Mavzu: xitridiomisetsimonlar – chytridiomycetes sinfi zamburug’larining sistematikasi kurs ishi rahbari


Download 0.85 Mb.
bet4/10
Sana30.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1407432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
203 XITRIDIOMIKOTA - CHYTRIDIOMYCOТА FILUMI

1.2 Xitridiales (Chytridiales). Bularning eng muhim vakillari - Olpidium brassicae va Synchytrium endobioticum turlaridir. Ular obligat endoparazitlar (hujayra ichi parazitlari) bo'lib, yosh o‘simliklarni va/yoki o‘simliklarning yer osti qismlarini zararlaydi. Kasalliklar tuproqda yuqori namlik mav jud bo'lganida rivojlanadi.
Turkum: Olpidium (Olpidium). Olpidium turkumi turlari viruslarning vektoridir. Ular kamida 6 ta fitopatogen viruslarni (jumladan. tamaki nekrozi virusi - tobacco necrosis virus va latuk-salati o'simligining katta tomirliligi virusi - lettuce big vein virus) tarqatishi isbotlangan.
Tur: Olpidium brassika (Olpidium brassicae). Bu zamburug‘ karam urug‘lari unib chiqishidan maysalari bir nechta barg chiqarishigacha bolgan davrda ildiz chirish (qora son) qo'zg'atadi. Zararlangan o‘simliklarning ildiz bo‘g'zi yumshaydi, qorayadi va to‘qimalari chiriydi. O‘simliklar sarg'ayadi va so’lib, nobud bo'ladi. Kasallik odatda o'choqlar shaklida uchraydi.
Zamburug rivojlanishi quyidagicha kechadi: zoospora o'simlikning epidermis hujayralariga kiradi va amyoboid (plazmodiy)ga aylanadi. Plazmodiy o‘sadi, ko‘p yadro hosil qiladi, qobiq bilan o‘raladi va zoosporangiyga aylanadi. zoosporalar zoosporangiydan chiqib yangi o'simliklarni zararlaydi. Jinsiy jarayonda ikkita zoospora orasida kopulyatsiya yuz beradi va tinim davriga kiruvchi sista hosil bo‘ladi. Sista keyingi mavsumda o‘sganida bitta zoosporangiy hosil qiladi.
Turkum: Sinxitrium (Synchytrium). Tur: Sinxitrium endobiotikum (Synchytrium endobioticum). Bu turkum va tur uchun amyoboiddan bitta zoosporangiy emas. balki bir nechta zoosporangiylardan tashkil topgan guruh (sorus) hosil bolishi xarakterli. S. endobiotieum kartoshkada rak kasalligining qo‘zg‘atuvchisi bo‘lib u O‘zbekistonda karantin obyekt hisoblanadi. Kasallikka xos bo'lgan belgi - to'qimalar o‘sib ketishi tufayli tuganaklarda, stolonlarda va ba’zan tuproq ustida votuvchi pastki barglarda shishlar hosil bo'lishidir (1.1-rasm).



1.2-rasm. Rak kasalligi bilan bar xil darajada zararlangan kartoshka tuganaklari (qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ Synchytrium endobioticum)

Kasallikning ilk belgilari tuganaklarning ko'zchalari yonida va stolonlarda paydo bo;ladi. Kartoshka ustida bitta yoki bir ncchta shish hosil bolishi mumkin. Kuchli zararlangan tuganaklardagi shishlar kartoshka mevasidan bir necha marta kattaroq bolishi yoki tuganak butunlay shishga aylanishi mumkin. Shishlar oldin oq, vaqt o’tishi bilan qo'ng'ir tus oladi. U tuproqda shishlar chirib, yemiriladi. Zamburug'ning sistalari tuproqqa tushadi va u yerda 10 yilgacha yoki undan ham uzoq saqlanishi mumkin. Sista o'sganida zoosporalar hosil bo'ladi. Zoospora o'simlik hujayrasiga kirib, amyoboid (plazmodiy)ga uylanadi. Plazmodiy asta-sekin o'sadi va uning tanasi hujayra ichini to'ldiradi. yupqa qobiq bilan o'raladi. Uning tarkibi bir necha bo'lakchalarga - zoosporangiylar sorusiga aylanadi. Har bir zoosporangiy o'zining mustaqil qobig'iga ega bo‘lib birgalikda ular sorus deb ataladi. Zoospora erkin holatga chiqqach, o'simliklarda yangi zararlanishlar hosil qiladi. Ikkita zoospora qo‘shilganida tinim davriga kiruvchi sarg'ish- qo'ng'ir qobiqli sista hosil bo'ladi. Zararlangan kartoshka a’zolari bilan sistalar tuproqqa tushadi va zamburug'ning rivojlanish sikli yakunlanadi.




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling