Mavzu: texnologiya ta’limida amalga oshiriladigan sinfdan tashqari ishlarning ta’lim
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
EGAMOVA RAVSHANOY
Tadqiqot obyekti va predmeti. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va boshlang‘ich
sinflarda o‘tiladigan “Texnologiya” darslari. Texnologiya darslarida sinfdan tashqari ta’lim – tarbiyaviy ishlarni olib borishda zamonaviy pedagogik texnalogiyalar va innovatsiyalardan foydalanib, o‘quvchilarni texnologiya darslariga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirshdan iborat deb belgilandi. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Ma’naviy qadriyatlar-bu falsafiy va ijtimoiy tushunchalar bo‘lib, insonni o‘rab olgan atrof-muhitni amaliy jihatdan o‘zlashtirish natijasida vujudga keladi. Ta’lim tarbiya jarayonida ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy tarixiy hodisani ifodalaydi. Umuman xulosa qilib aytganda bugungi yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashdan maqsad, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bilan birga jamiyatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy salohiyatini ko‘tarishga xizmat qiladi. 5 O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvi ta’lim va tarbiyani milliy shakllantirishga va rivojlantirishga keng yo‘l ochib berdi. Milliy tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, adabiyot, etika, estetika, pedagogika, psixologiya kabi fanlardan foydalanadi. Milliy tarbiya hayotning moxiyati ichki aloqa va munosabatlarini aks ettiradi.Bugungi kunda shunchaki bilim egasi bo‘lgan yoshlar emas, ijodkor, iste’dodi bilan ajralib turuvchi o‘quvchilarni tarbiyalash zamon talabidir. 2 Maktabda ta’lim olish davrida milliy tarbiya o‘quvchilarni turli qobilyatlarini rivojlantiradi. Tabiatga, jamiyatga qarash tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch quvvatlari yanada mustahkamlanadi. Jamiyatiga katta e’tibor bergan O‘rta Osiyolik mashhur musiqachilar orasidagi bolaning yoshi ulg‘aygan sari bu faoliyat tobora ko‘proq mustaqil xususiyatga ega bo‘lib boraveradi. Tabiat va jamiyat turmushda uchraydigan hodisa va sharoitlarni tushunishga ham idrok etib o‘z atrofidagilarga munosabatda bo‘lishiga ko‘nikib boradi. O‘quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash masalalarini muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni shakllantirish, o‘zlashtirish va bilim sifatini oshirish ko‘p jihatdan kuni uzaytirilgan guruhlarining samarali ishlashiga bog‘liqdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o‘quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatini to‘ldiradi. Ularning dunyoqarashi, to‘g‘ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko‘maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarish bilan bog‘lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko‘p qirralidir. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi: • Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish. 2 Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. // Barkamol avlod . O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: SHarq, 1997. 6 • O‘quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko‘p qirrali ishlarni o‘quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo‘lga qo‘yish. • Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo‘nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalari, sinf faollariga uslubiy yordam ko‘rsatish. • Umummaktab va maktablararo o‘tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish. • O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasa-lari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini ko‘rish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma'muriy. 3 Bular ko‘pincha o‘zaro uzviy bog‘langan holda namoyon bo‘ladi. Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator ishlarni kiritish mumkin: - Tarbiyaviy ishlar sohasida erishgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish. - Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash. - Tarbiyaviy, ommaviy, siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmunini, shakl va usullarini aniqlash. - Sinfdan, maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish, guruhlashtirish va ularning mazmunini, shakl va usullarini aniqlash, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling