Mavzu: Umumiy epizootologiya. Infeksiya va infeksion kasalliklar
Viruslarga qarshi immunitetning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 157 Kb.
|
1- Umumiy epizootologiya. Infeksiya va infeksion kasalliklar
Viruslarga qarshi immunitetning o‘ziga xos xususiyatlari.
Viruslarga qarshi immunitet ham bakterial kasalliklarga qarshi immunitetga uxshaydi, ammo virus reproduksiyasi hujayralarda o‘tgani va uning metabolitlari zararlangan va o‘lgan hujayralar metabolitlari bilan bog‘lik bo‘lgani uchun, immunitetning o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjuE. 1. Virusga qarshi tug‘ma immunitetda kasal bo‘lmaslik – nomoyillik virus reproduksiyasi amalga oshishi kerak bo‘lgan hujayralarda reseptorlar bo‘lmasligi sababli viruslar hujayraga kirmaydilar, adsorbsiya bosqichi amalga oshmaydi. 2. Virusga qarshi immunitetda bakterial kasalliklarga qarshi immunitetdagiga nisbatan nomaxsus immunitet omillari – ingibitorlar katta ahamiyatga ega, ular viruslarni hujayralarga adsorbsiya – kirishiga to‘sqinlik qiladi. Ular barcha suyuqliklarda mavjud bo‘ladi va antitelodek xizmat qiladi, ammo nomaxsuD. 3. Organizmning siydik ajratish tizimi va t-ra bilan birgalikda virusga qarshi immunitetda muhim rol o‘ynashini gapirib o‘tdik. 4. Interferensiya hodisasi – bir virusning 2- virus reproduksiyasini yo‘qotishi (m: gerpes-chechak;gripp-ensefalomiyelit; oqsil – chechak;). Interferensiya faqat tirik emas, balki faolsizlantirilgan virus vaksina bilan ham paydo bo‘ladi. Interferensiya hodisasini o‘rganishda Ayzek va Lindeman (1957) juda kuchli nomaxsus himoya vositasi – interferonni kashf etdilar. Interferon virusni adsobsiyasiga, viropeksis, deproteinizasiyasiga, NK ajralishiga, virusni hujayrdan chiqishiga ta’sir etmaydi. U faqat virusga sezgir hujayra orqali ta’sir etib, virus reproduksiyasiga yo‘l qo‘ymaydi. 5. Virusga qarshi immunitetda hosil bo‘ladigan antitelolar faqat virionlarga (hujayradan tashqaridagi), ta’sir qiladi, hujayra ichidagi virusga ta’sir qilmaydi. Bu yerda shuni ta’kidlash joizki, virusga qarshi barcha turdagi antitelolar ham virusga qarshi himoya vositasini o‘tmaydi, faqat virusni neytrallovchi antitelolar himoya xususiyatiga ega, ular virionning tashqi korpuskulyar antigeniga ta’sir qilib, uni adsobsiya bo‘lishiga, ya’ni hujayraga kirishiga yo‘l qo‘ymaydi hamda uning toksik ta’sirini neytrallaydi. Virusni neytrallovchi antitelolar fagositozni ham faollashtiradi. Natijada makrofaglar ta’sirida fagositozga uchragan virusli hujayralar, virus toksinlari bilan birga makrofag sitoplazmasida zararsizlanadi. Antitelolar tuzilish klasslari: IgM, IgA, IgG, IgD, IgE. Antitelolar turlari: aggl., presip, komplem. birik., gemaggl. – faqat serologik reaksiyalarda ahamiyati bor. 6. Virusga qarshi immunitetda fagositoz bakterial kasalliklar-dagidek bo‘lmasada, baribir muhim rol o‘ynaydi. Fagositozga uchragan virusli hujayralarda viru0C‘lmasa ham ular toksinlari bilan birga makrofag sitoplazmasida zararsizlanadi. Virus antigeniga qarshi mikrofagal reaksiya umuman kuzatilmaydi, makrofagal reaksiya to‘g‘risida gapirib o‘tdik. 7. Virusga qarshi immunitetda mahalliy sekretor antitelolar muhim rol o‘ynaydi. Pnevmoenteritlarda chidamlilik holati qon zardobidagi antitelolar titriga emas, balki ushbu a’zolarning shilliq pardalaridan ajralgan maxsus sekretor antitelolarga bog‘liqligi aniqlangan. IgA antitelolari faqatgina nafas oladi va ovqat hazm qilish a’zolari shilliq pardalarida emas, so‘lakda, ko‘z yoshida, burun va bronx suyuqliklarida, o‘tda, og‘iz sutida, ichakda, kon’yunktivada, siydik ajratish tizimi a’zolari shilliq pardalarida aniqlangan. Tuzilishi bo‘yicha ushbu sekretor IgA qon zardobidagi immunoglobulin A dan farq qilishi aniqlangan. Ushbu IgA da qo‘shimcha antigen determinanti borligi aniqlangan va uning molekulyar massasi kattaroq. U virus bilan shilliq pardada uchrashib,– virusni organizmga kirishiga yo‘l qo‘ymaydi, asosan baryer vazifasini bajaradi. Download 157 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling