl larni to‘g‘ri 
idrok etishni o‘rganadilar. 
4.Bolalarning ko‘p, kam, uzunasiga, ko‘ndalangiga, qism va qatlam, ikki qismga 
qirqish, to‘rt qismga, teng qismlarga” kabi tushuncha lari mustahkamlanadi. 
5.Bolalar ranglar uyg‘unligini to‘g‘ri tanlashni o‘rganadilar. Ularda estetik did 
tarbiyalanadi.
24
Boshlang‘ich sinflarda texnologiya darslarida sinfdan tashqari ishlarni olib 
borishda geomterik shaklli applikatsiyalardan foydalanilsa yaxshi bo‘ladi, ham 
dekorativ-ornament, predmet, sujetli applikatsiyalarga ajratish mumkin. Doira, 
kvadrat va ovaldan ornamentlar yasash. Ornament detallari: turli o‘lchamdagi 
24
Mehnat ta’limi metodikasi (D.A.Txorjevskiy taxriri ostida). T.:O‘qituvchi,1987.-80b.


25 
kvadrat, uchburchaklar tayyorlanadi. Kvadratda naqsh diogonal bo‘yicha tuziladi – 
bunda shakllarni simmetrik joylashtirish qulay. Doirada naqsh markazdan radiuslar 
bo‘ylab tuziladi. Geometrik figuralardan predmetli applikatsiyalar. Bolalarning 
predmetlarni fazoviy idrok etishini rivojlantirish kerak. atrofimizni o‘rab turgan 
narsalar: uy, archa, daraxt, mashina, idish-tovoq, jonivorlar, gullar va shu kabilarni u 
yoki bu darajada geometrik shakllar bilan ifodalash mumkin. O‘qituvchi istalgan 
predmetni tanlashi mumkin. Uni bolalar bilan birgalikda ko‘rib, uning ayrim detallari 
qaysi geometrik shakllarga o‘xshashligi, ularni qanday o‘lchamlarda, qaysilarini 
kattaroq, qaysilarini kichikroq olish, qanday izchillikda joylashtirish kerakligini 
aniqlaydilar. Rangli qog‘ozlardan olingan doiralar va ularning qismlari bilan 
applikatsiya bo‘yicha juda ko‘p geometrik ishlarni bajarish mumkin. Doiralarning har 
birini shunday joylashtirish kerakki, natijada talab qilinadigan shakl paydo bo‘lsin. 
Geometrik figuralardan predmetli applikatsiya yasash texnologiyasi: 
•ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi; 
•ochiq rangdagi qog‘oz 
va fon tanlanadi
;
•applikatsiya mo‘ljallangan tasvir va elementlar miqdori qog‘ozni tanlashni 
belgilaydi; 
•tasvir ustida ishlanganda asosiy e’tibor tanlangan mavzuning mazmuniga, 
kerakli materiallar, ularning o‘lchamlari, ranglarini tanlashga qaratiladi; 
•tasvir hajmiga ko‘ra eng katta element asosiy mavzuga mos element bo‘lishi 
kerak; 
•tasvirlash lozim bo‘lgan materiallar yordamida figura va predmetlarning holati 
aniqlanadi; 
•tasvirlangan hodisalarning uyg‘unligiga erishiladi; 
•tasvirning barcha detallari, hatto eng kichiklari ham qog‘ozdan qirqiladi, ularni 
chizmaslik kerak; 
•tayyorlangan detallar yelimlanadigan sath, ya’ni fonga joylashtiriladi va 
o‘ylangan tasvir hosil qilinadi; 
•agarda bu tasvir ma’qul bo‘lmasa detallar boshqacha joylashtiriladi; 


26 
•detallarni yopishtirishda joyni adashtirmaslik uchun ularning o‘rnini qalam 
bilan belgilab qo‘yiladi; 
•misol tariqasida eng oddiy geometric shakl – kvadratni olib, uning almashishini 
hosil qilish uchun turli holatlarda joylashtirib ko‘ramiz; 
•ishni boshlash uchun markazni topish, simmetriya o‘qini o‘tkazish va 
elementlarni shunga ko‘ra joylashtirish lozim.
25
Bu ishlar o‘quvchilarda ijodiy va atroflicha tasavvurni, badiiy didni o‘stirishga 
yordam beradi. Bolalarda qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida qat’iyatlilik, tartiblilik 
tarbiyalanadi. Sinfdan tashqari ishlarda uyushqoqlik bilan ishlashga, ko‘rsatmalariga 
rioya qilishga, tashabbuskorlik ko‘rsatish ko‘nikmalari ham shakllanib boradi. 
Texnologiya darslarida sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilar tayyorlagan 
applikatsiyalar ona tili va matematika darslari uchun ajoyib didaktik material, 
o‘quvchilar nutqini o‘stirish vositasi bo‘lishi, ularning predmetlar shakli, rangi, 
fazoda joylashishi haqidagi tushunchalarini boyitishga katta amaliy xizmat qiladi. 
Ko‘p rangli applikatsiyalarni qirqish ancha murakkab ish bo‘lib, tasvirni 
qismlarga ajratish bilan aloqadordir Bu turdagi applikatsiyalarni bajarishda fonni 
tanlash juda muhimdir. Fon ifodalangan predmetlar rangidan ochroq bo‘lishi kerak. 
Ana shunda predmet xuddi bo‘rtib turgandek yorqin ko‘rinadi. Hammasi o‘ylagan 
asarga bog‘liq. Fonda joylashgan detallar rangi ham shunga qarab tanlanadi, 
detallarining tabiiy joylashishi va o‘lchamlarining uyg‘unligiga e’tibor berish kerak. 
Bu ishlarni bajarishning bir necha usullari mavjud: ayrim detallar oldindan 
belgilanmay qirqiladi, ayrim detallar esa belgilangan eskizlar bo‘yicha qirqiladi. Ko‘p 
rangli applikatsiyalardan biri dekorativ applikatsiyalardir. Dekorativ applikatsiya 
naqsh gullardan tashkil topib, alohida-alohida tasvirlangan hodisa harakatlar 
uyg‘unligini aks ettiruvchi manzaralardan iborat bo‘lishi mumkin. Dekorativ 
applikatsiyalarni bolalar kitob, oynoma va 
boshqa mate
rillardan olishlari, ayrim 
elementlarni qo‘lda yaratishlari mumkin. Sharq naqshi applikatsiyasining bu turi 
25
Xaydarov.M. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning mehnat tarbiyasida xalq an’analaridan foydalanish. - T., 
„Yozuvchi“, 1995.


27 
uchu boy material hisoblanadi. Dekorativ applikatsiya bir va ko‘p rangli bo‘lishi 
mumkin. 
Mavzuli ishlarni yaratish faqat mehnatni emas, balki badiiy tayyorgarlikni ham 
talab qiladi. Mehnat ta’limi darslarida applikatsiya ishlarining bajarilish texnikasi 
o‘rganiladi. Rangdor surat applikatsiya mavzusining elementlarini, o‘quvchilar turli 
bayramlarga bag‘ishlangan ishlarni (tabriknomalarni, maktub va faxriy yorliqlar 
muqovasini, yo‘l belgilarini) bajaradilar. Ish mavzu va fikr tanlashdan boshlanadi. 
Applikatsiya ishida ochiq tondagi qog‘oz fon tarzida tanlanadi. Applikatsiyaga 
qaratilgan asarning yaratilishi va elementlar miqdori qog‘ozni tanlashni belgilaydi. 
Asarni yaratish ustida ishlagan asosiy e’tibor tanlangan mavzuning mazmuniga, 
kerakli materiallar, ularning o‘lchamlari, ranglarni tanlashga qaratiladi. Asar hajmiga 
ko‘ra eng katta detal mavzuli detal bo‘lishi kerak. Sujetli applikatsiya. Sujetli 
applikatsiya asariga ko‘ra oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. 
Rassom F. P. Tolstoyni XIX asrning birinchi yarmidagisi luet yaratuvchilarning 
eng mohir ustasi deyish mumkin. Uning 50 tasi luet ishi Ermitajda saqlanmoqda. XIX 
asrda siluet san’ati G. Narbut, Y. Krutikov va ko‘pgina boshqa rassomlarning ijodida 
ham o‘z aksini topdi. Applikatsiya san’ati bilan faqat professional san’atkorlargina 
shug‘ullanib qolmay, balki xalq orasidan chiqqan mohir ustalar ham bu ish bilan 
shug‘ullangan edilar. Ukraina va Belorussiyada qog‘ozdan naqshli parda-firanklar 
qirqishgan. Qog‘ozdan kartinalar yaratib, oynalarga yopishtirilgan. Rassom Y. 
Lebedeva ham o‘z talantini qog‘ozdan applikatsiyalar qirqishga bag‘ishlagan. 
Polshada bezak sifatida qirqilgan naqshlar yangi oqlangan devor va shiplarga 
yopishtirishgan.
26
Texnologiya darslarida sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etishda ta’lim 
tarbiyaviy ahamiyatga applikatsiya ishlari ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Har 
qaysi turdagi applikatsiya ishlari doimo xotirada saqlanishi hamda majburiy qoida 
sifatida bajarilishi lozim bo‘lgan ma’lum izchillikda ado etiladigan ish hisoblanadi.
Applikatsiya ishida o‘quvchilar mashg‘ulotga oldindan tayyorgarlik ko‘rishadi: 
26
Atayeva. N.S., .RasuIova.F., Salayeva.M, Hasanov.S. Umumiy pedagogika. (Pedagogika tarixi). O‘quv qo‘llanma. I 
kitob. - T .: “Fan va texnologiya”, 2012,756 bet


28 
stolning ustiga qog‘oz yozib, o‘ng tomoniga qaychi, yelim uchun cho‘tka, chizg‘ich, 
qalam, avtoruchka, old tomonlariga yelim, qiyqimlar uchun quti, chap tomonlariga 
ish vaqtida xalaqit bermaydigan qilib rangli qog‘oz to‘plamini qo‘yadilar. Sinfdan 
tashqari ishlarda o‘quvchilar o‘zlarini erkin tutadilar, vaqt ham bemalol bo‘ladi. 
O‘quvchiga do‘stona munosabat bildirishingiz ham qulayroq bo‘ladi. Har bir 
mashg‘ulot oxirida o‘quvchilar keyingi mashg‘ulotda kerak bo‘ladigan narsalarni 
yozib oladilar. Texnalogiya darslarida o‘quvchilar ishlayotgan materiallariga 
tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishlari, o‘z ishlarini rejalashtira bilishlari, 
materialni tejamkorlik bilan sarflashlari, vaqtdan unumli foydalanishlari va ish joyini 
toza saqlashlari kerakligini doimo mashg‘ulot rahbari eslatib turishligi lozim. Har bir 
o‘quv qurollarini ishlatishda albatta, qoidalarga amal qilgan holda ishni bajarish 
kerak deb hisoblayman. 
Texnologiya darslarida sinfdan tashqari ishlarni olib borish boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarini ta’lim va tarbiyasi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Chunki, 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘ta qiziquvchan va ta’sirchan bo‘ladi. Mashg‘ulotlar 
jarayonida o‘quvchilar o‘z tasavvurlarini qo‘l mehnatlari yordamida amalga 
oshiradilar. Shuning uchun doimo qo‘lda tayyorlangan ishlar qadrlanib kelingan. 
O‘quvchilarga ham qo‘l mehnatini ahamiyatini kengroq tushuntirib borish juda 
yaxshi natijalarga erishishimizga hamda kelajak yosh avodni vatanga va mehnatga 
bo‘lgan mehr-muhabbatini oshishiga muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling