Mavzu: Umumiy epizootologiya. Infeksiya va infeksion kasalliklar
Download 157 Kb.
|
1- Umumiy epizootologiya. Infeksiya va infeksion kasalliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- EPIZOOTOLOGIYA (gr. Epi - yuzasi, tashqari+ zoon - hayvon , logos - ta’limot
- EPIZOOTIK JARAYON
- Epizootiya
- Umumiy epizootologiya
Yuqumli kasalliklar o‘z tabiati bilan yuqumsiz kasalliklardan tubdan farq qiladi. Ushbu kasalliklar:
birinchidan organizmga kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizm yoki virus kirgandagina namoyon bo‘ladi. Ikkinchidan, qo‘zg‘atuvchi kasal hayvondan sog‘lom hayvonga o‘tishi bilan xarakterlanadi. Bu kasallikni uzluksiz tarqalish imkonini yaratadi va u ommaviy tu0Cladi. Shuning evaziga yuqumli kasallik katta hududga tarqaladi va epizootik jarayon uzluksiz davom etaveradi va xalq xo‘jaligiga katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Uchinchidan, organizmga kirgan patogenga qarshi antitelo shakllanadi EPIZOOTOLOGIYA (gr. Epi - yuzasi, tashqari+ zoon - hayvon, logos - ta’limot) - veterinariya fanining maxsus sohasi bo‘lib, epizootik jarayonlarning qonuniyatlarini (yuqumli kasalliklarning kelib chiqish sabab va sharoitlarini, tarqalishini va so‘nishlarini) o‘rganadigan va shu asosda o‘sha kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish yo‘llarini belgilaydigan fan. EPIZOOTIK JARAYON (lot. processus-siljish) - infeksiya qo‘zg‘atuvchi-sining kasal hayvondan sog‘ hayvonga yuqish mexanizmi va omillari, shuningdek, qo‘zg‘atuvchi bilan unga moyil hayvonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat natijasida aniq va yashirin infeksiyalarning paydo bo‘lishi, tarqalishi va yo‘qolishi. “Epizootologiya” atamasi 2 ta tushunchadan: “epizootiya” va logos” tushunchalaridan iborat. Epizootiya (gr. epi — yuzasi, zoon — hayvon) — epizootik jarayon intensivligining (shiddatliligi) o‘rtacha darajasi bo‘lib, infeksiyaning bir nosog‘lom manzil chegarasidan chiqib, viloyat, hatto respublika va mamlakatlar bo‘ylab tarqalishi. Epizootologiya 2 ta vazifani bajaradi: -birinchidan, kasallikni kelib chiqish sababini, birxil namoyon bo‘lmasligini, tarqalishini, infeksiyani so‘nishini va yo‘qolishini (epizootik jarayon mohiyatini), tashqi muhitning epizootik jarayonning intensivligiga ta’sirini, bir so‘z bilan aytganda epizootik jarayonni o‘rganadi; - ikkinchidan, kasallikni profilaktika qilish va yo‘qotish usullarini ishlab chiqadi va takomillashtiradi, ya’ni epizootik jarayonni rivojlanish qonuniyatlariga inson ta’sirini faol qatnashtirish evaziga uni bartaraf etadi. Epizootologiya 2 qismdan: umumiy epizootologiya va xususiy epizootologiya qismlaridan iborat. Umumiy epizootologiya epizootik jarayonning paydo bo‘lish, rivoj-lanish va epizootiyaga qarshi kurash qonuniyatlarini o‘rganadi. Ushbu qonuniyatlar ma’lum bir tarixiy davrda alohida biror yuqumli kasallikka qarshi kurash mobaynida olingan natijalarni tahlil qilish, epizootologik tajribalar asosida aniqlanadi. Infeksiya va immunitet, epizootik va infeksion jarayonlar, yuqumli kasalliklarni evolyusiyasi klassifikasiyasi hamda ularni oldini olish va ularga qarshi kurashning asosiy tamoyillari to‘g‘risidagi tushunchalar umumiy epizootologiyaning predmetini tashkil etadi. Xususiy epizootologiya alohida biror yuqumli kasallikni kelib chiqish sababini (qo‘zg‘atuvchisini), o‘ziga xos epizootologik xususiyatini, patogenezini, klinik belgilarini o‘rganadi, kasallikni diagnostikasini, unga qarshi maxsus va nomaxsus kurash tadbirlarini ishlab chiqaradi hamda uning oldini olish yo‘llarini belgilaydi. Yangi diagnostik usullarni paydo bo‘lishi ilgari ma’lum bo‘lmagan kasalliklarni aniqlash imkonini beradi. M: O‘ta patogenli gripp, leykoz, SPID, ensefalopatiya, xantavirusli pnevmoniya, odamlarning atipik pnevmoniyasi va boshqa bir qancha yangi kasalliklar keyingi 20-30 yil ichida ma’lum bo‘ldi. Hozir q-x, uy va yovvoyi hayvonlar, baliq va asalarilar orasida 300 dan ortiq yuumli kasalliklar mavjuE. Bundan tashqari o‘nlab kasalliklar hayvondan odamga o‘tadi. Epizootologiyani rivojlanish tarixi Eramizdan oldingi davrlarda epizootiya to‘g‘risida odamlarda juda primitiv tushunchalar mavjud bo‘lgan. Keyinchalik inson kasalliklarni bir kishidan ikkinchisiga o‘tishini bilaboshlaganlar. Kasal bo‘lgan odamlar tuzalgandan keyin aynan usha kasalga chalinmaydigan bo‘lishi ma’lum bo‘la boshlagan. Kasallikni yuqtiradigan, kasal chaqiradigan qo‘zg‘atuvchi borligi gumon qilingan. Yunon tabibi Gippokrat (e. oldin 460-377) epidemiyani tirik kontakt orqali o‘tadigan qo‘zg‘atuvchi qo‘zg‘atishini taxmin qilgan. Rimda Lukresiy (e.dan 96-55y oldin) it quturishi, chechak, cho‘chqa saramasi, qoramol peripnev-moniyasi kabi kasalliklarni klinik belgilarini yozib qoldirgan. 1546 yilda italiyalik vrach Djirolomo Frakastro “Kontagiya va kontagioz kasalliklar” degan kitobida oqsil, qo‘ylar chechagi, ot manqasi haqida yozib qoldirgan. Biroq Lui Pastergacha kontagioz kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilari aniqlanmagan. 1861 yilda L.Paster bizg‘ish va chirish mikroblar ta’sirida bo‘lishini aniqlagandan keyin epizootologiyada yangi era boshlandi. Download 157 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling