Mavzu: tuproq tuzilishini aniqlash


Download 95.91 Kb.
bet8/26
Sana10.02.2023
Hajmi95.91 Kb.
#1187405
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
AMALIY MASHG kxa

Ish yuzasidan hisobotda ishning maqsadi, vazifasi urug’ning tozaligi, 1000 dona urug’ning og’irligi, o’nuvchanligi unib chiqish energiyasi, xo`jalik jihatdan yaroqlilik ko’rsatgichlarini aniqlash bo’yicha o’tkazilgan tajriba natijalari yoritiladi.


AMALIY MASHG’ULOT №6
MAVZU: DON EKINLARINING TUZILISHI BILAN TANISHISH
Ishdan maqsad: Turli xildagi don ekinlari va ularning donlarini tuzilishi bilan tanishish.
Kerakli jihozlar: bug’doy, sholi, makkajo’xori, arpa va tariqning gerbariylari hamda donlari, lupa.
Umumiy ma’lumot: Don ekinlari ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga – bug’doy, arpa, javdar kiradi. Bu guruhga kiradigan ekinlarning barchasi sovuqqa chidamli uzun kunli. Ikkinchi guruhga - tariq, sholi, makkjo’xori va oqjo’xori kiradi. Bularning barchasi bahorda ekiladi. Issiqqa talabchan qisqa kunli.
Don ekinlariga bug’doy, arpa, suli makkajo’xori va sholi kabi ekinlar kirib ularning ildizi popik ildizli bo’ladi. Poyasi poxolpoya, silindirsimon, kovak yoki g’ovak bo’lib bir necha bo’g’imlari bor.
Barglari barg qini, lentasimon barg plastinkasi, quloqcha va tilchadan iborat.
To’pguli boshoqcha (bug’doy) va ro’vak (sholi), makkajo’xorida poyaning uchui qismida erkak gullar ro’vakda, barg qo’ltig’idan chiqqan so’tada urg’ochi gullar joylashgan.
Boshoqchasi boshoqlilarda o’zak bo’g’imlariga, ro’vaklilarda shoxchalarning uchlariga joylashgan. Boshoqchasida ikkit boshoqcha qobig’i, bittadan beshtagacha gul bo’ladi.
Gulida ikkita gul qobig’i, uchta changchi (sholida 6 ta), ikkita patsimon tumshuqchali urug’chisi bo’ladi. Mevasi don deyiladi.
Don ekinlarni donining tuzilishiga qarab aniqlashda ularning qorin qismidagi ariqchasining mavjudligiga qarab ikki guruhga ajratiladi.
Ishni bajarish tartibi:

  • bug’doyning tuzilishini aniqlang;

  • arpaning tuzilishini aniqlang;

  • sholini tuzilishini aniqlang;

  • makkajo’xorini tuzilishini aniqlang;

  • jo’xorini tuzilishini aniqlang.

Don ekinlari donining o’ziga xos belgilari asosida quyidagi jadvalni to’ldiring.

Ekinlar

Qobiqliligi

Shakli

Donning sorti

Rangi

Uch qismida tukchalarning borligi.



















Ish yuzasidan hisobotda ishning maqsadi, vazifasi, don ekinlari haqida qisqacha ma’lumotlar beriladi. Har bir tur don ekinining tuzilishi haqidagi ma’lumotlar ham keltiriladi.
AMALIY MASHG’ULOT №7


Download 95.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling