Mavzu: xitridiomisetsimonlar – chytridiomycetes sinfi zamburug’larining sistematikasi kurs ishi rahbari


-rasm Alomitsess (Allomyces arbusculus) zamburug‘ining taraqqiyot sikli: A — sporofit, 1 — zoosporangiya, 2—- sista, B ~-gametofit va undan chiqayotgan gametalar


Download 0.85 Mb.
bet9/10
Sana30.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1407432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
203 XITRIDIOMIKOTA - CHYTRIDIOMYCOТА FILUMI

2.4-rasm Alomitsess (Allomyces arbusculus) zamburug‘ining taraqqiyot sikli: A — sporofit, 1 — zoosporangiya, 2—- sista, B ~-gametofit va undan chiqayotgan gametalar.


2.5 Monoblefaridlilar tartibi — Monoblepharidales
Bu tartibga kiradigan zamburug‘lar tabiatda asosan bahor va kuz oylarida paydo bo‘ladi, toza va chuchuk suvlarda o‘simlikning meva va shoxchalari hamda nobud bo‘lgan hasharotlarning ustida o‘rnashib, 1—2 mm uzunlikdagi, oq va qo‘ng‘ir tusdagi mitseliy hosil qiladi, saprotrof hayot kechiradi.
Ularning mitseliysi juda ingichka rizoidlarga ega bo‘lib, shu rizoidlari yordamida atrof muhitga o‘rnashadi. Mitseliy giflarga ajralgan, lekin bo‘g‘inlari yo‘q. Gif uchlarida ko‘payish organlari joylashgan. Buni monoblefaris Monoblepharis turkumi vakillarida ko‘rish mumkin. 8—11°S haroratda gifning uchlarida silindr shaklidagi zoosporangiy hosil bo‘lib, mitseliy yupqa parda bilan hujayraga tutashgan bo‘ladi.
Zoosporangiy ichida zoosporalar yetishgach, uning uchidagi kichkina teshikcha orqali bir xivchinli, xivchini silliq va orqa tomonida joylashgan zoospora ajralib chiqadi. Shundan so‘ng zoospora zoosporangiy devoriga yopishib, keyin undan ajraladi suvda amyobit harakat qilib, bironta muhitga joylashadi, po‘st bilan o‘raladi va ikki tomonga o‘sib, rizoid hamda gif hosil qiladi. Oradan bir qancha vaqt o‘tgach, gifning yon tomonidan yangi zoosporangiy simpodial rivojlanadi. Demak, monoblefarisning vegetatsiya davrida bir tallomda zoosporalar bir necha marta takrorlanib turadi.





2.4-rasm. A — monoblefaris (Manoblepharis):
1 — sot sporangiya. 2 — anteridiy, 3 — 4 — oogonny, 5 — angota,
B — monoblefa reyal a (MonoblepharelU), 6 — 8 — ezmburuishkg oogonny, anteridiy va zigotasn.
Jinsiy ko‘payishi — oogoniya. Suvning harorati 20—21°C bo‘lganda tallomda anteridiy va oogoniya yetishadi. Anteridiy oogoniya ostida bo‘lib, undan 4—8 tagacha spermatazoid yetishadi. Oogoniyada bitta tuxumhujayra taraqqiy etadi. Spermatozoidlar yetilgan anteridiy teshikchadan chiqib, suvda amyobasimon harakat qiladi va oogoniyaga yakinlashadi. Oogoniya suyuq modda chiqarib, spermatozoidlarni o‘ziga jalb etadi, Sper-matozoidlarning faqat bittasi oogoniya ichidagi tuxumhujayra bilan qo‘shiladi. Ko‘pchilik vakillarida urug‘langan tuxum-hujayra oogoniya ichidan chiqib, ko‘p qavatli po‘st bilan o‘raladi va oosporaga aylanadi. O‘sishdan oldin oosporaning po‘sti yoriladi, ichidan mitseliy o‘sib chiqadi.
Tropik o‘rmonlarning tuproq betida monoblefarella turi uchraydi. Uning oogoniyasida bir yoki bir qancha tuxumhujayra bo‘ladi, tuxumhujayra urug‘langandan so‘ng oogoniya ichidan chiqib, spermatozoid xivchinlar yordamida bir necha vaqt suzib, zigotaga aylanadi. Zigota uzoq vaqtgacha quruqlikda saqlanish qobiliyatiga ega.
.

XULOSA
Organizmlarning ko‘p foydali xususiyatlari (tabiatda modda almashinuvi jarayonida asosiy bioagentlar qatoriga kirishi, o‘rmon ekosistemalarida biomassa yaratishi, non mahsulotlarini tayyorlash, sabzavotlarni tuzlab saqlash, pivo, vino va boshqa spirtli mahsulotlarni ishlab chiqarishda keng ishlatilishi, insonlar uchun foydali ko‘plab antibiotiklar, fermentlar, organik kislotalar va boshqa birikmalarni sintez qilishi va h.) bilan bir qatorda ularning o‘ta salbiy tomonlariga har xil materiallarni biozararlashi, o‘simliklar, insonlar, issiqqonli va boshqa hayvonlarda kasalliklar qo‘zg‘atishi, ekinlarning hosilini kamaytirishi, mahsulotlarini mikotoksinlari bilan zararlashi va boshqalar kiradi.
Ushbu kurs ishida zamburug‘lar va zamburug‘simon organizmlarning dunyolari, taksonomik guruhlarining zamonaviy sistematikasi, filogenezi, tuzilishi, oziqlanishi, rivojlanishi, ko‘payishi hamda ayrim o‘simlik va issiqqonli organizmlarda patogen bo‘lgan vakillari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.
Zamburug’lar tabiatda keng tarqalgan va katta ahamiyatga ega. Ular tabiatda moddalar aylanishida ishtirok etadi. Bakteriyalar bilan birga organik moddalarning: o’simlik qoldiqlari va hayvon jasadlarining parchalanishi asosan zamburug’lar ishtirokida boradi.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling