Mavzu: Tijorat banklari risklari va ularni boshqarish usullari 4 (soat) reja


Barcha bank risklarini vujudga kelish sohasi bo’yicha 2 turga ajratish mumkin


Download 76.56 Kb.
bet10/13
Sana18.06.2023
Hajmi76.56 Kb.
#1579082
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Risklarni boshqarish

Barcha bank risklarini vujudga kelish sohasi bo’yicha 2 turga ajratish mumkin:

  1. Tashqi risklar

  2. Ichki risklar

Tashqi risklar-bu bevosita bank faoliyati va uning mijozlari bilan bog’liq bo’lmagan risklardir.Ular makromuhit darajasida yuzaga keladi. Tashqi risklar darajasiga ko’pgina faktorlar –siyosiy ,iqtisodiy,jug’rofiy, demografik va boshqalar ta’sir etadi. Ular orasida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ta’biy-iqlim risklarini alohida ko’rsatish zarur .Siyosiy risklar mamlakatdagi siyosiy vaziyat va davlatning faoliyati bilan bog’liq. U urushlar, revolutsiya, milliylashtirish, chetga to’lovlarni tahqiqlash ,qarzlarni konsolidatsiyalash, embargo joriy qilish, importga litsenziyani bekor qilish,ta’biiy ofatlar natijasida yuzaga keladigan yo’qotishlarni o’ziga jamlaydi. Tashqi risklarni o’ziga xos xususiyati shundaki ular bank faoliyati natijalariga ham bevosita, ham bilvosita ta’sir ko’rsatishi mumkin.Bu bank oldida pul majburiyatlariga ega bo’lgan xo’jalik subyektlarining ushbu riskga aloqadorligi va munosabatiga bog’liq. Iqtisodiy risklar mamlakatdagi umumiy iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqadi . Tuzilish belgilariga ko’ra iqtisodiy risklar mulkiy,tarmoq va moliyaviy risklarga bo’linadi. Mulkiy risklar o’g’irlik , diversiya ,terrorchilik harakati ekologik tanglik va boshqa sabablarga ko’ra mulkiy yo’qotish ehtimoli bilan bog’liq. Tarmoq risklari iqtisodiyot tarmoqlaridagi ahvolning o’zgaruvchanligi tufayli yuzaga keladi. Moliyaviy risklar pulning xarid quvvati o’zgarishi natijasida pul mablag’lari yo’qotish ehtimoli bilan bog’liq .Unga pulning qadrsizlanishi va deflyatsiya risklari kiradi.Tabiiy-iqlim risklari tabiiy ofat va halokatlar,zilzila,suvtoshqini,bo’ron,yong’in,epidemiya,odamlarning noo’rin faoliyati natijasida ekologik muvozanatning buzilishi va boshqalarga bog’liq. Qamrab olish ko’lamiga ko’ra tashqi risklarni xalqaro, mamlakat,hudud va mintaqa risklariga ajratib ko’rsatish mumkin.Xalqaro risk deganda global muammolar bilan bog’liq ,yer sharining ma’lum bir mintaqalarni qamrab oluvchi riskni tushunish lozim. Mamlakat riski, xalqaro bank amalyotida va bank tashkilotlari, qo’shma banklar faoliyatida pul oqimi, kredit va hisob operatsiyalari sohasida bo’lgan risklar bilan bevosita bog’liq.
Bu risklarning bo’lishi va ularning darajasi esa importyor yoki eksportyor davlatlar yoki kontragent mamlakatlardagi siyosiy, iqtisodiy barqarorligiga bog’liq. Chet-el kapitali ishtirokidagi banklar va bosh litsenziyaga ega bo’lgan bank tashkilotlari uchun shu mamlakatdagi risk darajasini baholay olish dolzarb masaladir. Bank amalyotida bank rahbariyati tomonidan chet el kontragentlarining moliyaviy barqarorligiga noto’g’ri baho berish natijasida ancha xatolarga yo’l qo’yiladi. Shuning uchun biror davlat bilan uzviy iqtisodiy aloqani o’rnatishda ayniqsa kredit va hisob kitoblar bilan bog’liq munosabatlarni olib borishda, undagi iqtisodiy-siyosiy barqarorlikni tahlil qilib risk darajasini aniqlash zarur. Mamlakat riskini konvertlangan risklar, transfert risklari yoki maratorel to’lovlari bo’yicha risklarga turkumlash mumkin. Uni hisoblashda Germaniyaning BERI firmasi tomonidan ishlab chiqiladigan BERI INDEKS dan foydalanish mumkin.Ushbu indeks ekspertchilar guruhi faoliyatining natijalari asosida keltirib chiqariladi. Ushbu ekspertchilar guruhi 1 yilda 4 marta turli davlatlarning iqtisodiy va siyosiy holatlarini tahlil qiladilar. Ular 15 ta baholovchi kriteriyalar asosida tahlil qiladilar va har bir mamlakat bo’yicha ballar yig’iladi. Qaysi mamlakatda to’plangan ballar miqdori yo’qori bo’lsa, u holda u davlatning amalakat iski arajasi past bo’ladi. Mamlakatlar riskini baholashda asosiy ko’rsatgichlar sifatida quyidagi ko’rsatgichlarni tahlil qilish lozim: iqtisodiyotning samaradorligi (bunda davlat bo’yicha yalpi milliy mahsulotning o’rtacha yillik o’sishi hisoblanadi)

Download 76.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling