TABIIY REZISTENTLIK (chidamlilik) (lot. resistentia — qarshilik) — organizmning, o‘z biologik xususiyatlariga ko‘ra yoki emlanishi tufayli infeksiyalarga chidamli bo‘lishi. T.R. organizmning nomaxsus bo‘lgan himoyaviy kuchlari: komplement, lizosim, properdin, qonning bakterisid faolligi, limfoid makrofag tizimini o‘zida mujassam qilish xususiyatiga bog‘liqdir. T.R. mutlaq va nisbiy bo‘ladi. Masalan, hayvon turlariga xos bo‘lgan yuqumli kasalliklar faqat ma’lum bir tur hayvonni zararlaydi. Qoramol otlarning yuqumli anemiyasiga tabiiy chidamli.
Immunitet turlari:
Kelib chiqishiga qarab: IRSIY - tug‘ma, tur va tabiiy va ORTIRILGAN hamda yo‘nalishi bo‘yicha antibakterial, antivirus va anti – toksik immunitetga bo‘linadi.
Immunitet (lot. Immunitas, chidamlilik, kasal yuqtirmaslik) — organizmning unga irsiy yot axborotga ega bo‘lgan yuqumli va yuqumsiz moddalardan (antigen) himoyalanishi, ya’ni kasal yuqtirmaslik holati, kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyati. I. darajasi organizm ichki muhitini doimo bir muvozanatda saqlovchi fiziologik himoya vositalariga bog‘liq.
Irsiy immunitet – bu shunday immunitetki, u shu tur hayvonga genetik xos, u keyingi nasliga beriladi.(ot oqsilga, qoramol manqaga chidamli.
Ortirilgan (faol) imunitet – kasallanib tuzalgandan yoki vaksina yubo-rib immunitet hosil bo‘lishi. Immunitet muddati organizmda har xil bo‘ladi.
IMMUNITET (antibakterial xili) — kasallanib tuzalish va emlash natijasida yuzaga kelgan, bakterial kasalliklarga nisbatan chidamlilik, organizmning umumiy (gumoral moddalar, fagositoz) va maxsus himoya vositalari (antitelolar) birligida shakllanadi.
IMMUNITET (antitoksin immunitet) — toksin ishlab chiqaruvchi kasallik qo‘zg‘atuvchilarga chidamlilik, asosan organizmga anatoksin, antitoksin yuborish natijasida yuzaga keladi.M: qotmada.
IMMUNITET (gumoral xili) — qon zardobi tarkibidagi maxsus immunoglobulinlar (antitelolar)ning mikroorganizmlar, viruslarni zararsizlantirish xususiyatiga bog‘liq chidamlilik.
Do'stlaringiz bilan baham: |