Mavzu: Umumiy epizootologiya. Infeksiya va infeksion kasalliklar


Download 157 Kb.
bet10/23
Sana23.12.2022
Hajmi157 Kb.
#1046050
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
1- Umumiy epizootologiya. Infeksiya va infeksion kasalliklar

Yiringli infeksiya — yiring hosil qiluvchi mikroorganizmlar infeksiyasi.
Oddiy infeksiya, monoinfeksiya — virus yoki mikroorganizmning bir turi paydo qilgan infeksiya.
Regional infeksiya (lot. regie ma’lum hudud, joy) — ayrim kasallik qo‘zg‘atuvchilar (tuberkulyoz — sil, brusellyoz, tulyaremiya qo‘zg‘atuvchilari va b.q.) organizmga kirgandan keyin dastlab limfa yo‘llari bilan limfa tugunlariga joylashib, birlamchi infeksiya o‘chog‘ini paydo qiladi. Natijada limfa tugunlari jarohatlanadi.
Respirator infeksiyasi (lot respiratoriusnafa0Crqali) — havo orqali yuqadigan infeksiya.
Sekin kechuvchi infeksiya — kasal qo‘zg‘atuvchisi organizmga kirgandan keyin yashirin davri juda uzoq bo‘ladigan, sekin rivojlanadigan yuqumli kasallik (leykoz, visna va medi, skrepi, adenomatoz va h.k.).
Sekundar infeksiya (lot. secundarusikkilamchi) — birlamchi (asosiy) infeksiya ustiga qo‘shilgan ikkilamchi infeksiya. Bu, birinchi infeksiya o‘tishini og‘irlashtiradi. Masalan, pasterella va salmonella bakteriyalari cho‘chqalarda o‘lat kasalligi o‘tishini og‘irlashtiradi. Odatda, ikkilamchi infeksiya ko‘proq shartli qo‘zg‘atuvchilar guruhiga kiruvchi mikroorganizmlarga aloqador bo‘ladi. Ular terida va shilliq pardalarda yashab, faqat organizmning kasalliklarga chidamliligi pasaygan paytda o‘z faolligini oshiradi va kasallik qo‘zg‘atadigan bo‘lib qoladi.
Spontan infeksiya (lot. spontaneuso‘z-o‘zidan) — tabiiy sharoitda o‘z-o‘zidan yuzaga keladigan yuqumli kasallik.
Sun’iy infeksiya — kasallik qo‘zg‘atuvchilarini sun’iy ravishda yuborish yo‘li bilan paydo qilingan infeksiya.
Tarqalgan infeksiya — mikroorganizmlarning hayvon organizmidagi himoya to‘siqlarini yorib o‘tib, butun organizmga tarqalishi natijasida vujudga kelgan infeksiya.
Tomchi infeksiyasi — kasallik qo‘zg‘atuvchisining kasal hayvondan ajralgan shilimshiq, suyuqlik zarrachalari bilan qo‘shilib, hayvonning nafas yo‘llariga tushishi natijasida hosil bo‘lgan infeksiya.

Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling