Mavzu: Umumiy epizootologiya. Infeksiya va infeksion kasalliklar


Immunitetda gumoral omillar va antitelolarning himoya xususiyatlari


Download 157 Kb.
bet20/23
Sana23.12.2022
Hajmi157 Kb.
#1046050
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
1- Umumiy epizootologiya. Infeksiya va infeksion kasalliklar

Immunitetda gumoral omillar va antitelolarning himoya xususiyatlari
Mikrob va viruslarni ko‘payishiga xalaqit beruvchi moddalar organizmning barcha suyuqliklarida mavjuE. To‘qimalar suspenziyasi, qon zardobi va bezlardan ajraluvchi suyuqliklar nomaxsus ravishda bakteriyalarni rivojlanishiga xalaqit beradi. Ma’lumki, organizmda nomaxsus himoya omillari bo‘lib lizosim, komplement va meyeriy antitelolar hisoblanadi. Mikroorganizm va viruslar oganizmga kirgandan yoki vaksina yuborilgandan so‘ng ularga qarshi maxsus himoya antitelolari paydo bo‘ladi. Oldin (1-3 kun) antitelolar sekin paydo bo‘laboshlaydi (induktiv faza), keyinroq (7-10 kun) produktiv fazada tez va maksimal ajralaboshlaydi va so‘ng yana sustlashadi. Bir necha oydan keyin qon zardobidagi ushbu antigenga qarshi antitelolar titri juda pasayadi yoki butunlay borligini aniqlab bo‘lmaydi. Ammo, yuqorida ta’kidlaganimizdek immunologik xotira limfositlari: T- va V –limfositlar qoladi. Agar avvalgi antigen yana organizmga kirsa, antitelo tez (1-2 kun) va birinchi martaga nisbatan katta miqdorda hosil bo‘ladi. Immunologik xotira keyingi vaksinasiya vaqtlarini belgilashda katta ahamiyat kasb etadi.
Hujayralarning genotipik va fenotipik reaktivligi. Moyil hayvonda kasallik kelib chiqishi yoki immunologik holat organizmda patogen ko‘payadigan hujayraning aynan usha qo‘zg‘atuvchiga nisbatan genetik chidamliligiga (genotipik reaktivlik) bog‘liq(m: koli). Hayvonni aynan ushbu qo‘zg‘atuvchiga nisbatan genetik chidamliligini hisobga olib seleksiya qilish ushbu kasallikni oldini olishda istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi (m: leykoz).
Kasallikka moyil hayvon turida hujayralarning reaktivligi turg‘un bo‘lmasdan ontogenez va immunitet shakllanishi davomida o‘zgaradi. Bu holat ayniqsa virus kasalliklarida ko‘zga tashlanadi. Immunogenezning ilk davrlarida organizmda ushbu virusga qarshi past molekulali oqsil – ingibitor (virus reproduksiyasiga xalaqit beruvchi) ishlab chiqarishi hisobidan nomaxsus areaktivlik paydo bo‘ladi. Kasallikdan tuzalgandan so‘ng esa usha hujayralarda maxsus areaktivlik (fenotipik reaktivlik) to‘qima immuniteti paydo b-di.

Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling