Mavzu Тransport vositalari tortish sifatlarini diagnostika qilish texnik vositalari. Тdv samaradorligi va rivojlanish istiqbollari-2soat Reja
Download 1.02 Mb.
|
Mavzu-8. АТЭваС 1 модул ИНваДА 2022 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.4 Diagnostikalash stendida Avtotransport vositasi g’ildiragiga ta’sir etuvchi kuch
- kuch stendlari: ular yuklama moslamasi bilan jihozlangan va doimiy test rejimida ishlashga mo‘ljallangan.
- inersiya stendlari: ular maxovik massalari bilan jihozlangan va tezlab ketish test rejimida ishlashga mo‘ljallangan. Kuch stendlarida g‘ildiraklardagi tortish kuchi, ularning aylanish tezligi, transmissiya qarshiligi va yonilg‘i sarfini to‘g‘ri uzatmada, berilgan barqaror yuklama va tezlik rejimlarida, maksimal buralish momenti va dvigatelning maksimal quvvati rejimlarida o‘lchanadi (8.4-rasm). Inersiya stendlarida quvvat to‘g‘ri uzatmada, drosselning to‘liq ochilgan holatida, Avtotransport vositasi g‘ildiraklarining burchak tezlanishi hamda tezlab ketish vaqtini o‘lchagan holda aniqlanadi. Stendlar asosan transport vositasining bitta yetakchi ko‘prigiga moslab chiqariladi, konstruksiyasida ikkita yetakchi ko‘prigi bo‘lgan transport vositalari uchun stend yuklama moslamasi bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha barabanlar bilan jihozlanadi. Ular tayanch barabanlari bo‘lib xizmat qiladi. 8.4 Diagnostikalash stendida Avtotransport vositasi g’ildiragiga ta’sir etuvchi kuch Stendlardagi chopish barabanlari yo‘lni taqlid (imitatsiya) qiladi. Barabanlar yakka va qo‘shaloq bo‘lishi mumkin. Avtokorxonalarda asosan bitta yetakchi ko‘prikka mo‘ljallangan qo‘shaloq barabanlar ishlatiladi. Tayanch-yuritma moslamalari bir barabanli, ayrim yasalgan–har bir g‘ildirakka ikkitadan, bir butun qilinib yasalgan–ikkala g‘ildirakka ikkita baraban hamda uch yoki to‘rt barabanli bo‘lishi mumkin. Stendning bitta chopish barabani yuklama moslamasi bilan, ikkinchisi–Avtotransport vositasi “harakati” tezligini o‘lchash moslamasi bilan jihozlangan. Yuklama moslamasi Avtotransport vositasi ishi rejimlarini barabanlarni tormozlab taqlid (imitatsiya) qiladi. Yuklama moslamalari sifatida gidravlik, mexanik va elektr tormozlar ishlatiladi. Inertsion stendlarda tormozlaydigan yuklama moslamalar yo‘q. Ularning vazifasini barabanlar va ularga birlashtirilgan maxoviklarning inersiya massalari bajaradi. Diagnostikalash stendida Avtotransport vositasi g‘ildiragiga ta’sir etuvchi kuchning yo‘nalishi 14.5-rasmda keltirilgan. Stendning ayrim o‘lchamlari quyidagi ifodalar bo‘yicha topiladi:
bu yerda: rb – baraban radiusi, m; rg‘ – g‘ildirak radiusi, m; lo – barabanlar o‘qlari orasidagi masofa, m; sina – g‘ildirakning barabandan chiqib ketmaslik sharti koeffitsienti. Dinamometrik stendlar transport vositalarining xarakterli tezlik va yuklama rejimlarini taqlid (imitatsiya) qiladi, asosiy parametrlarni o’lchaydi hamda agregat va tizimlarning texnik holatini aniqlaydi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling