Mavzu: Umumiy epizootologiya. Infeksiya va infeksion kasalliklar


Download 157 Kb.
bet11/23
Sana23.12.2022
Hajmi157 Kb.
#1046050
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
1- Umumiy epizootologiya. Infeksiya va infeksion kasalliklar

Transmissiv infeksiya (lot. transmissibilis beriluvchi) — qon so‘ruvchi bo‘g‘im oyoqlilar, kemiruvchilar va boshqa virus, mikrob tashuvchilar tomonidan tarqatiladigan yuqumli kasalliklar.
Chang infeksiyasi — kasallik qo‘zg‘atuvchilari yuqqan chang zarrachalari bilan nafas oladi natijasida hosil bo‘lgan infeksiya.
Ekzogen infeksiya (lot. yexo tashqari, genes — tug‘ilish, hosil bo‘lish) — hayvon organizmiga tashqi muhitdan tushgan patogen virus va mikroblar paydo qilgan kasallik.
Endogen infeksiya (lot. endonichkari, geneshosil bo‘lish) — hayvon organizmining umumiy chidamliligi pasayishi natijasida organizmda mavjud mikroblarning kuchayishi evaziga yuzaga keladigan kasallik.
Yuqumli kasallikni paydo bo‘lish sharoitlari:
- qo‘zg‘atuvchi patogen va virulentli bo‘lishi va u moyil hayvonga tushishi;
- makroorganizmning kasallikdan himoya qilish darajasi past bo‘lishi ;

  • qo‘zg‘atuvchini organizmga tushishida tashqi muhitning roli – sovuq va namgarchilik vaqtida aerogen infeksiyalar, yozda esa ovqatlanishda toksiko-infeksiyalar ko‘payadi. Sovuq va juda issiq ham organizmning rezistentligini pasaytiradi.

Yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilar:
Patogen bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar, mikoplazmalar, xlamidiyalar, rikketsiyalar.
PATOGENLIK — mikroorganizmlar va viruslarning kasallik qo‘zg‘atish qobiliyati. P. mikroorganizm va viruslarning o‘simliklar, hayvonlar, odamlar, umuman tirik mavjudotlar organizmida tekinxo‘rlikka moslashish jarayonida vujudga kelgan murakkab kasallik qo‘zg‘ata olish xususiyatlari majmuasi. P. ma’lum bir tur mikrobning o‘ziga xos belgisidir, ya’ni har bir mikrob faqat ma’lum bir yuqumli kasallikni qo‘zg‘atadi, xoloD. Ammo, aynan shu tur mikrobning har xil shtammlari turli patogenlikka ega bo‘lishi mumkin. P. mikroorganizm va viruslarning virulentligini belgilaydi. P. mikroorganizmlarning irsiy mustahkamlangan belgisi bo‘lsa ham, uni fizikaviy, kimyoviy va biologik omillar ta’sirida o‘zgartirish mumkin. P.ning namoyon bo‘lishi organizmning o‘sha mikrobga moyilligiga va uning rezistentligiga ta’sir qiluvchi tashqi muhit omillariga bog‘liq.

Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling