Mavzu: tuproq tuzilishini aniqlash


Download 95.91 Kb.
bet6/26
Sana10.02.2023
Hajmi95.91 Kb.
#1187405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
AMALIY MASHG kxa

Ish yuzasidan hisobotdan ishning maqsadi, vazifasi yoziladi, mineral o’g’itdagi suv va eritmalar ta’sirida yuz beradigan jarayonlar yoritiladi hamda jadval to’ldiriladi, o’g’itlash me’yoei bo’yicha o’tkaziladigan hisoblash natijalari keltiriladi.


AMALIY MASHG’ULOT №5
MAVZU: Urug’larning sifat belgilarini aniqlash
Ishdan maqsad: urug’larning tozaligi, yirikligi, unuvchanligi, o’nish tezligi va xo’jalik jihatidan yaroqliligi kabi sifatlarni aniqlash.
Kerakli jihozlar: Texnik tarozi, tozalash taxtasi (30 X 30smli faner ), urug’ni ajratish uchun yassi qalamcha va urug’ namunalari, tagi tekis shisha yoki chinni idishlar, pinset, filtr qog’ozi yoki toza yuvilgan qum.
Umumiy ma’lumot: Urug’ning tozaligi deb, ekilgan urug’ning shu navga xos bo’lmagan urug’lardan, shuningdek, har xil aralashmalardan qanchalik tozaligiga aytiladi va u foizda ifodalanadi. Urug’ning tozaligi 96-98% dan kam bo’lmasligi kerak.
Ekiladigan urug’lar to’q , yirik va solishtirma og’irligi yuqori bo’lishi kerak. Bunday urug’larda murtakning rivojlanishi uchun zarur miqdorda oziq moddalar bo’ladi. Zero bunday urug’lardan unib chiqqan maysalar dastlabki davrlarda yaxshi avj oladi, baquvvat bo’lib o’sadi va mo’l hosil beradi. Urug’ning yirikligi 1000 donasining og’irligiga qarab belgilanadi.
Urug’ning ma’lum muddatta va sharoitda normal unib chiqa olish xususiyati uning o’nuvchanligi deyiladi, u foizda ifodalanadi. O’nuvchanligi davlat sitandartlariga ko’ra, 3 ta sinfga bo’linadi: 1-sinf don ekinlari urug’ining unuvchanligi kamida 95%, 2-sinf 90% va 3-sinf urug’lar esa kamida 85-90% bo’lishi kerak.
Urug’ning unub chiqish energiyasi deganda, uning unush tezligi tushuniladi. Urug’ qancha tez unib chiqsa shuncha sifatli hisoblanadi. Unush energiyasi urug’ ekilgandan keyingi dastlabki 3-4 kun davomida aniqlanadi va foizda hisoblanadi.
Toza va unuvchan urug’ning og’irlik foizi uning xo’jalik jihatdan yaroqliligi deb ataladi u quyidagi formula bilan aniqlanadi:

Bunda x-urug’ning xo’jalik jihatidan yaroqliligi, %: A-tozaligi: B-unuvchanligi: 100-turg’un son.

Download 95.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling