Mavzu: texnologiya ta’limida amalga oshiriladigan sinfdan tashqari ishlarning ta’lim
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
EGAMOVA RAVSHANOY
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………
Magistrlik dissertatsiyasining asoslanishi va uning dolzarbligi. Mamlakatimiz istiqboli, xalqimizning ertangi kuni ko‘p jihatdan farzandlarimizning qanday ta’lim – tarbiya olishiga bog‘liq. Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishda milliy umuminsoniy qadriyatlar Respublikamizda umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyatimizni asoslarini e’tiborga olib ta’lim-tarbiya mazmunini va milliy mafkurani shakllantirib borish imkoniyatlari yaratilmoqda. Insonparvar demokratik jamiyatni qurayotgan O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan ta’lim - tarbiya ma’naviy barkamol, ruhan tetik, mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, zamon talabiga javob beradigan komil insonni shakllantirishga yo‘naltirilgan. O‘tgan davr mobaynida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilayotgan va amaliyotga joriy etilayotgan qarorlar va ularning ijrosi ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga muhim turtki bo‘lib kelmoqda. Shu o‘rinda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirish, ilm – fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda davlatimiz rahbari ta’lim sohasidagi muammolar va ularni hal etib, ta’lim sifatini oshirishga oid vazifalar muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari avvalo maktablarda o‘quv yuklamasi va darslar sonini qayta ko‘rib chiqish, o‘quvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarurligini ta’kidladi. Bu borada ta’lim tizimi rivojlangan davlatlar tajribasi misol qilib keltirildi. 3 Bundan ko‘rinadiki, Respublikamizda ta’lim - tarbiyaning mazmun va mohiyatining o‘zgarishi o‘qituvchi va o‘quvchi oldiga yangidan - yangi muammolarni ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Ta’lim jaroyonida vujudga kelgan bunday o‘zgarishlar natijasida pedagogik jarayonlarda yangi ta’lim texnologiyalarni qo‘llash samarali natijalarga erishish yo‘llarini yana jadallashtiradi. Ta’lim – tarbiya jarayonida jumladan, boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida sinfdan tashqari ta’lim – tarbiyaviy ishlarni tashkil etish o‘quvchilarda texnologiya faniga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi. Bu esa o‘z navbatida sinf dars jarayonida o‘quvchilar faoliyatini yuqori darajada bo‘lishiga imkon yaratadi. - Maktabda o‘qitish metodikasi o‘zgarmasa, ta’lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o‘zgarmaydi - dedi, Shavkat Mirziyoyev. 1 Boshlang‘ich maktabdagi har qanday dars singari, texnologiya darsi ham an’anaviy, ham noan’anaviy bo‘lishi mumkin. Oxirgi o‘n yil darslarning nostandart shakllari o‘quv jarayonida mustahkam o‘rnini egalladi. Ularning tasnifi (Malygina A.S., 1998 yil ma’lumotlariga ko‘ra) sxematik tarzda ifodalanishi mumkinligi aytiladi. Motivatsion sohani rivojlantirish samarali bo‘lishi uchun, tayyorgarlik davri shunchalik samarali o‘tkazilishi kerak. Dars o‘tkazishda o‘qituvchi o‘quvchilarning darsning asl shakliga bo‘lgan munosabatini hisobga oladi. An’anaviy bo‘lmagan dars maktab o‘quvchilarini o‘qitish va tarbiyalashni tashkil etishning shunday shakllaridan biri. O‘qitish va rivojlantirishning noan’anaviy shakllarining samaradorligi hammaga ma’lum. Bolalar o‘z xohish istaklari bilan bunday mashg‘ulotlarga jalb qilinadi, chunki ular nafaqat o‘z bilimlarini, balki zukkoliklarini, ijodkorligini ham namoyon etishlari kerak. An’anaviy bo‘lmagan darslar yordamida ta’limni farqlash, mustaqil tashkil etish muammosini hal qiladi. Texnologiya darslarini o‘tkazishning noan’anaviy shakllarini rejalashtirish va tashkil qilishda, shuningdek darslarni o‘tkazishda umumiy didaktik pinsiplarga tayanish kerak. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarning yoshi va 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni // https://lex.uz/docs/3107036. 4 tayyorgarligini, texnologiya darslariga qiziqishlarini, mavzularni hisobga olgan holda noan’anaviy darslarni o‘tkazish shakllari, usullari va vositalarini tanlashni bilish zarur. Shuni ta’kidlash kerakki, nostandart darslarni tanlashda o‘lchov zarur. Fan darsida bilim, ko‘nikma va malakalar sinovi o‘tkazilmaydi. Darsning asosiy qismi yangi materialni o‘rganishga, talaba va o‘quvchilarning mustaqil ish uslublariga bag‘ishlanadi, shundan so‘ng o‘rganish mustahkamlanadi. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”da ta’limning barcha bo‘g‘ini va turlari qatorida ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim tizimini tubdan yaxshilash, bu jarayonga innavatsion texnologiyalarni olib kirish ustuvor vazifalar sifatida belgilandi. Biz boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari yosh avlodga ta’lim - tarbiya berishda zamonaviy ilg‘or pedagogik texnologiyalarga tayangan holda o‘rgatsak, oldimizga qo‘ygan hamda yurtboshimiz istagan har tomonlama bilimli, salohiyatli o‘quvchilarni yetishtirishdek maqsadimizga erishgan bo‘lamiz. Yuqoridagilarga amal qilgan holda o‘quvchilarni har tomonlama bilimdon, mustaqil fikrlashga, vatanga va mehnatga bo‘lgan mehr - muhabbatini o‘stirishimiz kerak. Maktabda texnologiya ta’limida sinfdan tashqari ta’lim – tarbiyaviy ishlarni yangi innavatsion texnologiya va usullarda olib borish biz tanlagan mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling