Mavzu: Tijorat banklari risklari va ularni boshqarish usullari 4 (soat) reja
Bank risklarini sug‘urtalash usullari
Download 76.56 Kb.
|
Risklarni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qarzdor kreditga layokatliligini baxolash.
- Kreditlarni sug‘urtalash.
- Diskontli ssudalar berish.
Bank risklarini sug‘urtalash usullari.
Risk strategiyasini ishlab chiqishning muxim tarkibiy qismi xedjirlash ya’ni riskni kamaytirish yoki uning paydo bo‘lishini ogoxlantirish tadbirlarini ishlab chiqish xisoblanadi. Xorijiy bank amaliyotida eng keng tarqalgan, kredit riskini pasaytirishga qaratilgan tadbirlar quyidagilar xisoblanadi: Qarzdor kreditga layokatliligini baxolash. Xorij bank amaliyotida ssuda oluvchini balli baxolashga asoslangan metod juda keng tarkalgan. Bu metod mijoz reytingini aniklashni ko‘zda tutadi. Karzdorni baholash kreteriyalar xar bir bank uchun qattiq individuallashgan bo‘lib, uning amaliyotdagi mavkeidan kelib chiqadi va vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqiladi.Bir qarzdorga beriladigan kreditning xajmini kamaytirish. Bu usul qachonki, bank mijozning kreditga layokatliligiga tuliq amin bo‘lmasagina qo‘llaninadi. Kreditlarni sug‘urtalash. Kreditni sug‘urtalash uning qaytmaslik riskini tuliq sug‘urta bilan shug‘ullanuvchi tashkilot zimmasiga yuklanishini ko‘zda tutadi. Sug‘urtalash bilan bog‘liq barcha xarajatlar ssuda oluvchilar tomonidan to‘lanadi. Etarli ta’minlanishni jalb kilish.Bunday metod bankka berilgan summaning kaytishini va foiz olinishini kafolatlaydi. Kredit riskidan ximoya kilishda asosiy e’tibor zararlarni koplash uchun muljallangan etarli ta’minotni jalb kilishiga emas, balki ushbu zararlarga yo‘l kuymaslik uchun qarzdor kreditga layokatliligini taxlil kilishga qaratiladi. Chunki ssuda kredit kelishuviga muvofiq qaytarilishini xisobga olib beriladi. Diskontli ssudalar berish. Diskontli ssudalar unchalik katta bo‘lmagan darajada kredit riskini pasatirishga erdam beradi. Bunday usulda kredit berish minimum kreditga to‘lovni olishni ta’minlaydi. Agar kredit riskidan ximoyalaninning boshka metodlari qo‘llanilmasa, uning kaytishi tugrisidagi savol javobsiz kolaveradi. Yuqorida aytib o‘tilganlardan tashkari kuyidagilarga e’tibor berish ham kredit riskini kamaytirishda katta ahamiyatga molikdir.Tomonlar o‘rtasida kredit munosabatlarining samarali amalga oshirilishiga ham okilona kredit siyosati orkali erishish mumkin. Chunki kredit siesati kreditlash jaraenida yuzaga keladigan risklarni boshqarishda bank raxbariyati tomonidan kabul kilinadigan chora va uslublarni, bank kredit portfelini samarali boshqarishga doir ko‘rsatmalarni o‘zida ask ettiradi. Xar bir bank o‘zining kredit siesatini mamlakatdagi iktisodiy, siyosiy, geografik, tashkiliy va boshka bank faoliyatiga ta’sir kiluvchi omillarni xisobga olgan xolda ishlab chiqadi.Kredit siesati bank strategiyasining ajralmas qismi sifatida kredit bozorida bankning xarakat kilishidan ko‘zlangan maksadini, tamoyillarini va yunalishlarini o‘z ichiga oladi. Taktik jixatdan esa bu siyosat moliyaviy va boshka instrumentlarni, kredit bitimlarini amalga oshirishdagi bankning maksadlariga erishish yunalishlarini va koidalarini hamda kredit jarayonini tashkil kilish tartiblarini ishlab chiqishni kamrab oladi. Download 76.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling