Mavzu: Umumiy epizootologiya. Infeksiya va infeksion kasalliklar


Yuqumli kasallikni paydo bo‘lishida makroorganizm va tashqi muhit omillarining roli -


Download 157 Kb.
bet13/23
Sana23.12.2022
Hajmi157 Kb.
#1046050
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
1- Umumiy epizootologiya. Infeksiya va infeksion kasalliklar

Yuqumli kasallikni paydo bo‘lishida makroorganizm va tashqi muhit omillarining roli - Infeksiyani paydo bo‘lishi, rivojlanishi va taqdiri faqatgina oganizmga kirgan mikroorganizm va viruslarning virulentligi va miqdoriga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, balki organizmning ushbu patogenlarga qarshi tabiiy chidamliligiga ham bog‘liq. Shuning uchun barcha e’tiborni faqatgina patogenlarga qaratmasdan makroorganizmni himoya vositalarini mustahkamlashga (tabiiy rezistentlikni kuchaytirish) va kasallikni rivojlanishiga kumaklashuvchi tashqi muhit omillariga ham qaratish zarur.

Immunitet to‘g‘risida gapirishdan oldin biz umumiy va immunologik reaktivlik nima ekanligini tushunishimiz zarur. Reaktivlik – bu organizmning tashqi muhit ta’sirlariga hayot faoliyati jarayonlarini o‘zgartirib javob berish qobiliyati hisoblanadi. Ushbu qobiliyat yuqori rivojlangan va nerv tizimi mukammal hayvonlarda juda yorqin namoyon bo‘ladi. Reaktivlik meyerda bo‘lsa, hayvonning tashqi muhit ta’sirlariga o‘rganishi oson kechadi, ammo reaktivlikda o‘zgarish kuzatilsa – astma.


Yuqumli kasallik ham mikro va makroorganizm orasidagi o‘zaro ta’sir natijasida paydo bo‘ladigan jarayon. Reaktivlik meyerda bo‘lsa, mikrororganizm makroorganizmga kirgandan so‘ng organizm tezlik bilan usha mikrobga qarshi o‘zining immunologik mexanizmlarini ishga sola olsa, ya’ni unga qarshi fagositoz qiluvchi hujayralar kurashsa, antitelo hosil qiluvchi plazmositlar o‘z vazifasini bajarsa, kasallik namoyon bo‘lmaydi. Aksincha holatda organizmning mikroorganizmga moslashish mexanizmlari ishlamaydi, organizmda mikroblar ko‘payadi va kasallik belgilari namoyon bo‘ladi, ayrim kasalliklarda: kuydirgi, qorason hayvon nobud bo‘ladi.
Immunologik reaktivlik - bu organizmning yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilariga qarshi immunologik himoya vositalarini ishga solish qobiliyati, ya’ni kasallik qo‘zg‘atuvchi antigenga qarshi maxsus javob qaytarish qobiliyati – mikroorganizmning salbiy ta’siridan organizmni butunlay himoya qilishni ta’minlash.
Organizmni himoya etish va uning kasallik qo‘zg‘atuvchiga qarshi immunitet bilan ta’minlash qobiliyati ko‘pgina umumiy va maxsu0Cmillarga bog‘liq. Organizmning nomaxsus fiziologik himoya vositalari asosidagi reaktivlik umumiy immunologik reaktivlikka kiradi. U hayvonning turiga, individual xususiyatiga, yoshiga, organizmning fiziologik holatiga, berilayotgan ozuqaning to‘yimliligiga hamda tashqi muhitning harxil nomaxsu0Cmillari ta’sirlariga bog‘liq. Bu reaktivlik aslida hayvonning kasallikka tabiiy moyilligi yoki aksincha, chidamliligini bildiradi.
Boshqa tomondan immunologik reaktivlik holati va hayvonning javob reaksiyasi biologik agent va antigenlarning ta’siriga ham bog‘liq. Bunday organizmning ma’lum bir qo‘zg‘atuvchiga yoki antigenga o‘zgaruvchan immunologik reaktivligi maxsus immunologik reaktivlik deyiladi.
Maxsus immunologik reaktivlik umumiy immunologik reaktivlikning bir bo‘lagi bo‘lib, organizmnda immunitet paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi.

Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling