Mavzu: Umumiy epizootologiya. Infeksiya va infeksion kasalliklar


IMMUNITET (lot. immunitas, atis, f


Download 157 Kb.
bet14/23
Sana23.12.2022
Hajmi157 Kb.
#1046050
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
1- Umumiy epizootologiya. Infeksiya va infeksion kasalliklar

IMMUNITET (lot. immunitas, atis, fchidamlilik, kasal yuqtirmaslik) — organizmning unga irsiy yot axborotga ega bo‘lgan yuqumli va yuqumsiz moddalardan (antigen) himoyalanishi, ya’ni kasal yuqtirmaslik holati, kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyati. I. darajasi organizm ichki muhitini doimo bir muvozanatda saqlovchi fiziologik himoya vositalariga bog‘liq.
Immunitet to‘g‘risidagi ta’lumot epizootiya va epidemiyalarni kuzatish evaziga paydo bo‘lgan. Qadim zamonlardan ma’lumki, ayrim odamlar va hayvonlar har qanday epizootiya va epidemiya sharoitida ham kasallikka chalinmaydi, kasaldan tuzalganlari esa qaytadan kasallanmaydi.
Immunitetni o‘rganishning ilk davrlarida - 1887 yilda ru0Climi I.I. Mechnikov immunitetni fagositlar bilan bog‘lab fagositar nazariyasini kashf qildi. Keyin P. Erlix 1901 yilda immunitetni gumoral nazariyasini yaratdi. Keyinchalik I.P. Pavlov (1938), G.Selye (1942), F. Bernet (1959), P.F. Zdrodovskiy (1961), R.V. Petrov (1976) va boshqalarning muvafaqqiyatli tajribalari asosida ilgarigi har xil omillarga asoslangan immunitet nazariyalari o‘rniga organizmning bir butun immunologik reaktivligi to‘g‘risidagi ta’lumot vujudga keldi va organizmdagi barcha immunologik hodisalar umumfiziologik qonuniyatlarga bo‘ysinishi isbotlandi.
Immunitet faqatgina kasallikdan tuzalsagina emas, balki o‘lgan yoki tirik mikroorganizmlarga, ularning ayrim qismlariga, zaharlariga hamda har xil oqsil, gaptenlarga ham paydo bo‘ladi. Organizmga yot bo‘lgan barcha antigen xususiyatiga ega bo‘lgan moddalarni darrov payqaydi.
ANTIGEN DREYFI — evolyusion rivojlanish jarayonida ayrim viruslarning asta-sekin, kam darajada o‘zgarishi. Bu jarayon viruslar qobig‘ antigenining o‘zgarishi bilan namoyon bo‘ladi. A.E. veterinariya tadbirlari samarasini pasaytiradi.
ANTIGEN ShIFTI — viruslar antigenlik xususiyatining tarkibiy o‘zgarishi. Bu kasallikning juda keng tarqalishiga sabab bo‘ladi. A.Sh.ning asosiy sababi virus va bakteriyalardagi mutasiyadir.
ANTIGENLAR (gr. anti ↑, genes — hosil qilish) — organizmga yot bo‘lgan irsiy axborotga ega va unga tushganda maxsu0Cqsillar (antitelolar) yoki boshqa immunologik jarayonlar (immunologik xotira, tolerantlik) hosil qiladigan oqsil tabiatli, yuqori molekulali organik moddalar (virus, mikroblar va ularning mahsuli). A. juda murakkab bo‘lib, bir qancha faol qismlardan tashkil bo‘lishi mumkin. A. organizmda yoki probirkada, har qanday idishda antitelolar bilan birikish qobiliyatiga ega.

Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling