Mavzu: Turistlar xavfsizligini ta’minlashning xususiyatlari. Reja
Download 62.68 Kb.
|
Mavzu Turistlar xavfsizligini taâminlashning xususiyatlari. Rej-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsiy xavfsizlik va xavfsizlik buyumlari
Biologik omillar
Yuqumli kasalliklar va ovqatdan zaharlanish — juda xavfli hisoblanadi. Tropik iqlim mintaqasida joylashgan mamlakatlarda tarqalgan yuqumli kasallik- larga qarshi boshqa iqlim mintaqasidan kelgan turistlaming bu yerda tarqalgan xavfli yuqumli kasalliklarga qarshi immuniteti yetarli bo’lmaydi. Sariq kasal, bez- gak, tifva boshqa kasalliklarni yuqtirib olish xavfi vujudga keladi. Buning oldini olish uchun har xil profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi, turistlarni emlash va maxsus shifokor ruxsatnomasini olishi zarur bo’ladi. Bunday ruxsatnomasiz mamlakatga kiritilmaydi (ba’zi hollarda ularga aviachipta ham sotilmaydi). Bunday talablar ko‘proq Afrika, Janubiy Amerika va Janubiy Osiyo mamlakatlariga borilganda juda muhim hisoblanadi. Shuni ta ’kidlab o ‘tish Iozimki, yuqumli hududlar xarita- sida, sariq kasalligini yuqtirib olish xavfi bor davlatlar jumlasiga Gretsiya kiritil- gan, xolera kasalligi bor hududlarga Povolje va Odessa hududi kiritilgan. Turist- larga umumiy ovqatlanish muassasalaridan tashqaridagi oziq-ovqat, mahalliy savdo shoxobchalaridan sotib olingan, ishlov berilmagan, xom mahsulotlarni va ayniqsa ko‘chada sotiladigan oziq-ovqat mahsulotlarini yeyish tavsiya etilmaydi. Ovqatdan zaharlanish oqibati — odatda juda ham og‘ir bo‘ladi. Hasharotlaming, xatarli hayvonlaming chaqishi — xavfni yuzaga keltiradi. Bu xavf aholi yashash joyidan tashqariga — changalzorlar, o‘rmonlarga uyushtirilgan ekskursiyalarga borilganda yanada yomon oqibatlarga olib keladi. Ob-havosi issiq mamlakatlarda suv havzalarida cho‘milish mumkin emas, plyajda xatarli infeksiyani yuqtirib olish mumkin. Shaxsiy xavfsizlik va xavfsizlik buyumlari Turistlarga o‘g‘rilarning tajovuz qilish hollari tez-tez uchrab turadi. Ular firibgar- larning, ko‘cha va cho‘ntak o ‘g‘rilarining diqqat markazida bo’lishadi. Shuning- dek, turistlar terroristlar uchun qulay hujum qilish obyektlari hisoblanadilar. Rio-de-Janeyro (Braziliya)da politsiya vakillari turistlarga ularning vazifalari ro‘yxatini taqdim etadi. Bu ro‘yxatda: turistlarga yolg‘iz sayr etish, qo‘riqlanayot- gan plyaj va hududlardan ikki kvartal uzoqqa ketish, taqinchoqlar taqish (uzuklar, ziraklar, zanjirlar), ko‘p pul olib yurish, pulni mehmonxona xonasida qoldirish, sumkalarni yerga qo‘yish, fotoapparat va videokameralarni stolga qo‘yish tavsiya etilmaydi. 1998-yili rus turistlaridan eng zamonaviy shovqinli plyajda o‘g‘rilar 400 AQSH dollarini olib qo‘yishgan. Boshqa bir holatni oladigan bo‘lsak, mehmon- xonaga kirayotgan turistning qo'lidan videokamerasini bir o‘g‘ri olib qo‘yadi, turist qarshilik ko‘rsatganida, uni pistolotda otib qo‘yadi va ko‘zdan g‘oyib bo’ladi. Ispaniyada turistlar mavsumi kelganda, o‘g‘rilar turistlami talashadi. Turistlar O’rta Yer dengizi atrofida joylashgan kurortlaiga borishganda, ular kredit karta yoki yo‘l chiptalaridan foydalanishmaydi, balki o‘zlari bilan katta miqdorda naqd pul olib borishadi. Shuning uchun ham bu yerda mehmonxonalami tunash keng yoyilgan. Rossiyada ham bunday ishlar bo’lib turadi. Hatto shaharlarning markazlarida ham turistlar to‘la xavfsizlikda bo‘lmaydi. Butunjahon yo‘l ko‘rsatgichi (WORD TRAVEL GUIDE 96-97 COLUMBUS PRESS LONDON nashriyoti)da quyidagicha yozilgan: Moskva va Sankt- Peterburgning markaziy ko‘chalarida yosh o‘smirlar guruhi turistlaming pulini va fotoapparitini olib qo‘yishadi, poyezdlarda yukni o‘rindiq tagiga yashirish tavsiya etiladi, aks holda ular yuklarini o‘g‘irlatib qo‘yishlari mumkin. 1998-yil Sankt- Peterburg — Tallin yo‘nalishidagi poyezdda kechqurun yopilgan kupeda yuqori sifatli fmcha diplomat o‘g‘irlanadi. Chexiya rus turistlarining talanishi haqida ommaviy axborot vositasidan foydalanadi. Terroristlar o‘z!arining harakatlari uchun turistlar guruhini, alohida turistlami va transport vositalari (samolyot, avtobus)ni tanlashadi. Rossiyada 1996-yili koreys turistlaridan iborat avtobus Moskva Kreml devori yonida terroristlar tomonidan qo’lga olinadi va butun dunyo 9 soat davomida garovga olinganlarni qutqarish uchun qilingan mardlarcha hara- katlar haqida reportajlami televizorda kuzatishgan. Yaxshiyamki, hamma garovga olinganlar qutqariladi. Har bir turistga qo‘riqchi yollab bo’lmaydi, lekin xavf haqida ogohlantirish, jamoat joylarida o ‘zini tutish qoidalari, transport vositalarida pasport, pullar va qimmatli narsalarni saqlash qoidalari, xatar yuz bergan hollarda qilinadigan sug‘urta xizmatlarining mavjudligi ko‘pgina ko‘ngilbuzarliklarning oldini oladi. Download 62.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling