Mavzu: Umumiy epizootologiya. Infeksiya va infeksion kasalliklar


Download 157 Kb.
bet7/23
Sana23.12.2022
Hajmi157 Kb.
#1046050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
1- Umumiy epizootologiya. Infeksiya va infeksion kasalliklar

PANZOOTIYA (gr.pan - hamma +zoon - hayvon) — epizootik jarayonning eng shiddatli yuqori darajasi bir necha mamlakat va qit’alarni qamrab oladigan hayvonlar kasalliklari epizootiyasi. Masalan, oqsil, qoramollar o‘lati, gripp.
EPIZOOTIYAGA QARSHI TADBIRLAR - yuqumli kasalliklarni aniqlash, oldini olish va butunlay tugatishga qaratilgan rejali tadbirlar. Bu tadbirlar epizootik zanjirning hamma qismlariga ta’sir qiluvchi usul va vositalardan iborat bo‘ladi, ular kasallik qo‘zg‘atuvchilarni zararsizlantirishga, bir hayvondan ikkinchisiga o‘tkazuvchi omillarni bartaraf qilishga, o‘sha yerda mavjud kasalga moyil hayvonlarning umumiy va xususiy chidamliligini oshirishga qaratilgan bo‘ladi.


Nazorat savollari

  1. Epizootologiya fanining predmeti.

  2. Epizootologiya fanining vazifalari

  3. Epizootologiya fani, uning tarixi.

  4. Epizootologiya fani, boshqa fanlar bilan aloqasi

  5. Epizootologiyaning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati.



Infeksiya va uning shakllari. Mikroorganizm va viruslarning infeksiyani hosil bo‘lishidagi ahamiyati va patogenlik xususiyatlari. Makroorganizmni va tashqi muhit omillarini infeksiyaning hosil bo‘lishidagi ahamiyati. Infeksion kasalliklarning klinik shakllari..
INFEKSIYA (infectio — yuqish, yuqtirish) – bu murrakab biologik jarayon bo‘lib, organizm bilan kasallik qo‘zg‘atuvchi virus yoki mikroblarning o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘lgan zararlanish holati. Organizmga kirgan qo‘zg‘atuvchi ko‘payishi natijasida unda patogenga javoban murakkab patologik va himoya moslashuv reaksiyalari kuzatiladi. Ushbu reaksiyalar organizmda biokimyoviy, morfologik va funksional o‘zgarishlar shaklida hamda immunologik javob tariqasida bo‘lib, ular organizmning ichki muhitini doimiyligini (gomeostaz) saqlashga qaratilgan bo‘ladi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi bilan organizm o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir 3 shaklda namoyon bo‘ladi. Eng ko‘rinarli shakli bu klinik belgilari yaqqol namoyon bo‘lgan yuqumli kasallikdir. Bu hol ma’lum klinik belgilari bilan o‘tadigan yuqumli kasallikni keltirib chiqaradi. 2- turi klinik belgisiz, latent infeksiya bo‘lib, bunda virus yoki bakteriya tashuvchanlik bilan kechadi. 3-turi immunizasiyalovchi subinfeksiya ham deb yuritiladi. Bunda organizmga kirgan kasallik qo‘zg‘atuvchi unda antitelolar shakllanishini taminlaydi, biroq qo‘zg‘atuvchini o‘zi organizmda nobud bo‘ladi, organizm kasallik qo‘zg‘atuvchi manbaga aylanmaydi (m.:qorason, kuydirgi).

Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling