ANTIGENLAR TURLARI:
Geterogen antigenlar — har xil turlarga xos antigen determinantlari bo‘lgan umumiy antigenlar.
Metabolit antigenlar — bakteriyalarning yashash jarayonida hosil bo‘luvchi oqsil moddalar (metabolitlar).
Mukammal antigenlar — organizmda antitelolar (immun tanachalar) hosil bo‘lish jarayonini yuzaga keltiruvchi. Limfositlar sezuvchanligini oshiruvchi (sensibilizasiya), organizmga begonalik xususiyatlari mujassamlashgan oqsilli moddalar.
Nomukammal antigenlar, gaptenlar — tarkibida oqsil bo‘lmagan moddalar. Antitelolar bilan birikuvchi, ammo organizmda mustaqil ravishda antitelolar hosil qila olmaydigan, kichik molekulali moddalar, lipidlar, ribonukleaza, insulin va shunga o‘xshash moddalar misol bo‘ladi. Bunday moddalarga katta molekulali moddalar qo‘shilsa, ular antigenga aylanadi va antitelo hosil qilish xususiyatiga ega bo‘ladi. Gaptenlarga qarang.
Protektiv antigenlar (lot. protectivus — himoyalovchi) — organizmda, aynan bir kasallikka qarshi antitelolar hosil qiluvchi virus yoki bakteriyalar antigeni. Bu xususiyat pnevmostreptokokklarning kapsula antigenida mavjuE. Streptokokklarning mukoprotein, stafilokokklarning alfaproteinlari ham protektiv xususiyatga ega.
Transplantat antigenlar - ikki organizm hujayra va to‘qimalarining bir-biri bilan irsiy o‘xshashligini yoki begonaligini bildiruvchi antigenlar.
ANTIGENLAR GURUHI — bir guruh yoki turdagi individlarga xos bo‘lgan antigen turi. Masalan, bu ko‘rsatkichga asosan odamlar qon guruhlariga, bakteriyalar serologik tiplarga ajratiladi.
ANTIGENLIK — organizmga yot modda (antigen) tushganda, o‘ziga qarshi antitelolar hosil qilish va u bilan birikish qobiliyatini ifodalovchi ko‘rsatkich. A. molekula vazni 10000 D dan yuqori bo‘lgan oqsillarga va tarqoq polipeptid zanjirli biopolimerlarga hamda L-aminokislotali ko‘plab disulfid bog‘lam mavjud uchlamchi tuzilishga ega sun’iy polipeptidlarga xoD. Tarkibida tirozin va lizin aminokislotalari bor polipeptidlarning antigenligi yuqori.
Do'stlaringiz bilan baham: |