Mavzu: Tijorat banklarining foiz siyosati va unga ta’sir qiluvchi omillar Reja: Kirish
Download 242 Kb.
|
Tijorat banklarining foiz siyosati va unga ta’sir qiluvchi omillar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Real foiz stavkasi = nominal foiz stavkasi – inflatsiya darajasi
Foydalanish ko’lami bo’yicha:hududiy milliy va xalqaro kredit bozorlarida qo’llaniladigan stavkalar. Bank foizidan foydalanish mexanizmi o’zida banklar amalga oshiradigan foiz stavkasi siyosatining elementlari majmuini ifodalaydi. Mexanizmning alohida elementlari quyidagilar hisoblanadi:foiz darajasini shakllantirish usullari; foiz stavkalarining differensiyalash mezonlari; Markaziy bank tomonidan foiz normasini tartibga solish metodlari; foizlar bo’yicha to’lovlarni o’tkazish va undirish tartibi; foizning qarz oluvchilar moddiy manfaatlar bilan o’zaro bog’liqligi; kredit muassasalarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirishda foizning o’rni. Kreditning nominal va real foiz stavkalari mavjud. Nominal foiz stavkasi kredit shartnomasida ko’zda tutilgan foiz stavkalari hisoblanadi. Real foiz stavkasi = nominal foiz stavkasi – inflatsiya darajasiFoiz Stavka va unga ta’sir etuvchi omillarFoiz stavkasi milliy kredit tizimidagi foiz darajasiga bog’liq holda belgilanadi. Jahon bozoridagi raqobatchilik natijasida foiz stavkalarining tez-tez o’zgarishi milliy va mintaqaviy iqtisodiyotda beqarorlik, inflatsiyaning kuchayishi, valuta kursining tebranishi kabilar bilan izohlanadi. Kreditlar bo’yicha foiz stavkalari turli omillar ta’sirida o’zgarib turadi. Ushbu omillarga: Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi; Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati; (talab oshsa, foiz ortadi, taklif oshsa u kamayadi) Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan kutiladigan naflilik darajasi (ko’proq naf keltirsa, foiz yuqori va aksincha) Qarzni to’lash muddati va sharti; (qarz uzoq muddatga berilsa va u asta-sekinlik bilan qaytarilsa qarzdor yuqori foizga rozi bo’ladi va aksincha) Inflatsiya darajasi; (bunda foiz darajasi inflatsiya darajasiga nisbatan to’g’ri mutanosiblikda o’zgaradi) Pulni qarz berishdan ko’ra boshqa yo’lda ishlatishdan tushadigan daromad; (agar aksiya bo’yicha dividend yuqori bo’lsa foiz pasayadi va aksincha) Qarz berishning xatar darajasi; (agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa foiz past, agar uni qaytishi shubxali bo’lsa, foiz yuqori bo’ladi) Xalqaro kredit aloqalarida foiz stavkasiga quyidagi omillar ta’sir qiladi: kredit manbalari; kredit qiymatini tartibga solish bo’yicha xalqaro kelishuvlar; kredit muddati; inflatsiya sur’ati; kreditning tijorat operatsiyalariga bog’liqligi; jahon va milliy bozorda ssuda kapitalining holati; kreditning ta’minoti sifati; kredit bo’yicha sug’urta qoplamasining mavjudligi; Qarz oluvchining olingan kreditdan kelishilgan muddatda foydalanish majburiyatining mavjudligi; Tijorat bitimlariga nisbatan kredit kelishuvi tuzilgan vaqt; Kredit va to’lov valutasi; Valuta kursi dinamikasi; Qarz oluvchi va kreditorning maqomi, nufuzi va moliyaviy holati; loyiha riski xarakteri; Raqobatdagi takliflarning mavjudligi va hk; Download 242 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling