Mavzu: unli tovushlarni o’rganish jarayonida o’quvchilarda imloviy savodxonlikni shakllantirish. Mundarija kirish I bob boshlang’ich sinflarda imloviy savodxonlikni oshirish


a) alifbogacha tayyorgarlik davri


Download 66.65 Kb.
bet9/14
Sana10.11.2023
Hajmi66.65 Kb.
#1761440
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Mavzu unli tovushlarni o’rganish jarayonida o’quvchilarda imlov-fayllar.org

a) alifbogacha tayyorgarlik davri (2 hafta);

b) alifbo davri (31 dekabrgacha davom etadi).

Alifbogacha tayyorgarlik davri. Bu davrning asosiy vazifasi o’quvchilarni maktab, sinf, tartib-intizom qoidalari va o’quv qurollari bilan tanishtirish, nutq o’stirishga oid mashqlar o’tkazib, fonematik eshitishni o’stirishdan iboratdir.
Alifbogacha tayyorgarlik davri, o’z navbatida, quyidagi 2 bosqichga bo’linadi:


1. Harf o’rganilmaydigan bosqich (1 hafta).

2. Unli tovush va harf o’rganiladigan bosqich (1 hafta).
Bu bosqichdagi yozuv darslarida o’quvchilar yozuv daftari va yozuv chiziqlari bilan tanishtirilib, harf elementlarini yozishga o’rgatiladi, ularda namunaga qarab grafik xatolarini aniqlash  o’z-o’zini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya qilish, chamalab yozish kabi ko’nikmalar hosil qilinadi.

2-bosqichda unli tovush-harflar o’rgatiladi. Bunda ularning quyidagi uch xususiyatini o’quvchilar amaliy ravishda puxta egallashlariga erishish lozim.


SHuningdek, bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga o’rgatish ko’zda tutiladi. Ushbu bosqichdanoq tovush va harf o’rtasidagi chegaraga qat’iy rioya qilinadi. Bolalarga tovush haqidagi ma’lumotlar kitob ochtirilmay beriladi.
Alifbo davri. Bu davr 31 dekabrgacha davom etib, unda o’quvchilar alifbodagi barcha unli va undosh tovush-harflar bilan tanishtiriladi.
O’quvchilarning tovush va harfni yaxshi tanishlari, elementar o’qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun bo’g’inga bo’lish, bo’g’in chegarasini aniqlash, bo’g’indan tovushni ajratish, tovush va harf munosabatini aniqlash, kesma harflardan bo’g’in tuzish va o’qish, bo’g’in-tovush, tovush-harf tahlili kabi mashqlardan foydalaniladi.
Alifbe davrining so‘nggi bosqichida o‘quvchilar egallashi shart bo‘lgan malaka va ko‘nikmalar. Mashhur pedagoglardan biri Y. A. Komenskiy shunday degan edi: «Faylasuflar insonni mikrokosm (kichik olam) deyishadi... Hamma narsani bilish inson tabiatiga juda xosdir. Agar yetti yoshli boladan falsafaga oid hamma narsalar oqilona so‘ralsa, bola hamma savollarga javob berishi mumkin, chunki aql-idrok barcha narsani qamrab olishga qodir»
To’g’ri o’qish so’zning uzun -qisqaligiga, o’quvchining so’z boyligiga, ya'ni so’zning leksik ma'nosini qanchalik bilishiga hamda so’zning bo’g’in va morfemik tarkibiga bog’liq. O’quvchilar ko’pincha quyidagi sabablarga ko’ra xatoga yo’l qo’yadilar:
1.So’zni talaffuz qilish bilan uning ma'nosini tushunish o’rtasida puxta sintez bo’lmagani uchun bola so’zning oldin tovush tomonini ko„radi, uni talaffuz qilishga oshiqadi. So’zning ma'nosini esa e'tibordan chetda qoldiradi.
2.So’z ko’p bo’g’inli bo’lib, bola uni oldin eshitmagan bo’lsa, xatoga yol qo’yadi.
3.So’zning ma'nosini bilmaslik tufayli xatoga yo’l qo’yadi.
4.Tez o’qiyman deb xatoga yo’l qo’yadi.
5.To’g’ri o’qish yorug’likka va yorug’likning tushishiga ham bog’liq.
6.Undosh tovush so’zning o’rtasida va oxirida kelgan yopiq bo’g’inli so’zlarni o’qishda qiynaladilar.
Xato o’qishning oldini olish uchun quyidagilar e'tiborga olinadi:
1.Matnni o’qitishdan oldin undagi o’qilishi qiyin so’z, birikma va gaplarni aniqlash va ular ustida ishlash usullarini belgilab olish. Tuzilishi murakkab so’zlarni bo’g’inlab o’qilishini mashq qildirish.
2.Matnni o„qishdan oldin uning mazmunini tushunishni qiyinlashtiradigan so’zlarning lug„aviy ma'nosini tushuntirish. So’z ma'nosini izohlash usullarini aniqlash.
3.Vazifalarni aniq va tushunarli qilib berish.
4.Matnni diqqat - e'tibor bilan o’qishlari uchun sharoit yaratish.
5.Oldin ichda o’qitish, so’ng ovoz chiqarib o’qitish.
6.O’qitishda o’quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish, ya'ni matnni oson, o’rtacha qiyinlikda va qiyin o’qiladigan o„rinlarini belgilab olib, unga kuchi yetadigan o’quvchilarga oldindan taqsimlab berish.
7.O’quvchilarning o’qishini muntazam tekshirib turish.
8.Xatoning xarakteriga qarab, uni metodik tomondan to’g’ri tuzatish yo’lini aniqlash.
9.O’quvchilarni xato qilish mumkin bo’lgan o’rindan ogohlantirib turish.
10.Xat cho’pdan foydalanish.

Download 66.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling