Mavzu: Umumiy epizootologiya. Infeksiya va infeksion kasalliklar
L.Paster, qo‘zg‘atuvchini kuchsizlantirib
Download 157 Kb.
|
1- Umumiy epizootologiya. Infeksiya va infeksion kasalliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- P. Erlix
- Vsevolodov
- Epizootologik usullar
L.Paster, qo‘zg‘atuvchini kuchsizlantirib quturishga, kuydirgiga va pasterellezga qarshi vaksina yaratdi.
R. Kox 1861 yilda qo‘zg‘atuvchilarni su’niy ozuqa muhitlarida o‘stirib, tuberkulez va xolerani qo‘zg‘atuvchilarini aniqladi. Daven Fransiyada 1849 yilda, Brauel Rossiyada 1856 yilda 1-bo‘lib, kuydirgi qo‘zg‘atuvchisini ko‘rganlar. I. Mechnikov (1845-1916) immunitetni fagositar teoriyasini yaratadi P. Erlix (1854-1915) immunitetni gumoral teoriyasini yaratadi Ikkalasiga ham 1908 yilda Nobel mukofoti berilgan. E. Ivanovskiy (1892) tamakini mozaik kasalligi virus bilan chaqirilishini isbotlagan. I. D. Andriyevskiy (1759-1809) yuqumli kasalliklar bo‘yicha 1-kitob yozgan va u kuydirgi bilan og‘rigan hayvon qoni bilan o‘zini 1787 yilda zararlagan. 1- epizootologiya darsligini Mediko-xirurg. Akademiya professori P.I. Lukin (1790-1838) yozgan. V. I. Vsevolodov (prof.)1846 y. hayvonlarni yuqumli kasalliklari bo‘yicha 1-kitob yozgan. 19 asrning o‘rtalarida I.I. Ravich (1822-1875) 1- epizootologiyani yozgan L.D. Senkovskiy (1822-1887) kuydirgiga qarshi vaksina yaratgan O. Kalning –vet vrach allerg. diagn. uchun ot manqasiga mallein yaratgan D.N. Vыshelesskiy (1874-1958) otlarni ommaviy allerg. diagn. va RSK qilib manqani yo‘qotishga erishgan. Tuberkulez, kuydirgi, oqsil, qoramol peripnevmoniyasi bo‘yicha katta ishlar qiladi. Belorussiyada tuberkulez, manqa, brusellez, quturish va Alma-atada otlarning yuqumli ensefalomieliti etiologiyasi bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi. 1934-1958 yillar davomida MVA da epizootologiya kafedrasini boshqaradi. U 1935 yilda 1- Xususiy epizootologiya bo‘yicha talabalar uchun kitob chiqaradi M. D. Gannushkin –umumiy epizootologiya bo‘yicha talabalar uchun kitob chiqaradi. P.P. Vishnevskiy, M.K. Yuskoves, I.I. Lukashov, Poddubskiy - tuberkulez. Ye.D. Orlov, K. Shumilov –brusellez Ya.I. Kolyakov, I.V. Poddubskiy, A.M. Laktionov - otlarning YuAN F.A. Terentev, D.G. Kolesov – kuydirgi M.D Polikovskiy, N.V Lixachev - qo‘y kasalliklari, anaerob k-klari Ya.R. Kovalenko – nekrobakterioz, emkar, anaerob kasalliklar D.Ya Lyubashenko –leptospiroz bo‘yicha juda katta tadqiqotlar qilgan. O‘zbekistonda – Sh.T. Rasulov, Parmonov M.P. (Trixofitiya), A.K.Sitdiqov, I.E.Burluskiy, A.M. Axmedov, G.A Kudryavsev (kolibakterioz, salmonellez), A.A. Volkova, F.D Lukashenko (echkilarning peripnevmoniyasi), X.D. Salimov (leykoz, quturish, kuydirgi, oqsil, qorason, bradzot va enterotoksemiya), N.M. Mamatov (quturish) kasalliklari bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan va yuqorida ta’kidlangan kasalliklarga qarshi maxsus profilaktika va diagnostika vositalarini yaratganlar va ushbu kasalliklarni mamlakatimizda keskin kamayishiga erishganlar. Epizootologiyani boshqa fanlar bilan aloqasi Epizootologiyaning zamonaviy tarifidan kelib chiqib, ushbu fanni juda murrakab va ko‘p tarmoqli muammo ekanligiga ishonch hosil qilamiz va uning ko‘pgina tomonlarini o‘rganishda molukulyar biologik, veterinariya va ijtimoiy-iqtisodiy usullaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi. M: infeksiyani kelib chiqish qonuniyatlarini, unda immunitetni shakllanishini molekulyar biologiya bioximiya, biofizika va immunoximiya; organizmdagi hujayra, to‘qima va a’zolardagi o‘zgarishlarni sitomorfologiya va patomorfologiya o‘rgansa, mikrobiologiya va virusologiya aynan usha organizmdagi kechayotgan infeksion jarayonni aniqlaydi. Epizootologiya esa usha populyasiya – guruh yoki podadagi epizootik jarayonni o‘rganadi. Epizootologiya epidemiologiya bilan bog‘liq, chunki odamlarga o‘tadigan hayvon kasalliklarini yo‘qotadi. Yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilari ko‘pincha hashorotlar (pashsha, so‘na, kana) yordamida boshqa hayvonlarga tarqatadi, ya’ni bu hashorotlar biologiyasini o‘rganishni talab qiladi. Shuning uchun parazitologiya b-n bog‘liq. Epizootologiya k-kning klinik diagnostikasi, patogenezi, patomorfologiyasi, davolash bilan shug‘ullanadi. Demak u Klinik diagnostika, Terapiya, Patologik anatomiya, Fiziologiya, farmakologiya fanlari bilan bog‘liq. U Zoogigiyena, Oziqlantirish fanlari bilan ham bog‘liq. U nozogeografiya bilan aloqador, chunki kasallikni tarqalishi va kelib chiqishida tabiiy omillarni ta’sirini o‘rganish juda muhim (tuproq, suv, shamol va yer ko‘chishi, sel kelishi) Statistika, Iqtitsod fanlari bilan ham bog‘liq. Xo‘jalik strukturasini ahamiyati juda katta. Epizootologik usullar Download 157 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling