Suyak iligidagi mikrofaglar (neytrofil va eozinofillar) va makrofaglar (mononuklear fagositlar-monositlar) morfologik har xil bo‘lsa ham immunitetda bir xizmatni – fagositozni amalga oshiradi. Fagositoz immunitetning 1- bosqichi, boshlanishi.
Mikrofaglar urab olgan antigenni eritib elementar moddaga aylantiradi. Makrofaglar esa bakterial antigenni immunologik faol shaklga keltiradi va antigen to‘g‘risida axborotni limfositlarga beradi va ularda transformasiya jarayonini tezlashtiradi.
Limfositlar kelib chiqishi, morfologik va funksional xususiyatlari bo‘yicha 2 ta katta guruhga bo‘linadi: 1. T-limfositlar (tumusga bog‘liq) – morfologik kichik limfositlar hisoblanib, antigen ta’sirida 2 xilga aylanadi – immun limfositlar va immunologik xotira limfositlari. Immun limfositlar T-limfositlarga uxshaydi, ammo sitopatik ta’sirga ega va antitelosiz antigenni yemiradi. Immunologik xotira limfositlari ham T-limfositlarga uxshaydi, ammo uning o‘zagidagi genetik apparatida antigen to‘g‘risida axborot saqlangan bo‘ladi.
T-limfositlar hujayralar immunitetida, juda sezgirlikning sekin turida va autoimmun kasalliklarda ishtirok etadi.
2. Tumusga bog‘liqmas V – limfositlar morfologik kichik limfositlar. Immunologik javob vaqtida ular transformasiya natijasida immunoblast bosqichi orqali antitelolar ishlab chiqaruvchi plazmatik hujayralarga va o‘zida immunologik xotira saqlovchi limfositlarga aylanadi. Organizm qaytadan avvalgi antigen bilan uchrashsa plazmatik hujayralar immunologik xotira saqlovchi limfositlardan paydo bo‘ladi.
Plazmatik hujayralar o‘zining tuzulishi funksiyasi bo‘yicha limfositlardan keskin farq qiladi. Ular yetilishiga qarab: plazmoblastlarga, yetilmagan va yetilgan limfositlarga bo‘linadi. Ushbu hujayralar yuqori ixtisoslashgan bezli (sekresiya etuvchi) hujayralar hisoblanib, ularning asosiy xizmati – immunoglobulinlarni (antitelolarni) sintez va sekresiya qilishdir.
Immunogenezda makrofaglar,T- va V – limfositlar birga qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |