Mavzu: Tutash muhit mехanikasi kinematikasi. Reja: Kirish
Aniqlovchi parametrlarning to’liq sistemasi
Download 0.99 Mb.
|
tutash muhitlar mexanikasi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Golonom va golonommas termodinamik sistemalar
- . Holatlar fazosi. Prosesllar va sikllar
3. Aniqlovchi parametrlarning to’liq sistemasi
Ta’rifga ko’ra fiksirlangan kichik zarracha uchun 1, 2,… n, k1, k2,…km miqdorlar ba’zisni, ya’ni aniqlovchi parametrlarning to’liq sistemasini tashkil qiladi deyiladi, agarda ular o’zaro bog’lanmagan (erkli) va ma’lum diapazonda ixtiyoriy bo’lsa. Masalan, gaz zarrachasi uchun zichlik va temperatura ma’lum chegaralarida ixtiyoriy berilishi mumkin, boshqa termodinamik funksiyalar, masalan, entropiya va bosim ular orqali aniqlanadi. 4.Golonom va golonommas termodinamik sistemalar Nazariy mexanikadagi erkinlik darajasi soni bilan tutash muhitlar mexanikasida aniqlovchi parametrlar soni orasida analogiyani (o’xshashlikni) kiritish mumkin. Haqiqatan erkinlik darajasi mexanik sistemaning holatini aniqlovchi erkli parametrlar soni sifatida aniqlanadi. Masalan absolyut qattiq jismning erkinlik darajasi 6 ga teng. Agarda absolyut qattiq jismni fizik sistema sifatida qarasak, u holda uni aniqlash uchun yana 10 ta o’zgarmas parametrlarni - massani, jismda massalar markazining joylashishini va inersiya tenzori komponentalarining massalar markazidagi holatini berishimiz kerak bo’ladi. Nazariy mexanikada golonommas sistemalar qaraladi. Tutash muhitlar mexanikasida ham, agarda - aniqlovchi parametrlar aniq chegaralarda ixtiyoriy ravishda o’zgarib, ularning i ortirmasi qaralayotgan masalalar sinfining shartlariga ko’ra m ta i i=0 ko’rinishdagi erkli integrallanmaydigan munosobatlar bilan o’zaro bog’liq bo’lsa, bunday holat o’rinli, bu yerda i - aniqlovchi parametrlarning bazi bir funksiyalari. U holda n - m ta i erkin orttirmalar soni i - aniqlovchi parametrlarning erkin o’zgaruvchilar sonidan kichik bo’ladi va termodinamik sistema golonommas deyiladi. Golonommas sistemaning erkinlik darajasi i erkin orttirmalar soni sifatida aniqlanadi. Faraz qilaylik, masalan 1( 1, 2, 3,t) - zarracha zichligi ning biror bir skalyar parametri, t - vaqt, 1, 2, 3 - ajratilgan zarracha markazining Lagranj koordinatalari, 2 va 3 parametrlar esa 1ning t bo’yicha birinchi va ikkinchi hosilasidan iborat bo’lsin, ya’ni 2= / t; 3= 2/ t= 2 1/ t 2. (2.1) Tabiiy fizik shartlarga ko’ra, t vaqt i sistemaga kirmaydi. Har xil tashqi shartlarda biror bir chegaradagi har xil ixtiyoriy 1, 2, 3 qiymatli holatlar o’rinli, d 1 va orttirmalar esa dt vaqtning o’zgarishi hisobiga ,1 2, 3 o’zgarmaslarda hamma vaqt bitta 2d 2 - 3d 1=0 (2.2) ko’rinishdagi golonommas munosabat bilan bog’langan. 5. Holatlar fazosi. Prosesllar va sikllar Holatlar fazosi deganda koordinatalari i holat parametrlaridan iborat fazo (fazaviy fazo) tushuniladi. Termodinamik sistemaning har xil holatlariga holatlar fazosining har xil nuqtalari mos keladi. Holat parametrining biron bir ketma-ket qiymatlariga mos keluvchi muhit holatining majmuasi prosess yoki jarayon deyiladi. Jarayon uzluksiz bo’lishi mumkin, agarda berilgan zarracha uchun 1, 2,… n holatlar majmuasi holatlar fazosida uzluksiz egri chiziqni hosil qilsa. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling