Mavzu: unli tovushlarni o’rganish jarayonida o’quvchilarda imloviy savodxonlikni shakllantirish. Mundarija kirish I bob boshlang’ich sinflarda imloviy savodxonlikni oshirish


Tilning ko`tarilish darajasiga ko`ra


Download 66.65 Kb.
bet13/14
Sana10.11.2023
Hajmi66.65 Kb.
#1761440
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Mavzu unli tovushlarni o’rganish jarayonida o’quvchilarda imlov-fayllar.org

Tilning ko`tarilish darajasiga ko`ra









Tilning gorizontal holatiga ko’ra



til oldi

til o’rta

til orqa



lablanmagan






lablangan





Yuqori (yopiq)



i

u




O`rta (yarim yopiq yoki ochiq)


e




o


quyi (ochiq)




a



Ushbu jadvalda ko`rsatilganidek, unli fonemalar tilning oldinga, orqaga harakati ko`rsatkichi belgisi bilan ham ziddiyat hosil qilgan. Ushbu holatda “oraliq uchinchi” tabiatiga ega bo`lgan til o`rta yoki aralash qator unlilari mavjudki, ularning talaffuzida tilning “bel”i va uchi bir oz yuqori ko`tariladi va tilning o`zi yassi holatda bo`ladi. Bunday aralash qator unlilar ingliz tiliga xos: [ə] [з:]. Rus tilidagi [ы] va [a] unlilarining artikulyatsiyasi ham aralash qator unlilariga yaqindir. O`zbek tilidagi [i], [e], [arus tilidagi [u], [э]ingliz tilidagi [i], [e], [æ] unlilari til oldi unlilari sanalsa, o’zbek tilidagi [o], [o`], [u], rus tilidagi [o], [y] va ingliz tilidagi [u], [^] orqa qator unlilari hisoblanadi. O`zbek tilida bo`lgani kabi rus tilida ham lablarning ishtirokiga ko`ra, tilning ko`tarilish darajasiga ko`ra unlilar ziddiyat hosil qiladi. Chunonchi, [i], [e] unlilari “lablanmagan, til oldi” belgilari bilan “lablangan, til orqa” [u], [o] unlilariga qarama-qarshi qo`yiladi. Bu unlilarning yana o`zi ichki ziddiyatda turadi, ya’ni [i], [u] tilning ko`tarilish darajasiga ko`ra yuqori (yopiq) unli sanalsa, [e], [o] o`rta (yarim yopiq yoki ochiq) unli sanaladi.


Unli fonemalar nutqda ayrim hollarda cho`ziq, ayrim holda qisqa, qattiq va yumshoq talaffuz qilinadi. Turkiy tillar oilasiga mansub bo`lgan turkman tilida cho`ziq va qisqa unlilar ko`p uchraydi. Turkman tilida cho`ziq va qisqa unlilarning har qaysisi mustaqil fonema bo`lib, ular so`z ma’nolarini ajratib boradi: at (aat – nom, ism) – at (at - ot), ot (oot - olov)-ot (ot – o’t , giyoh). O`zbek tilida esa so`zlarni ajratib beruvchi maxsus cho`ziq unli fonemalar mavjud emas. Ammo o`zbek tili tarkibiga kirgan da’vo, va’da, ra’no kabi so`zlarda “ayn” tovushdan oldin kelgan unlilar cho`ziq talaffuz qilinadi yoki yopiq bo`g`inli til, bir, qiziq kabi so`zlarda [i] fonemasi nutqda qisqa talaffuz etiladi: til, bir qeleq kabi. Rus tilida urg`u tushgan unli cho`ziq talaffuz qilinadi:
Agar xalqimiz har bir so‘zni to‘g‘ri talaffuz etsa, bunday qoidalarga ehtiyoj qolmaydi. Bunday to‘g‘ri talaffuz qoidalari tilimizni tartibga solsa, savodxonlik darajasi ko‘tariladi. Tilimiz sofligi ta’minlanib, sayqallanadi...
XULOSA Ma'lumki yozish san'ati yozuvchining fe'l atvori, bilimi va qanchalik darajada
mukammal insonligidan dalolat berib turadi. Insonlarning yozuvi orqali ular qay
darajada savodxon ekanliklarini bilib olishimiz mumkin.Yozuvlar yuqoridagilardn
dalolat berar ekan, demak biz o'quvchilarni chiroyli va savodli yozishga o'rgatish
orqali ularda yuqoridagi sifatlarni shakllantirishga erishishimiz mumkin.
O'quvchilar savodli yozish orqali e'tiborli, irodali, tartibli bo'lishga o'rganib
boradilar. Bu esa jamiyatimizda shakllanayotgan har bir shaxsga tegishli bo'lgan
fazilatlardan biridir.
Ilmiy metodik adabiyotlar. Tadqiqot jarayonida olingan natijalar tahlili hamda
boshlang'ich ta'lim jarayoni kuzatishlar asosida quyidagi xulosa va tavsiyalarni 
taqdim etishni maqsadga muvofiq deb hisobladim.
Kichik yoshdagi o’quvchilarga beriladigan til ta'limi va tarbiyasi o'zgacha
yo'nalish, o'zgacha usullar bilan boyitib, til sofligi, adabiy til meyorlarini singdirishkabi zaruriy mashqlar vositasida olib boriladi. Shuningdek, ona tili fanini o'qitishdapedagogik texnologiyalarning ilg'or usullariga tayanib ish ko'rmoq joiz hamda
bolalar idrok eta oladigan topishmoqlar tizimini ishlab chiqish va qisman maxsus
o'quv jarayoni mazmuniga kiritilish zarur. Boshlang'ich ta'limning samaradorligini
oshirish omillaridan biri bolalarning savodli yozish malakaiarini tarbiyalashdir. Bu
1-sinfdan boshlanib, yuqori sinflarda ham davom ettirilishi lozim.
O’quvchilarni savodli yozishga o'rgatishda quyidagilarga amal qilish orqali
samaradorlikka erishishimiz mumkin:
-bolalar ruhiyatini chuqur o'rganib, ularning har biriga o'ziga xos
munosabatda bo'lish;
- dars jarayonida, darsdan keyingi mashg'ulotlarda bolaning doimo yaxshi
kayfiyatda bo'lishini ta'minlashga erishish;
-o’quvchilar yozish jarayonida eng ko'p yo'l qo'yayotgan xatolarga e'tibor berish;
- savodli yozish daqiqalarini otkazish;
- o'quvchilarni o'z xatolari ustida ishlashga o'rgatish;
- turli didaktik o'yinlardan foydalanib yozish malakalarini oshirish;
Darslarga mana shu tarzda yondoshish orqali biz o'quvchilarni savodli yozishga
o'rgatib borishimiz mumkin bo'ladi deb hisoblayman.



Download 66.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling