Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar


Download 0.77 Mb.
bet69/78
Sana13.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1352419
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   78
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)

Nazorat uchun savollar:

  1. 50–80-yillarda xalq ta’limi sohasida qanday islohotlar o‘tkazildi?

  2. Ta’lim islohotlarining natijalari qanday bo‘ldi?

  3. 50–80-yillarda qanday o‘quv yurtlari ochildi?

  4. Mutaxassis kadrlar sifati nima sababdan past edi?

  5. 50–80-yillarda ijod qilgan olimlardan kimlarni bilasiz?

  6. 50–80-yillarda ijod etgan yozuvchilarni, ularning asarlarini bilasizmi?

  7. Teatrlarda kimlarning qaysi asarlari sahnalashtirilgan?

  8. Qanday kinofilmlar yaratilgan?

  9. Sharof Rashidov hayoti va faoliyati haqida nimalarni bilasiz?

Mavzu: “Qayta qurish” siyosati va uning barbod bo‘lishi.
O`zbekistonnning davlat mustaqilligini qo‘lga
kiritish tomon yo‘l tutishi.
Reja:
1) “Qayta qurish” siyosati va uning barbod bo‘lishi.
2) O`zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti.
3) O`zbekistonning davlat mustaqilligini qo‘lga kiritish tomon yo‘l tutishi.
Adabiyotlar:

  1. «O`zbekistonning yangi tarixi”, 2-kitob, T.”Sharq”. 2000, 624-659 betlar.

  2. Usmonov Q, Sodiqov M «O`zbekiston tarixi” (1917–1991-yy.). T.”Sharq”2003, 230-246 betlar.

1-masala:
XX-asrning 70–80-yillarida SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish sur’ati tobora pasayib, sarf-xarajatlar ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan va qabul qilingan ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa sohalardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqurlashturib yubordi.
Iqtisodiyot ekstensiv yo‘lda tobora ko‘p qo‘shimcha mehnat va moddiy resurslarni ishlab chiqarishga jalb etish yo‘lida depsinayotgan edi. Mamlakat katta tabiiy resurslarga ega bo‘lsada, xo‘jaliklar uning yetishmovchiligiga duch keldi. Ko‘pgina mamlakatlar fan-texnika inqilobi tufayli xalq turmushida jiddiy ijobiy burilishlarga erishgan bir paytda SSSR bu jarayondan chetda, orqada qolib ketdi. Ishlab chiqarish texnologiyasi eskirgan, mahsulotlarning sifati past, ular sotilmasdan omborlarda to‘planib qolayotgan edi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi, iqtisodiyotda partiyaviy rahbarlik va uning mafkuralashtirilishi iqtisodiyotni isloh qilish yo‘lidagi urinishlarni yo‘qqa chiqarar edi. Ijtimoiy ehtiyojlarga mablag‘ ajratishda qoldiq tamoyili va taqsimotda tekischilik hukmron edi. Boqimandalik, tayyorga ayyorlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, chayqovchilik, poraxo‘rlik kabi yaramas illatlar jamiyatni kemirmoqda edi. Buyruqbozlik – boshqaruv usuli, sansalorlik, qog‘ozbozlik, majlisbozlik iqtisodiyotning o‘z qonunlari va vositalari asosida rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda edi. Odamlar mulkdan begonalashtirilgan, shu tufayli loqayd, sust, beparvo edilar, huquq va qonuniylik puturdan ketgan edi. Xo‘jalikni boshqarishda 200 mingtacha turli buyruqlar, qonunsimon hujjatlar hukmron bo‘lib, ular xo‘jalik xodimlarining har bir qadamini nazorat qilib, tashabbuskorlikni bo‘g‘ar edi. Oddiy korxonadan tortib tumangacha, viloyatdan tortib respublikagacha, respublikadan Markazgacha haqiqiy ahvolni bo‘yab ko‘rsatish, barcha darajadagi rahbarlarni maqtash, ular nomiga hamdu sanolar o‘qish rasm bo‘lib qolgan edi. Oqibatda dunyoda eng kuchli ikki davlatdan biri, deb hisoblanib kelingan SSSRda inqirozli holat shakllanib yetilgandi.
KPSS Markaziy Qo‘mitasining 1985-yil aprelida bo‘lgan plenumi noxush tendensiyalar yig‘ilib, SSSR tanglik vaziyatiga tushib qolganligini ilk bor e’tirof etdi. Mazkur plenum janmiyatni “qayta qurish” orqali iqtisodiyotni ko‘tarish, xalqning turmushini yaxshilash siyosatini belgiladi. 1985–1986-yillarda Markazdagi rahbariyat tomonidan jiddiy o‘zgarishlar qilish zarurligi anglandi. Biroq ahvolning nihoyatda murakkabligi hali to‘la idrok etilmagan edi. Markazdagi rahbarlar hamon sotsializm “afzalliklari”dan foydalanib jamiyatni “qayta qurish”ga, sotsializmni yaxshilashga umid bog‘lar edi. 1987-yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda xo‘jalik mexanizmini isloh qilish yo‘lidagi urinish ham samara bermadi. Iqtisodiy islohotlar tez orada qotib qolgan ijtimoiy-siyosiy sistemaga urilib barbod bo‘ldi.
80-yillarning oxirlarida siyosiy sistemani isloh qilishga, birinchi navbatda KPSS ning siyosiy va mafkuraviy hukmronligini cheklashga, davlat va xo‘jalik organlarini Kompartiya hukmronligidan chiqarishga, xalq deputatlari sovetining to‘la hokimiyatini ta’minlashga urinish bo‘ldi. Ammo, bu sa’y-harakatlar ham behuda ketdi. To‘g‘ri, jamiyatni demokratlashtirish, oshkoralik, turli xil fikrlar birldirishga imkon berish tomon ijobiy qadamlar qo‘yildi. Matbuotda, radio va televideniyada turli xil fikr-mulohazalar erkin aytiladigan bo‘ldi.
“Qayta qurish” siyosati davrida iqtisodiyotda juda kuchli buzilishlar ro‘y berdi. Markaz “qayta qurish”ning ilmiy va nazariy jihatdan puxta va aniq-ravshan dasturini ishlab chiqolmadi. Iqtisodiy siyosat puxta o‘ylab ko‘rilmagan sinov va eksperimentlarga asoslangan edi. Mamlakat imkoniyatlarini hisobga olmasdan xalq xo‘jaligining barcha sohalarini bir vaqtning o‘zida rivojlantirishdan iborat noto‘g’ri yo‘l tutildi.
Sovet rahbariyati mamlakatni tanglikdan, inqirozdan chiqarish uchun ma’muriy-buyruqbozlik tizimini, hamma resurslarni markazlashtirilgan tarzda rejalashtirish asosida boshqarish va taqsimlash yo‘lidan tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o‘tish kerakligini o‘z vaqtida payqamadi, buni juda kech tushundi. 1990-yilga kelganda bozor iqtisodiyotiga o‘tish zaruriyati anglandi, dasturlar tuzildi, qarorlar qabul qilindi. Biroq, vaqt ham boy berilgan edi. Iqtisodiyot batamom barbod bo‘lgan, moliyaviy va narx-navo tizimi izdan chiqqan, boshqaruv mexanizmi falaj bo‘lib qolgan edi. SSSR ich-ichidan zil ketib, tanazzulga, parokandalikka yuz tutgan edi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling