Mavzu Тransport vositalari tortish sifatlarini diagnostika qilish texnik vositalari. Тdv samaradorligi va rivojlanish istiqbollari-2soat Reja
Avtotransport vositasi tortish-iqtisodiy sifatini stendsiz diagnostikalash usullari
Download 1.02 Mb.
|
Mavzu-8. АТЭваС 1 модул ИНваДА 2022 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.6 Transmissiyani diagnostikalash
8.5 Avtotransport vositasi tortish-iqtisodiy sifatini stendsiz diagnostikalash usullari
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish binolarining qimmatligi tufayli transport vositasining tortish-iqtisodiy sifatini stendsiz diagnostikalash usullari keng tarqalmoqda. Bunday diagnostikalashga quyidagilarni kiritish mumkin: a) karter moyining diagnost tahlili; b) ishlatilgan gazlar tarkibi tahlili; d) tebranishlar (akustika) parametrlari tahlili; e) ishchi hajmlar zichligi tahlili (bosimning o‘zgarishi, siyraklanish, gazlarning karterga o‘tib ketishi va h.k.). Karter moyining spektral tahlili. Karter moylari tarkibi va xususiyatlarini tahlil qilishga asoslangan diagnostika usullari agregatlar texnik holatini diagnostikalash va bashoratlash imkonini beradi. Ishlatilgan gazlar tarkibining tahlili. Benzinli motorlarning ishlatilgan (chiqindi) gazlardagi uglerod oksidi va boshqa moddalarning miqdori gaz analizatorlari yordamida o‘lchanadi. Tebranishlar (akustika) parametrlarining tahlili. Vibroakustik usullar faqat motorni diagnostikalashda emas, balki boshqa uzel va mexanizmlar, masalan, transmissiya diagnostikasida ham qo‘llanishi mumkin. Ishchi hajmlar zichligining tahlili (bosimning o‘zgarishi, siyraklanish, gazlarning karterga o‘tib ketishi va h.k.). Motorning bosh moy magistralidagi moyning bosimi tez-tez tekshirilib turilishi kerak, shuning uchun uni o‘lchashda transport vositasining asboblar taxtachasida joylashgan doimiy o‘rnatilgan vositalar – chegaraviy holat signalizatorlari va bosim ko‘rsatkichlarini qo‘llaydilar. Avtokorxona sharoitlarida silindrlar blokidagi moy bosimi datchigi o‘rniga ulanadigan namunaviy manometrlardan foydalaniladi. 8.6 Transmissiyani diagnostikalash Ekspluatatsiya sharoitlarida transmissiyani diagnostikalash uchun yo‘l sinovlari (gorizontal va bo‘ylama tezlanishlarni hamda agregatlarning boshqa tavsiflarini o‘lchab yurish ravonligiga sinashlar) o‘tkazilmaydi. Subyektiv diagnostikalash yo‘li bilan agregatlar haroratining jiddiy o‘sishi, Avtotransport vositasi erkin yurish harakati davomiyligining kamayishi, uzatmalar qutisi uzatmalarining qiyin ulanishi va o‘z-o‘zidan uzilishi, shataksirashi, ilashmaning noto‘liq yoki keskin uzilishi, ish shovqinligining o‘sishi, yurish ravonligi, boshqariluvchanlik, barqarorlikning yomonlashuvi kabi diagnostik parametrlar o‘zgarishini aniqlash mumkin. Tashqi nazorat bilan deformatsiyalar, detallarning mexanik holati, tutashmalarning jipsligi (ekspluatatsion suyuqliklarning oqishi) tekshiriladi. Transmissiyaning texnik holatini butunicha tekshirish uchun tortish stendi yordamida mexanik quvvat yo‘qotishlari, erkin yo‘l, tezlab ketish vaqti, luftlar yig‘indisi miqdorlari o‘lchanadi, shuningdek, shovqin, tebranish, ayrim uzellar ishidagi nosozliklarni ko‘rsatuvchi qizish kabi diagnostik parametrlar baholanadi. Ma’lum tirqishlar bilan ishlaydigan podshipniklar va transmissiyaning tishli g‘ildirakli mexanizmlari yuklamaning zarb bilan qo‘yilishini ko‘zda tutadi va miqdori vibroakustik diagnostika usullari bilan tahlil qilinadigan tebranishni vujudga keltiradi. Kardan valining disbalansi past chastotali vibrometr yordamida baholanadi, uni kardan vali shlitsali tutashmasi podshipnigining korpusiga mahkamlanadi. 8.7 Yurish qismini diagnostikalash Osmalarning texnik holatini diagnostikalash uchun maydonchali stendlar qo‘llaniladi, ular diagnostikalash Ob’ektiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Osmalarning texnik holati ularning tebranishi bo‘yicha test ta’sirida aniqlanadi. Osma detallarining yeyilishi boshqaruv g‘ildiraklari o‘rnatilish burchagining o‘zgarishiga olib keladi. Buning natijasida transport vositasini boshqarish qiyinlashadi, shinalarning yeyilishi jadallashadi, yonilg‘i sarfi o‘sadi. Bunday salbiy omillarni bartaraf etish uchun boshqaruv g‘ildiraklarining o‘rnatilish burchagi stendlarda tekshiriladi. Bu stendlar statik va dinamik turlarga bo‘linadi. Statik stendlar o‘z navbatida o‘iagn, elektrik va mexanik turlarga, dinamik stendlar esa rolikli va maydonchali turlarga bo‘linadi. Rama va ko‘tarib turuvchi elementlar (lonjeronlar, kuzov ustunlari)da hamda Avtotransport vositasi ko‘priklari va agregatlari mahkamlangan joylarida zanglash, buzilish, darz va deformatsiyalar tekshiriladi. Rama, ferma yoki ko‘tarib turuvchi kuzov to‘g‘ri geometrik shaklga ega bo‘lishi, ularning elementlari bir-biri bilan mustahkam birlashgan bo‘lishi lozim. O‘qlarning balkalarida darzlar va katta deformatsiyalar bo‘lmasligi, o‘q transport vositasiga yaxshi mahkamlangan bo‘lishi kerak. Burish sapfasida darzlar yoki deformatsiyalar bo‘lmasligi, shkvoren o‘q ayrisiga mahkamlangan bo‘lishi, vtulkalar va sharsimon tayanchlar yeyilmagan bo‘lishi kerak. Shkvoren birikmalaridagi radial va bo‘ylama tirqishlar, sapfani vertikal va yon yo‘nalishlarida ishorasi o‘zgaruvchan siljitib tekshiriladi. Radial tirqish indikator bilan, bo‘ylama tirqish esa shchup bilan o‘lchanadi. Tirqishlar ikki holatda: g‘ildiraklar ko‘tarib qo‘yilgan holatda va ko‘tarib qo‘yilmagan holatda o‘lchanadi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling