Mavzu: tuproq tuzilishini aniqlash


Download 95.91 Kb.
bet4/26
Sana10.02.2023
Hajmi95.91 Kb.
#1187405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
AMALIY MASHG kxa

Ish haqida hisobotda ishning maqsadi,vazifasi yoritiladi va begona o’tlarni aniqlash bo’yicha tajriba natijalari asosida jadval to’ldiriladi.


AMALIY MASHG’ULOT №4


MAVZU: MINERAL O’G’ITLARNI ODDIY YO’L BILAN ANIQLASH VA O’G’ITLASH ME’YORINI HISOBLASH
Ishdan maqsad: mineral o’g’itlarni oddiy yo’l bilan aniqlash va o’g’itlash normasini hisoblashni o’rganish .
Kerakli jihozlar: ammiakli slitra, amoniy sulfat karbamit, superfosfat, prisipitat, kaliy xlorit, kaliy sulfat, kaliy tuzi,ammofos, diammofos kabi o’g’itlar, ximiyaviy stakanlar, shtativlar, probirkalar, suv, pistako’mir, spirt lampasi.
Umumiy ma’lumotlar: tarkibida o’simliklar hayoti uchun zarur bo’lgan oziq elementlari saqlaydigan tuproq xossalarini yaxshilash xususiyatiga ega bo’lgan moddalarga mineral o’g`itlar deyiladi. O’g’itlar asosan to’rt guruhga mineral,organik,mikro va bakterial o’g’itlarga bo’linadi.Mineral o’g’itlar o’simliklar tomonidan o’zlashtirilishi mumkin bo’lgan tuzlar holida ishlab chqarilib,ular oddiy va murakkab mineral o’g’itlarga bo’linadi.Oddiy o’g’itlar deb tarkibida o’simliklar uchun zarur bo’lgan bir xil oziq moddali mineral o’g’itlarga aytiladi,ularga azotli,fosforli va kaliyli o’g’itlar kiradi. Murakkab o’g’itlar tarkibida esa ikki va undan ortiq elementlar bo’lishi mumkin.
Ishni bajarish tartibi: Stol uctidagi qog`ozga ammiakli selitra, ammonniy sul’fat, superfosfot, presipitat,kaliy xilorid,kaliy sul’fat, kaliy tuz,ammofos, diammofos qo’yilgan,shu tuzlarning rangini kristall yoki kukun holida ekanligini sinchiklab tekshiring va natijalarini daftaringizga yozib qo’ying.
2.Hamma mineral o’g’itlardan teng miqdorda olib probkalarga (1/8 qismigacha) soling, ustiga barobar miqdorda suv qo’ying va yaxshilab chayqating, qaysi biri suvda yaxshi yoki yomon erishini aniqlang, natijasini jadval tartibida yozing.


MINERAL O’G’ITLARNING AYRIM XUSUSIYATLARI

T/R

O’g’itlar

Tashqi ko’rinish

Rangi holati

Suvda erishi

1
2.
3.
4
5.
6.
7.
8.
9.
10.

Ammoniy sul’fat
Ammiak selitra
Karbamid
Kali tuzi
Kali xilor
Kaliy sul’fat
Superfosfat
Presipitat
Ammofos
Diammofos










3. Mineral o’g’itlarning holati, rangi, hidini aniqlagansiz Azotli, fosfirli, kaliyli, o’g’itlarni probirkaga bir oz siv qo’yib, 1-2 minut chayqating va suvda erishiga qarab guruhlarga ajrating. Suvda yaxshi eriganlari azotli va kaliyli o’g’itlar bo’ladi. Suvda yaxshi erigan eritmaning har bir choy qoshiqdan birinchisiga 8-10 li ishqor (NaOH yoki KOH), ikkinchisiga 2,5 % li bariy xlorid eritmasi, uchunchisiga esa 1-2% li kumush nitrat eritmasidan qo’yib chayqating va bir oz spirt lampasida qizdiring. Agar o’g’itdan ammiak hidi chiqsa (ammiak ho’l lakmusda ko’k tusda bo’ladi) ammiakli selitra yoki amminiy sul’fat bo’ladi.Bularni bir-biridan ajratish uchun boshqa eritmalar qushilgan ikkita eritmadan foydalanasiz. Bariy xlorid eritmasi qushilganda chukmaga tushmaydigan va nitrat eritmasida loyqa hosil qilmaydigan o’g’it ammiakli selitra bo’ladi.Agar bariy xlorid qushilgan eritmada cho’kma sirka kislotasida eritmasa tarkibida sul’fat o’g’iti ekanligini tasdiqlaydi. Kaliyli o’g’itlarga bariy xloridi eritmasi qo’shilganda sirka kislotasiga erimaydigan cho’kma hosil bo’lsa, u kaliy sul’fat o’g’it, kumush nitrat eritmasida loyqa hosil bo’lsa kaliyning xlorli tuzi ekanligini ko’rsatadi.
Fosforli o’g’itlar suvda yaxshi erimaydi, ularni aniqlashda jadvaldan foydalaning.

Download 95.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling