Mavzu: unli tovushlarni o’rganish jarayonida o’quvchilarda imloviy savodxonlikni shakllantirish. Mundarija kirish I bob boshlang’ich sinflarda imloviy savodxonlikni oshirish
Yonma-yon keladigan unlilar imlosi
Download 66.65 Kb.
|
Mavzu unli tovushlarni o’rganish jarayonida o’quvchilarda imlov-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Tilning to’g’ri (gorizontal) harakatiga ko’ra
- 3.Lablarning ishtirokiga ko’ra
Yonma-yon keladigan unlilar imlosi:
1) unlilar orasiga ba`zan y undoshi qo`shib aytilsa ham, yozilmaydi: a) ia: material, milliard, radiator; tabiat, shariat kabi; b) io: biologiya, million, stadion, radio kabi; d) ai: mozaika, ukrain, said, maishat kabi; e) oi: alkoloid, ellipsoid, doim, shoir, oila kabi; f) ea: teatr, okean, laureat kabi; 2) ae, oe unlilar so`z ichida kelganda ikkinchi unli y aytilsa ham, asliga muvofiq e yoziladi: aerostat, poema kabi. Boshqa hollarda yonma-yon kelgan unlilar odatda aynan aytiladi va yoziladi: manfaat, kauchuk, aorta, saodat, burjua, shuaro, inshoot, sanoat, vakuum, muammo, matbuot, tabiiy, rioya va boshqalar. Unli fonemalar uch tomondan tasnif etiladi: 1.Tilning to’g’ri (gorizontal) harakatiga ko’ra: Tili oldi (old qator) unlilar:a,e,I; Til orqa ( orqa qator) unlilar:o,o’,u. 2. Tilning tanglay tomon ko’tarilishi (vertikal) harakatiga ko’ra: Yuqori ko’tarilish (tor) unlilar: i, u. O’rta ko’tarilish (o’rta keng) unlilar: e, o’. Quyi ko’tarilish (keng) unlilar: a, o. 3.Lablarning ishtirokiga ko’ra: Lablangan unlilar: u, o’, o. Lablanmagan unlilar: a, e, i. 2.2 Unli fonemalar tasnifi. Unli fonemalar o’zining quyidagi muhim belgilari bilan undoshlardan farq qiladi.Unlilar faqat un (ovoz)dan hosil bo’ladi; Og’iz bo’shlig’ida to’siqlarga uchramaydi; Un paychalari tebranadi; Og’iz ochilishi darajasi har xil bo’ladi. Ohangdor bo’ladi; Unlilar cho’zib talaffuz qilish mumkin va boshqalar. Har bir til o’ziga xos unlilar tizimiga ega. Tildagi unlilar tizimi vokalizm (lot. vokalis – ovoz) deyiladi. Unli va undosh tovushlar o’zaro munosabatda bo’ladi, ammo ularning qaysi biri yetakchi hisoblanadi? Aslida til uchun ularning har ikkalasi ham teng qimmatga ega, ular tilning asosiy birligi-so’zlarni hosil qilishda bir xil xizmat qiladi. Lekin nutq jarayonida unlilar undoshlarga nisbatan salmoqli o’rin tutadi. Bu esa unlilarning ovozdorligi bilan belgilanadi. Unli fonemalar tavsifi: A unlisi til oldi, keng, lablanmagan fonemadir.bu unli so’zdagi o’rniga qarab ikki xil talaffuz etiladi. Masalan, qala, dala, ana, mana kabi so’zlarda til oldi, q, g’,x kabi til orqa tovushlar bilan yonma-yon kelgan qars,qalin,g’araz, xari kabi so’zlarda orqa qator unli tusini oladi.I unlisi til oldi, tor, lablanmagan fonema,so’zning turli o’rinlarida turlicha aytiladi. Masalan: siz, biz, idish, ildiz kabi so’zlarda i old qator tovushdir; qiz, qimiz, qilich, qing’ir, g’isht kabi so’zlarda til orqa tovush tarzida aytiladi. E unlisi o’rta keng, til oldi, lablangan tovushdir. Bu unli ayrim so’zlar tarkibida itovushi bilan almashib turadi. Masalan: elektr-iliktr, mehmon-mihmon, deyman-diyman.O unlisi keng til orqa, lablangan tovushdir. Bu unli ham urg’usiz bo’g’inlarda, ko’pincha, ruscha so’zlar tarkibidai tovushiga aylanadi. Masalan: traktor-traktir, rector-rektir kabi. O’ unlisi o’rta keng, til orqa, lablangan tovushdir. Bu unli soda so’zlarning birinchi bo’g’inida keladi. Masalan: o’g’ri, to’g’ri, o’rin, o’g’il, o’qish.U unlisi orqa qator, tor va lablangan tovushdir, bu unlini talaffuz qilganda, tilning to’g’ri gorizontal harakati tanglay orqasiga qaratilgan bo’ladi. O’zbek tilidagi unli tovushlarni jadvalda quyidagicha tasvirlash mumkin.
Download 66.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling