Mavzu Тransport vositalari tortish sifatlarini diagnostika qilish texnik vositalari. Тdv samaradorligi va rivojlanish istiqbollari-2soat Reja
Diagnostikaning rivojlanish istiqbollari
Download 1.02 Mb.
|
Mavzu-8. АТЭваС 1 модул ИНваДА 2022 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
8.11 Diagnostikaning rivojlanish istiqbollari
Diagnostikaning keyingi rivojlanishi transport vositalari konstruksiyalarining takomillashishiga, diagnostikalash tizimlarining avtomatlashtirish darajasiga va ularning ixtisoslashuviga bog‘lik. Transport vositalari diagnostikasi rivojlanishining asosiy masalalarini yechish – diagnoz qo‘yish usullari, vositalari, me’yoriy ko‘rsatkichlari va algoritmlarini ishlab chiqish, diagnostika qo‘llanishining optimal texnologik va tashkiliy tamoyillarini qabul qilish, diagnostika jarayonlarini takomillashtirish maqsadida statistik materiallar to‘plash va diagnostikalashning iqtisodiy samaradorligini oshirishga bog‘liq. Diagnostika – nazorat ishlarining yangi pog‘onasidagi takomillashgan shakli. U an’anaviy nazorat operatsiyalaridan, birinchidan, haqqoniylik (uzel, agregat, mexanizmlar texnik holatini aniq baholash) bilan, ikkinchidan, ularning samaradorlik parametrlarini aniqlash imkoni bilan (quvvat, yonilg‘i iqtisodiyoti, tormozlarning, ilashuvlarning ishchi ko‘rsatkichlari va h.k.), uchinchidan, nazorat tartibotlarini optimallash orqali transport vositalari texnik holatini tezkor boshqarish bilan farq qiladi. Diagnostikaning rivojlanishi nosozliklarni aniqlash va diagnoz qo‘yish ishlarini keng avtomatlashtirish imkonini beradi. Ilmiy-texnik taraqqiyotni va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar harakatini e’tiborga olib transport vositalaridan texnik foydalanishning bundan keyingi takomillashuvi va rivojlanishining asosiy istiqbolli yo‘nalishlar orasidan quyidagilarni ajratish mumukin: transport vositalaridan texnik foydalanish jarayonlarida mehnatni va ekologiyani muhofaza qilishga talab darajasining oshishi; transport vositalari tizimining bo‘lagi – texnik foydalanishni takomillashtirishda bundan keyin ham davlatning ishtirok etishi (rag‘batlantirish va nazorat qilish masalalarida); texnik diagnostika ahamiyatining oshib borishi, transport vositalariga bevosita o‘rnatiladigan diagnostikalash tizimlarining rivojlanishi; transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni rejalashtirish uchun ularning texnik holatini prognoz qilishda tegishli axborot tizimini yaratish. Nazorat savollari: 1. Avtotransport vositasining tortish sifati qanday usullar bilan diagnostikalanadi? 2. Tortish sifatlarini diagnostikalash stendlarining tayanch moslamalari qanday turlarga bo‘linadi? 3. Yuklama beruvchi moslamalarning ishlash prinsipi qanday? 4. Qanday agregat va tizimlarni texnik holati “kompyuterli diagnostika” yordamida aniqlanadi? 5. Texnik diagnostikalash samaradorligi qanday aniqlanadi? 6. Diagnostikalashni qo‘llaganda texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlashga ketadigan sarf-xarajatlar qanday o‘zgaradi? 7. Diagnostikaning rivojlanishi istiqbollari kelajakda qanday o‘zgaradi? Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling