1.3 -rasm. Kartoshkada rak qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ (Synchytrium endobioticum) ning rivojlanish sikli (Agrios, 2008)
1.3 Fizoderma (Physoderma). Bu turkum turlari ham yuksak o‘simliklarning obligat parazitlaridir.
Tur: Fizoderma meydis (Physoderma maydis, sinonimi Physoderma zeae maydis). Bu tur makkajo’xorida chechak yoki qo'ng'ir dog'lanish kasalligini qo'zg'atadi. U Hindistonda va boshqa iqlimi issiq, sernam tropiklarda makkajo'xori ekiniga katta zarar yetkazadi. U AQSH ning janubida tarqalgan. 1935-yilda Kavkazda Poti shahri chekkalarida topilgan. Zamburug‘ makkajo'xori barglari va barg qinlarini zararlaydi va nobud qiladi. Zararlangan joylarda ravshan-yashil dog'lar va ularda qora tusli yaralar paydo bo'ladi. ularning atrofida (antotsian pigmenti tufayli paydo bo'lgan) qizil katta keng hoshiyalar rivojlanadi. Qora tusli to'qima ichida, juda katta miqdorda, qorakuya zamburug'larining sporalariga o'xshash tinim davri sporalari, qo'ng'ir tusli sistalar mavjud bo'ladi. Sistalar tuproq ustida zararlangan oksimlik qoldiqlarida saqlanadi va ular yemirilganidan keyin erkin holatga chiqadi. Sista o‘sganida uning qalpoqchasi tushib ketadi va ichidan harakatchan hujayralar yoki meyosporalar chiqadi. Ular makkajo'xori barglarini zararlaydi va tezda xo‘jayin hujayralariga nozik rizoidlari bilan yopishgan epibiolik sporangiylarni hosil qiladi. Bu efemer va yupqa qobiqli sporangiylardan zoosporalar chiqadi. Taxminga ko'ra. ular ikkitadan qo‘shiladi (kopulyatsiya bo'ladi) va hosil bo'lgan zigota o'sib. makkajo'xori barglarini qaytadan zararlaydi.
Tabiatda sistalar odatda, makkajo'xori barglari va barg qoltiqlarida yig'ilib qoladigan suvda o'sadi. Zararlangan to'qima kesmasida hujayralarda rizomitseliy va sporangiylarini ko'rish mumkin.
Tur: Fizoherma alfalfa (Physoderma alfalfae, sinonimi Urophlyctis alfalfae). Ushbu zamburug' beda o'simliklarining ildiz bo‘g‘zida rak kasalligini qo’zg'atadi, bunda ildiz bo‘g‘zida, xuddi kartoshka rakiniki kabi, ko‘p sonli shishlar hosil boladi. Zamburug'ning rivojlanish sikli boshqa xitridiomitsetlarnikiga o‘xshaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |