Mavzu Тransport vositalari tortish sifatlarini diagnostika qilish texnik vositalari. Тdv samaradorligi va rivojlanish istiqbollari-2soat Reja


Kompyuterli diagnostikalash: dvigatellar; elektr jihozlari; boshqarish g‘ildiraklarini o‘rnatish burchaklari va boshqalar


Download 1.02 Mb.
bet5/7
Sana22.04.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1381512
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu-8. АТЭваС 1 модул ИНваДА 2022 2023

8.8 Kompyuterli diagnostikalash: dvigatellar; elektr jihozlari; boshqarish g‘ildiraklarini o‘rnatish burchaklari va boshqalar
Hozirgi vaqtda transport vositalari agregat va tizimlari bo‘yicha nosozliklarni aniqlashda “kompyuterli diagnostika” keng qo‘llanilmoqda (8.6-rasm). Kompyuterli diagnostika zamonoviy transport vositalarini elektron boshqaruv tizim bilan jihozlangan agregat va tizimlarini ishlash qobiliyatini yuqori aniqlikda baholaydi.
Kompyuterli diagnostikalash bo‘yicha zamonoviy transport vositalarining quyidagi agregat va tizimlarining texnik holati aniqlanadi:

  • dvigatel tizimlari;

  • elektr va diagnost jihozlar;

  • avtomatik uzatma qutisi;

  • boshqaruv g‘ildiraklarini o‘rnatish burchaklari va boshqalar.

Hozirgi davrda universal asboblar (motor va dizel testerlar, avtotesterlar) keng qo‘llanadi. Ular yordamida motorning juda ko‘p diagnostik parametrlarini o‘lchash mumkin.





Universal vositalar har xil kombinatsiyalarda asboblar to‘plamiga ega bo‘lishi mumkin, qoida tariqasida bular – diagnosti, taxometr, vakuummetr, gaz analizatori, tutun o‘lchagich, o‘t oldirishni ilgarilatish va uzgich kontaktlari yopiq holati burchaklarini o‘lchash uchun asbob, o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini aniqlash uchun stroboskop.
Motor-tester, ossillograf yordamida, etalon ossillogrammalarga taqqoslash usuli bilan o‘zgaruvchan tok generatori ishidagi nuqsonlarni, kondensator, o‘t oldirish g‘altagi birlamchi o‘ramining holatini, uzgich kontaktlaridagi tirqish, o‘t oldirish chaqmog‘idagi teshib o‘tuvchi kuchlanish va o‘t oldirish g‘altagining ish qobiliyatini aniqlash imkonini beradi. Uning komplektida bo‘lgan diagnosti ishga tushirish tizimi va rele – regulatorning ish qobiliyatiga baho beradi. Stroboskop – lampa yordamida o‘t oldirishni ilgarilatishning dastlabki burchagi, markazdan qochma va o‘iagno regulatorlar xarakteristikalari o‘lchanadi. Vakuummetr va taxometr tekshiruvlarining test tartibotlarini yaratish va saqlab turish, har bir silindrda o‘t oldirishni navbatma-navbat o‘chirish yo‘li bilan silindrlar ishi samaradorligini baholash imkonini beradi.
Motor diagnos kompyuterli avtomobilning boshqa tizimlarini diagnostikadan o‘tkazish uchun skanerlardan keng foydalanilmoqda. Agregatlarning texnik holati to‘g‘risidagi axborotni «o‘qish» uchun skaner bort kompyuteriga ulanadi. Hozirgi zamon skanerlari transmissiya, yurish qismi, tormoz tizimlari va boshqalarni diagnostikalashi mumkin.
Hozirgi vaqtda ikkinchi avlod universal vositalari – diagnostik komplekslar keng qo‘llanilmoqda. Ular skanerlar, diagnostikalash universal vositalari va kompyuterlarning imkoniyatlarini birlashtiradi. Bunday komplekslarda mikroprotsessor texnikasidan foydalanish orqali diagnostikalash jarayonlari to‘liq avtomatlashtirilgan.



Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling