Tortish-iqtisodiy parametrlar:
Nk – yetakchi g‘ildiraklardagi quvvat va uning hosilalari;
Pk – tortish kuchi;
Va – harakat tezligi;
Pf – harakatga ko‘rsatiladigan qarshilik kuchi;
Sv – erkin yo‘l;
Sr – tezlab ketish yo‘li;
Tr – tezlab ketish vaqti;
Jr – tezlanish;
Q – xarakterli tezlik va yuklama rejimlarida yonilg‘ining solishtirma sarfi;
СO – ishlatilgan gazlarning zaharliligi;
A – shovqin miqdori.
B. Yurish xususiyati diagnostic parametri:
Pb – yetaklanuvchi g‘ildiraklardagi yon kuchlar.
Parametrlar ikki guruhga bo‘linadi: birinchi guruh parametrlari (Pk, Va, tr, Sr, Q va h.k.) umumiy diagnostika parametrlari hisoblanadi; ikkinchi guruh parametrlari esa elementlar bo‘yicha o‘tkaziladigan diagnostikaga mo‘ljallangan bo‘lib, transport vositasining quvvati va yonilg‘i iqtisodiyoti ko‘p jihatdan ularga bog‘liq. Bu guruh tarkibiga dvigatel kirish traktidagi havoning siyraklanishi – DP, transmissiya mexanizmlarining qarshiligi – Mt yoki erkin yo‘l – Sv, СO miqdori, tirsakli valning salt yurishlardagi bir maromda aylanishi, o‘t oldirishning o‘rnatilish burchagi, o‘t oldirish tizimi I va II zanjirlaridagi kuchlanish parametrlari (dizellar uchun – bosim va dvigatel silindrlariga yonilg‘i yetkazib berish parametrlari) va h. k. lar kiradi.
Birinchi guruh parametrlari asosan chopish barabanlari va yuklama moslamalar bilan jihozlangan dinamometrik stendlar yordamida, ikkinchi guruh parametrlari esa ko‘chma asboblar yordamida aniqlanadi.
8.3 Tortish sifatlarini diagnostikalash stendlarining tasnifi
Dinamometrik stendlar transport vositalarining xarakterli tezlik va yuklama rejimlarini taqlid (imitatsiya) qiladi, asosiy parametrlarni o‘lchaydi hamda agregat va tizimlarning texnik holatini aniqlaydi.
Yuklash usuli bo‘yicha stendlar ikkiga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |